Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi


Download 79.3 Kb.
bet11/13
Sana20.12.2022
Hajmi79.3 Kb.
#1035572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Baxrom sugurta

Anderrayter siyosati — sug'urtalash bilan bogiiq vangi takliflami ko'rib chiqish va mazkur taklifrii qabul qilish yoki rad etish to'g'risida xulosalar chiqarishga qaratilgan siyosat.
Annuitet - renta va nafaqalami sug'urtalashning hamma turlarini umumlashtiruvchi tushuncha. Bunda sug'urtalanuvchi sug'urta kompaniyasiga bir vaqtning o'zida yoki bir necha villar davomida tegishli sug'urta mukofotlarini to'laydi. Keyin sug'urtalanuvchi butun hayoti davomida sug'urta kompaniyasidan daromad oladi. Annuitetning bir turi hisoblanadigan fiiqarolaming yillik daromadini sug'urtasi bugungi kunda Buyuk britaniyada, Fransiyada va AQSHda keng rivojlangan.
Assistans — sug'urta qildiruvchilarga (sug'urtalangan shaxslarga, naf oluvchilarga) hamda sug'urtalovchilarga sug'urta shartnomasi doirasida assistans xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko'rsatuvchi, shuningdek ularga moliyaviy ko'mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
Dispasher - dengiz transportida umumiy avariya sodir bo'lganda ko'rilgan zarami kema, yuk va fraxt o'rtasida taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblami tuzadigan mutaxassis. Rivojlangan mamlakatlarda dispasher funtsivasini ntaxsus kompaniyalar bajaradi. Zararlami taqsimlash bo'yicha hisob-kitoblar dispasha deviladi va dispashani tuzganlik uchun haqni manfaatdor tomonlar (kema egasi, yuk egasi. yukni sotib oluvchi shaxs) to'laydi.
Yevropolis — yevropa Ittifoqi mamlakatlarida sug'urta shartnomasi tuzganlik faktini tasdiqlovchi sug'urta polisi.
Kovernota — sug'urta vositachisi tomonidan sug'urtalanuvchiga beriladigan va sug'urtalanuvchining sug'urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi hujjat. Ushbu hujjatda ko'rsatilgan muddat mobaynida sug'urta brokeri sug'urtalanuvchiga sug'urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug'urta kompaniyasi uchun yuridik kuchga ega boigan hujjat hisoblanmaydi.
Denonsatsiya - shartnomadan voz kechish. Agar sug'urta munosabatlarida tomonlardan biri yozma ravishda shartnomadan voz kechishi to'g'risida ikkinchi tomonga maMum qilmasa, shartnoma unda ko'rsatilgan muddatgacha kuchda bo'ladi.

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling