Shaxsiy sug‘urta - sug'urta obvekti sifatida fuqarolaming hayoti, sog'ligi va mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog'liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug'urta tarmog'i. Shaxsiy sug'urta hayot sug'urtasiga va b&xtsiz hodisalardan sug'urtaga va tibbiy sug'urtaga bo'linadi. U riskli va jamg'arma fltnksiyalariga ega. Chet el tajribasida shaxsiy sug'urta to'rtta sug'urta klassidan iborat bo'lib, inson hayotidagi ro'y berish mumkin bo'lgan hodisalar (tug'ilish, o'lim. vovaga yetish, nikohdan o'tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog'liq barcha sug'urta turlarini o'z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug'urta-bu uzoq muddatli hayot sug'urtasi, aralash sug'urta va annuitetlardir.
Sug'urtalovchining javobgarlik limiti — tuzilgan sug'urta shartnomasidan kelib chiqqan holda belgilanadigan sug'urta kompaniyasining mumkin bo'lgan eng yuqori darajadagi javobgarligi. Sug'urtalovchining javobgarlik limiti sug urta polisida o'z aksini topadi.
Audit — sug'urta kompaniyasining molivaviy hisoboti to'g riligini yozma ravishda tasdiqlash va tekshirish. Audit ishini maxsus malakaga ega bo'lgan auditorlar amalga oshiradi. Auditorlik firmasi bilan sug'urta kompaniyasi o'rtasida shartnoma tuziladi. O'zbekiston Respublikasida audit ishini Moliya vazirligining litsenziyasiga ega bo'lgan shaxslar amalga oshirishi mumkin. Sug'urta kompaniyasining balansi auditorlar tomonidan tekshirilgandan so'ng matbuotda e’lon qilinadi.
2. Sug'urta fondidan foydalanish bilan bog'liq atama va tushunchalar
Bosh polis — sug'urta kompaniyasi va sug'urtalanuvchi o'rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug'urtalanuvchi barcha obyektlami sug'urta kompaniyasiga sug'urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim “ochiq polis" yoki “polis-abonament’' deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug'urtalash tashqi savdo yuklari sug'urtasida keng tarqalgan. Sug'urtalanuvchi sug'urta kompaniyasiga har bir jo'natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug'urta summasi, yukni jo'natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda sug'urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |