136
Bonus - sug‘urta kompaniyasi o‘zi uchun qulay shartlarda sug‘urta
shartnomasini tuzganligi uchun sug‘urtalanuvchiga, u to‘laydigan sug‘urta
mukofoti miqdoridan chegirmalar belgilaydi.
Brutto-mukofot - sug‘urta
shartnomalarini tuzish, ish yuritish xarajatlarini
hisobga olgan xoldagi sug‘urta mukofotlari summasi.
Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma
bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi
barcha
ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida
bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis
asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan.
Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan
yuk haqidagi
ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni junatish va qabul qilib olish
punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa yetarli,
yuk avtomatik ravishda
sug‘urtalangan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: