O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
bilan faoliyatining ko‘rsatkichlari;
СA - sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan bitta bog‘liq shaxsda joylashtirilgan aktivlar; УС - barcha bog‘liq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi; УK - ustav kapitali. sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan bitta bog‘liq shaxsda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) ustav kapitalining 15 foizidan oshmasligi shart, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno; sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) tomonidan barcha bog‘liq shaxslarda joylashtirilgan aktivlarning umumiy summasi sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) ustav kapitalining 100 foizidan oshmasligi shart; sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarni bog‘liq shaxslarda faqat sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) Kuzatuv kengashi yoki boshqa vakolatli organi ruxsati bilan investitsiya qilinayotgan mablag‘larning likvidligi, foydaliligi va qaytarilishini, shuningdek mazkur Nizom talablarini hisobga olgan holda tayyorlangan texnik-iqtisodiy asoslanish (biznes-reja) asosida joylashtirishga haqli; sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) aktivlarini sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) dastlabki ikki yillik faoliyati davomida bog‘liq shaxslarda joylashtirish taqiqlanadi; xususiy mulk yoki unga bo‘lgan huquq garovga berilganda, kafolat berilganda yoxud balansda aks etmagan boshqa majburiyat qabul qilinganda, sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) 5 kundan kechikmagan muddatda Davlat sug‘urta nazorat inspeksiyasini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 124 Moliya vazirligi prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirilishini ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasida quyidagilar taqiqlash taklif etilmoqda: • sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) faoliyatiga ma'muriy aralashuv, sug‘urta zaxiralarining maqsadli mablag‘larini o‘zga maqsaddagi xarajatlar, xayriya va boshqa maqsadlarga yo‘naltirish va qo‘llash; • sug‘urtalovchini (qayta sug‘urtalovchini) shartnomalar tuzishga va asossiz ravishda, yuz berishi aniq bo‘lgan xatarlarni zimmasiga olishga majburlash; • bozordagi sog‘lom raqobat prinsiplarini buzish, tariflarning bozordagi o‘rtacha tariflardan asossiz ravishda va ancha farqlanishi, sug‘urta xizmatlarini sotishda demping sxemalaridan foydalanish. Qonunbuzarliklar uchun aybdor shaxslarga nisbatan sug‘urtalovchilarga (qayta sug‘urtalovchilarga) yetkazilgan moddiy va ma'naviy zararni qoplagan holda egallab turgan lavozimidan ozod qilish, faoliyatida ushbu dalillar aniqlangan sug‘urtalovchilarning litsenziyalarini esa chaqirib olishgacha bo‘lgan qat'iy choralar qo‘llanadi. Shuningdek quyidagilar rejalashtirilmoqda: • sug‘urta tashkilotlarining alohida bo‘linmalari rahbari va bosh buxgalteri lavozimiga nomzodlarni oldindan kelishib olish amaliyotini bekor qilib, to‘liq javobgarlikni sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) rahbariyati zimmasiga yuklash; • 2018–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sug‘urta bozorini isloh qilish va jadal rivojlantirilishini ta'minlash bo‘yicha yo‘l xaritasini ma'qullash; • sug‘urta faoliyati turlari va sohalariga qarab tabaqalashtirilgan sug‘urtalovchilar ustav kapitalining eng kam miqdorlarini oshirish; • 2019 yil 1 yanvardan boshlab bo‘shatilayotgan mablag‘larni ustav kapitalini oshirishga maqsadli yo‘naltirgan va ularni mazkur qaror bilan qo‘yiladigan talablarga muvofiqlashtirgan holda mulkchilik shaklidan qat'i nazar sug‘urtalovchilarni (qayta sug‘urtalovchilarni) daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod qilish; 125 • sug‘urta tovonlarini to‘lash haqidagi arizalarni ko‘rib chiqish tartib-taomillarini birxillashtirish va soddalashtirishni nazarda tutuvchi sug‘urta e'tirozlarini tartibga solishning namunaviy uslubiyatlarini joriy etish; • sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) xalqaro moliyaviy hisobot va hisob standartlariga bosqichma-bosqich o‘tishini amalga oshirish; • sug‘urtalovchilarning (qayta sug‘urtalovchilarning) KPMG, PwC, Deloitte va boshqa yetakchi auditorlik kompaniyalarining xulosalarini, shuningdek Moody’s, Fitch va Standard&Poors xalqaro reyting agentliklarining reyting baholarini bosqichma-bosqich olishlarini ta'minlash; • sug‘urtalovchilar (qayta sug‘urtalovchilar) hamda maxsus vakolatli davlat organi o‘rtasida real vaqt rejimida masofadan turib sug‘urta xizmatlari ko‘rsatish va elektron ma'lumotlar ayirboshlash uchun biznes-jarayonlarni va tartib-taomillarni raqamlashtirish; • to‘lov qobiliyatini, moliyaviy barqarorlikni qo‘llab-quvvatlash, aktivlar, investitsiya portfelining sifatini, xususiy kapital, sug‘urta zaxiralari mablag‘lari va boshqa majburiyatlarni joylashtirish transparentligini oshirish; • korporativ boshqaruv tizimini, sug‘urta tavakkalchiliklari va risk-menejment baholanishini takomillashtirish; • aholi va tadbirkorlarning moliyaviy savodxonligi va sug‘urta bozoriga ishonch darajasini oshirish; • mijozlarning sug‘urta xizmatlariga ehtiyojlarini muntazam monitoring qilish, sug‘urta xizmati ko‘rsatish madaniyatini oshirish va aholi orasida talabgir bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish. 2019 yil 1 yanvardan boshlab sug‘urtalovchining (qayta sug‘urtalovchining) ustav kapitalida quyidagilarning ishtirok etishini taqiqlash taklif etilmoqda: • offshor zonalarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan norezident yuridik shaxslar va offshor zonalarda yashovchi fuqarolar; • mazkur sug‘urtalovchi o‘z faoliyatini amalga oshirayotgan xuddi shu sug‘urta sohasida faoliyat yurituvchi sug‘urta tashkilotlari. 126 Faoliyat yuritayotgan sug‘urtalovchilarga ustav kapitali tuzilmasini ushbu talablarga muvofiqlashtirish majburiyatini yuklash rejalashtirilmoqda. Yetakchi xalqaro sug‘urta kompaniyalarini texnologik hamkor va/yoki muassis sifatida jalb etgan holda yirik qayta sug‘urtalash kompaniyasini tashkil etish tashabbusiga qo‘l urildi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling