O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132
Investitsiya - bu tadbirkorlik va boshqa turdagi faoliyatda daromad (foyda) 
olish obyektlariga mablag‘larni joylashtirish.
Sug‘urta tashkilotlarining aktivlarini joylashtirish likvidlik, qaytarishlik, 
foydalilik va diversifikatsiya tamoyillari asosida amalga oshirilishi lozim. 
Aktivlarni likvidligi - sug‘urta kompaniyalari aktivlarni tezlik bilan naqd va 
boshqa to‘lov mabag‘lariga aylantirib, olingan majburiyatlarni tugatishga 
qaratilgan imkoniyat tushuniladi. 
Qaytarishlik - investitsiya mablag‘larini to‘liq hajmda qaytarilishi 
tushiniladi. Qaytarishlik tamoyillari (ishonchlilik) sug‘urtalovchilar oldiga 
qo‘yilmalarni xavfsiz sharoitda maksimal imkoniyatlarga, ya’ni investitsiya 
risklarini minumum darajasiga erishish vazifasini qo‘yadi. 
Sug‘urta kompaniyalarining investitsiya faoliyatini boshqarishni asosiy 
maqsadlaridan biri, bu - o‘z investitsiya faoliyatidan to‘g‘ri va oqilona 
foydalanishni boshqarish orqali samaraga erishishdir. Buning uchun sug‘urta 
kompaniyasining investitsiya siyosati quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
- sug‘urta kompaniyasi investitsiya portfelining barqarorligi ta’minlanishi 
shart. Shundan investitsiya siyosati uning ishonchli bo‘lishi orqali sug‘urta 
kompaniyasining barqarorligi va raqobatdoshligi oshiradi; 
- investitsiyaning daromadli va ishonchli yo‘nalishini ta’minlash sug‘urta 
kompaniyasining asosiy maqsadlaridan biridir.


116 
Investitsiya 
portfelini 
samarali 
shakllantirishda 
birinchi 
navbatda 
quyidagilarga ahamiyat berish lozim: 
- sug‘urta hodisasining sodir bo‘lish va to‘lov majburiyatining bajarish 
extimolligi; 
- investitsiya tavakkalchiligida sug‘urta zaxiralarini yo‘qotish extimolligi. 
Sug‘urta kompaniyasining investitsiya siyosatidagi sug‘urta hodisasi 
extimolligi uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqadi, chunki sug‘urta 
kompaniyasi shaxslarning hayoti, sog‘ligi yoki mulkiga tasodifan yetgan zararni 
qoplashni sug‘urta shartnomasi shartlariga asosan o‘z zimmasiga oladi. Shuning 
uchun investitsiya rejalashtirilayotgan to‘lov majburiyatlarining bajarilishi 
extimolligi asosiy omillardan biri hisoblandi. 
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilish investitsiya faoliyatining boshqa 
turlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu, bir tomondan, sug‘urtaning tavakkalli 
tabiati bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa tomondan, sug‘urta fondlari vaqtincha bo‘sh 
mablag‘largina xalos. Ular istalgan vaqtda sug‘urtaviy majburiyatlarni bajarishga 
yo‘naltirilishi mumkin. Shuning uchun, sug‘urta tashkilotlarini investitsion 
amaliyotida ham investitsion, ham sug‘urta faoliyatining asosiy maqsadi va 
vazifalarini mujassamlashtiruvchi o‘z tamoyillari ishlab chiqilgan. Bu tamoyillar 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling