O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132
ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va qo‘yilmalarning daromadliligidan 
iborat. 
Sug‘urta kompaniyalari investitsiya faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri 
uning davlat tomonidan yetarlicha qattiq tartibga solinishi hisoblanadi. Bunda, 
davlat sug‘urtalovchilarning investitsion faoliyatini to‘liq tartibga solmaydi, balki 
faqatgina sug‘urta zaxiralarini joylashtirish qoidalarini o‘rnatish bilan sug‘urta 
fondlarini investitsiya qilish jarayoni. Bunday tartiga solishning zarurligi quyidagi 
ikki omil bilan asoslanadi. Birinchidan, moliyaviy resurslarni harakati xarakteri 
bilan, qaysiki sug‘urtalovchi ixtiyorida ma’lum davr davomida vaqtincha bo‘sh 
mablag‘lar (ammo, ularning barchasi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar 
bilan bog‘liq emas) bo‘ladi va bu mablag‘lar qo‘shimcha daromad olish maqsadida 
investitsiya qilinishi mumkin. Ikkinchidan, bu mablag‘larni sug‘urtalovchi 


117 
majburiyatlarga ega bo‘lgan, ya’ni sug‘urtalanuvchi va sug‘urta qildiruvchilar 
tomonidan investitsiya qilinishi ustidan nazorat qilishning imkoniyati yo‘qligi 
bilan. 
Sug‘urta fondlarini investitsiya qilishni davlat tomonidan tartibga solishning 
asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
mablag‘larni joylashuvini sug‘urtalovchi tomonidan qabul qilingan 
majburiyatlarga muddatlari va hajmlari bo‘yicha moslashtirish; 
milliy manfaatlarni himoya qilish, misol uchun, chet elga investitsiya qilish 
bo‘yicha mamlakat sug‘urtalovchilariga cheklovlar o‘rnatish; 
sug‘urtalovchilar tomonidan ishonchlilik, likvidlilik, diversifikatsiya va 
qo‘yilmalarning daromadliligi tamoyillariga rioya etilishini ta’minlash. 
O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solishning 
huquqiy 
asoslari 
O‘zbekiston 
Respublikasining 2002-yil 5 aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2008-yil 22 
apreldagi 41-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchilar va qayta 
sug‘urtalovchilarning to‘lov qobiliyati to‘g‘risidagi nizom”, O‘zbekiston 
Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli buyrug‘i bilan 
tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyati 
to‘g‘risidagi nizom”lar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2009-yil 3 iyuldagi 68-sonli 
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining 
investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi nizom” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2007-yil 10 apreldagi «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va 
rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-618-sonli qaroriga muvofiq 
tarzda ishlab chiqilgan bo‘lib, sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining 
investitsiya faoliyatiga talablarni o‘rnatadi. 
Sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchining investitsiya faoliyatining obyekti 
quyidagilar hisoblanadi: 

O‘zbekiston Respublikasining davlat qimmatli qog‘ozlari; 


118 

xorijiy davlatlarning davlat qimmatli qog‘ozlari; 
o bank sertifikatlari (depozit sertifikatlari); 
o kredit tashkilotlaridagi omonatlar (depozitlar); 

ko‘char va ko‘chmas mulk (binolar, inshoatlar, jixozlar va boshqa moddiy 
qiymatliklar) va ularga egalik huquqi; 
o yuridik shaxslarning ustav kapitalida ulushli ishtirok etish; 

O‘zbekiston Respublikasi hududida chivarish va muomalaga kiritishga 
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan ruxsat berilgan qimmatli 
qog‘ozlar yoki tegishli vakolatli davlat organi tomonidan qimmatli qog‘ozlar 
bozorida faoliyat olib borish uchun berilgan litsenziya (ruxsatnoma)ga ega 
bo‘lgan horijiy emitentlar tomonidan chiqarilgan va bozorda muomalaga 
kiritilgan qimmatli qog‘ozlar.
Sug‘urtalovchi (qayta sug‘urtalovchi) qonunchilikka zid bo‘lmagan 
investitsiya faoliyatining boshqa obyektlariga ham investitsiyalarni amalga 
oshirishi mumkin. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning qonun bilan himoyalanadigan manfaatlari 
va huquqlarini poymol qiluvchi, qurish va foydalanishning qonunchilik bilan 
o‘rnatilgan sanitar-gigienik, radiatsion, ekologik, arxitektura-shaharsozlik va 
boshqa talablariga javob bermaydigan obyektlarga investitsiya qilishi taqiqlanadi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling