O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132
5.
Masala
Iste’mol tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konda 20 iyun kuni yong‘in 
yuz berib tovarlarga zarar etdi.1 iyun kuni do‘konda 35 mln. so‘mlik tovar mavjud edi. 1 


130 
iyundan 20 iyunga qadar 28 mln. so‘mlik tovar kelib tushgan, kassadan 32 mln. so‘mlik 
naqd pul bankka topshirilgan, 6 mln. so‘m kassada mavjud.joriy yo‘qotishlar 12 ming 
so‘m. 
1) Yong‘indan keyin saqlab qolingan tovarlar hisoblab chiqilganda 20 mln. 36 ming 
so‘mlik tovar qolganligi ma’lum bo‘ldi. Muomala xarajatlari – 10%, savdo qo‘shimchasi 
-25%. Mulklarni saqlab qolish va tartibga keltirish xarajatlari – 86 ming so‘m. Sug‘urta 
summasi sug‘urta shartnomasi tuzilgan vaqtdagi tovarlarning haqiqiy qiymatiga nisbatan 
70%. 
Sug‘urtalanuvchining zararini va sug‘urta qoplamasi hajmini aniqlang? 
 
6.Masala. Kredit shartnomasiga ko‘ra jami kredit summasi 20 mln. so‘m bo‘lib, 
yillik 18 foiz bilan 8 oyga berilgan. Sug‘urta tarifi sug‘urta summasiga nisbatan 2,5 foiz. 
Sug‘urtalovchining javobgarlik chegarasi – 90 %. Kredit oluvchi olgan kreditini o‘z 
vaqtida to‘lay olmadi. 
Sug‘urta mukofoti, zarar va sug‘urta qoplamasining hajmini aniqlang? 
 
8.Masala. Kredit shartnomasiga ko‘ra olingan jami kredit summasi 25 mln. so‘m 
bo‘lib, yillik 20 foiz bilan 10 oyga berilgan. Sug‘urta tarifi sug‘urta summasiga nisbatan 
2,4 foiz. Sug‘urtalovchining javobgarlik chegarasi – 80 %. Kredit oluvchi olgan kreditini 
o‘z vaqtida to‘lay olmadi. 
Sug‘urta mukofoti, zarar va sug‘urta qoplamasining hajmini aniqlang? 
 
9.Masala. Korxonaning 25 mln. so‘mlik mulki 1 yil muddatga bir yo‘la ikkita 
sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangan bo‘lib, birinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan 
sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 12 mln. so‘m va ikkinchi sug‘urta 
kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 15 mln so‘m. 
Ko‘rilgan zarar summasi 21 mln. so‘m. 
Har bir sug‘urta kompaniyasi qanchadan miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lashini 
hisoblang? 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling