I-ii boblar. Yevropa va Amerika davlatlari XVI-XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari 11-§


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana08.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1177452
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3e3ceac9238d2f617365527579d6b59b Yevropa va Amerika davlatlari XVI-XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari



Sarvar Quldashev (+998909616674)
I-II boblar.
Yevropa va Amerika davlatlari
XVI-XVIII asrlarda Osiyo 
mamlakatlari 
 
11-§. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi 
12-§. Angliyada fuqarolar urushi va uning oqibatlari 
13-§. Angliyaning dunyoda birinchi sanoat mamlakatiga aylanishi 
14-§. Amerika Qo‘shma Shtatlarining tashkil topishi 
15-§. Buyuk fransuz buijua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi 
16-§. Buyuk fransuz buijua inqilobining yakunlari va tarixiy ahamiyati 
17-§. XVI—XVIII asrlarda Germaniya imperiyasi 
18-§. Rossiya imperiyasining tashkil topishi 
19-§. XVI—XVIII asrlarda Hindiston 
20-§. XVI-XVIII asrlarda Xitoy
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Quldashev Sarvar 2018. 


Sarvar Quldashev (+998909616674)
11 -§. Angliyada burjua inqilobining boshlanishi 
1. 
Londonda dastlabki birja qachon ochildi. ? ----- 1600 
2. 
Angliya inqilobining bosh sababini aniqlang. ? ----- Angliya qirolining mamlakat parlamenti va 
puritanlarga qarshi kurashi oqibatida vujudga kelgan qarama-qarshilik 
3. 
Kimlar qirol hokimiyatini inkor etmagan. Aksincha, uning parlament bilan 
hisoblashishining tarafdori bo‘lganlar? ----- O‘rta tabaqa vakillari 
4. 
Qirol Yakov I ning maqsadi nima edi? ----- Parlament mavqeyini yo‘qqa chiqarish va eski feodal 
tartiblarni saqlab qolish 
5. 
Qirol qanday bahona bilan yangi ixtirolarni qollashni taqiqlab qo'ydi? ----- Mahsulot sifati 
yomonlashadi deb 
6. 
Qirol Yakov I ning davrida sodir bo’lgan voqealarni aniqlang? ----- 1) maqsadi parlament 
mavqeyini yo‘qqa chiqarish va eski feodal tartiblarni saqlab qolish edi. 2) Qirol mahsulot sifati 
yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo‘llashni taqiqlab qo‘ydi. Bu esa manufaktura 
ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. 3) Hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o‘rtasida 
davlat xazinasini talontaroj qilish kuchaydi. 4) Qirol hatto ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish 
uchun raxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda sotar edi. Oqibatda savdogarlar 
xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo‘lardilar. 
7. 
Qaysi qirol mahsulot sifati yomonlashadi, degan bahona bilan yangi ixtirolarni qo‘llashni 
taqiqlab qo‘ydi. Bu esa manufaktura ishlab chiqarishi rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi? ----- Yakov I 
8. 
Qaysi qirol davrida Angliyada hukmron tabaqa, davlat amaldorlari o‘rtasida davlat 
xazinasini talon-taroj qilish kuchaydi? ----- Yakov I 
9. 
Qaysi qirol davrida qirol hatto ba’zi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish uchun 
raxsatnomani tadbirkor va savdogarlarga xohlagan narxda sotar edi. Oqibatda savdogarlar 
xarajatlarni qoplash uchun narx-navoni oshirishga majbur bo‘lardilar? ----- Yakov I 
10. 
Burduaziyaning Yakov I tashqi siyosatidan noroziligining asosiy sababi nima edi? ----- Bosh raqib 
Ispaniya bilan murosasozlik qilinayotgani 
11. 
Karl I nechanchi yillarda qirollik qildi? ----- 1625-1649 
12. 
Karl I hukmronligi tugagan yilda qanday voqea sodir bo‘lgan? -----
13. 
Karl I nimaga intildi? ----- Fransiya monarxi kabi cheklanmagan huquqqa ega bo‘lishga 
14. 
1628-yili parlament qirolning qanday hujjatlarni imzolashiga erishdi? ----- «Huquqlar to‘g‘risidagi bill» 
va «Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya» 
15. 
1628-yili qabul qilingan hujjatlar qirolga qanday majburiyatlarni yukladi? ----- Parlament roziligisiz 
birorta yangi soliq joriy etmaslik, sudning ruxsatisiz qamoqqa olishlarni taqiqlash 
16. 
«Huquqlar to‘g‘risidagi bill» va «Huquqlar to‘g‘risidagi petitsiya» imxolangan yili qanday voqea 
sodir bo‘lgan? -----
17. 
Kimning davrida burjuaziya vakillari, savdogarlar, yangi zodagonlar, hurfikrli dindorlar 
ham davlat ishlaridan chetlatildi? ----- Karl I 
18. 
Kimning humkronligida mamlakatda senzura kuchaydi. Mavjud siyosiy raqiblar sud ta 
’qibiga duchor etildi. Natijada ko‘plab fuqarolar chetellarga chiqib ketdilar? ----- Karl I 
19. 
Qaysi qirol o‘z tarafdorlariga ichki va tashqi savdoda katta huquqlar berdi. Bu siyosat 
narx-navoning ko‘tarilishiga olib keldi? ----- Karl I 


Sarvar Quldashev (+998909616674)
20. 
Inqilob arafasida Angliyaga hujum qilgan mamlakat qaysi. ? ----- Shotlandiya 
21. 
Qirol muxolifatning talabi bilan parlamentni chaqirishga majbur bo'lgandi. Parlament ishi va Angliya 
burjua inqilobining boshlanish sanasi qachon boshlangan ? ----- 1640-yil 3-noyabr 
22. 
1640-yil 3-noyabrda ish boshlagan parlament qanday tadbiriarni amalga oshirdi? ----- 1) Favqulodda 
sudlarni tarqatib yubordi, 2) cherkov sudini ruhonly bo'lmagan shaxslarni sud qilish huquqidan mahrum 
etdi, 3) qirol huzuridagi Maxfiy Kengashning oliy sudni amalga oshirish vakolati bekor qilindi, 4) siyosiy 
mahbuslar ozodlikka chiqarildi, 5) matbuot erkinligi e’lon qilindi, 6) qonunsiz to’lovlar va jarimalar bekor 
qilindi, 7) qirol parlamentning jamoalar palatasini shu palataning roziligisiz tarqatmaslik to‘g‘risidagi 
qonunni imzolashga majbur etildi 
23. 
Qachon parlament va Karl I o'rtasida uzil-kesil ajralish ro‘y berdi? ----- 1642-yili 
24. 
Qirol va parlament o‘rtasida uzil-kesil ajralishiga nima sabab bo‘lgan? ----- qirolning isyonkor 
parlamentni jazolash va muxolifat rahbarlarini hibsga olish haqidagi qarori sabab bo‘ldi. 
25. 
Parlament va Karl I o'rtasida uzil-kesil ajralish ro‘y bergan yilda qanday voqea sodir bo‘lgan? -----
26. 
Parlamentni himoya qilib Londonning qancha aholisi ko'chaga chiqdi? ----- 100 ming 
27. 
Kimlar parlamentni himoya qilish uchun o‘zlarining 5 ming kishilik armiyasi yuborganlar? ----- Yangi 
dvoryanlarning
28. 
Bill so’zining ma’nosi nima? ----- (inglizcha) — Qonun loyihasi, Konstitutsiyaga tenglashtirgan 
hujjatlaming nomi. 
29. 
Birja so’zining ma’nosi nima? ----- (nemischa — hamyon) — tovar va qimmatbaho 
qog‘ozlarning ulgurji savdosi bozori. 
30. 
Muxolifat so’zining ma’nosi nima? ----- (arabcha — kelishmovchilik, munosabatning 
teskarilashuvi) — amaldagi hukumat, uning siyosati bilan kelishmay boshqacha faoliyat yuritish 
tarafdorlari. 
31. 
Petitsiya so’zining ma’nosi nima? ----- (lotincha) — oliy davlat yoki hukumat boshlig‘iga k 
o‘pchilik tomonidan birgalikda beriladigan rasmiy ariza, iltimosnoma. 
32. 
Siyosiy mahbus so’zining ma’nosi nima? ----- — mavjud tuzum yoki hukmdorga qarshiligi 
uchun qamoqqa tashlangan shaxs. 
33. 
Favqulodda sud so’zining ma’nosi nima? ----- — alohida voqealar, hodisalar yoki sharoit 
talabi bilan joriy etiladigan sud. 
34. 
Senzura so’zining ma’nosi nima? ----- (lotincha — ro‘yxatga olaman) — mavjud hokimiyat 
siyosatiga zid bo‘lgan g‘oya va та ’lumotlaming tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik yoki uni cheklash 
maqsadida matbuot ustidan o‘matiladigan davlat nazorati. 
35. 
Puritanlar so’zining ma’nosi nima? ----- — Angliyada protestant anglikan cherkovi, bu 
cherkovni katolik qoldiqlaridan tozalash uchun kurashganlar esa puritanlar deb atalgan. Puritanlar 
xudoga emas, qirolga xizmat qilayotgan cherkovga qarshi bo’lganlar va qirol parlament bilan 
hisoblashishi lozim deb hisoblaganlar.. 

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling