I-ii boblar. Yevropa va Amerika davlatlari XVI-XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari 11-§


-§. Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi


Download 1.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana08.02.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1177452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3e3ceac9238d2f617365527579d6b59b Yevropa va Amerika davlatlari XVI-XVIII asrlarda Osiyo mamlakatlari

15-§. Buyuk fransuz burjua inqilobi va monarxiyaning tugatilishi 
1. 
XVIII asr oxirlarida mamlakatda hamon o'rta asr feodal tartiblari hukm surardi. U qishloq xo'jaligi 
mamlakati edi. Dehqonlar yashayotgan va mehnat qilayotgan yerlar feodallar mulki sanalib, ular 
ijaraga yer olib kun kechirardi. Ta’rif qaysi davlat haqida? ----- Fransiya 
2. 
Manufaktura ishchilariga qaysi kuni korxona tashqarisiga chiqishga ruxsat berilardi? ----- Faqat 
yakshanba kuni 
3. 
XVIII asr oxirida Fransiyada davlatni boshqarish huquqi kimlarning qo'lida edi? ----- Mamlakat 
aholisining 4% ni tashkil etuvchi ruhoniylar va zodogon. Ular soliq to’lashdan ozod edilar 
4. 
Lyudovik XVI qaysi yili General shtatlarni chaqirdi? ----- 1789-yil 
5. 
Lyudovik XVI General shtatlarni chaqirgan yili qanday voqea sodir bo‘lgan? -----
6. 
Milliy kengash o'zini Ta’sis majlisi deb e’lon qilgan sanani aniqlang. ? ----- 1789-yil 9-iyul 
7. 
Mutlaq monarxiya tayanchi bo'lgan Bastiliya (davlat qamoqxonasi) qachon egallangan? ----- 14-iyul 
8. 
Bastiliya egallangach, Lyudovik XVI yon berishga majbur bo'lgan, Ta’sis majlisining qonuniyligini tan 
olgandi. Poytaxtda hokimiyat kimning qoliga o‘tdi? ----- Inqilobchilar vakillaridan tuzilgan Parij 
Kommunasi 
9. 
Mutlaq monarxiya tugab ham tinchlanmayotgan, feodal majburiyatlarni bajarishdan bosh 
tortayotgan dehqonlarga Ta’sis majlisi qanday munosabat bildirdi? ----- «lmtiyozlarni tugatish haqida 
dekret» qabul qilishga majbur boldi. Unga ko‘ra, feodal tartiblar bekor qilindi 
10. 
«Barcha odamlar ozod va teng huquqli bolib tug‘iladilar» degan so‘zlar qaysi hujjatda qayd 


Sarvar Quldashev (+998909616674)
etilgan? ----- «lnson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»da 
11. 
«Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi» qachon qabul qilingan? ----- 1789-yil 26-avgustda qabul 
qilingan 
12. 
«Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi»ga ko‘ra nimalar e’lon qilindi? ----- 1) Xalq «hokimiyatning 
manbai» deb e’lon qilindi, 2) feodal va toifaviy imtiyozlar bekor qilindi, 3) so‘z va matbuot erkinligi e’lon 
qilindi, 4) fuqarolarning qonun qabul qilishda qatnashish erkinligi 4) hamda xususiy mulkning daxlsiz va 
muqaddasligi belgilab qo'yildi, 6) qirol huquqlari cheklandi 
13. 
Fransiya tarixida birinchi konstitutsiya qabul qilingan sanani aniqlang. ? ----- 1791-yil 
14. 
1791-yilgi Konstitutsiya fuqarolarga qanday huquq berdi? ----- 25 yoshga to’lgan barcha fuqarolarga 
saylash huquqini e’lon qildi 
15. 
1791-yilgi Konstitutsiya ko‘ra Fransiyada qanday davlat tuzumi qaror topdi? ----- Cheklangan 
monarxiya 
16. 
Konstitutsiya qabul qilingach, Fransiyada faoliyat yurita boshlagan yetakchi partiyalar bular qaysilar ? 
----- Jirondachilar va yakobinchilar
17. 
Fransiyadagi Jirondachilar partiyasi nomi nimadan kelib chiqqan? ----- Qonun chiqaruvchi Majlisda 
Jironda departamentdan saylangan deputatlar guruhi yetakchi ta’sirga ega bo‘lib olganligi uchun 
18. 
Fransiyadagi Yakobinchilar partiyasi nomi nimadan kelib chiqqan? ----- Yakov monastiri nomidan 
olgan. Bunga Yakobinchilarning o‘z yig‘ilishlarini shu monastir kutubxonasida o‘tkazib turganliklari sabab 
bo‘lgan 
19. 
Parlament saylovida qaysi partiya g'alaba qozondi? ----- Jirondachilar 
20. 
Fransiyaga hujum uyushtirgan monarxiya davlatlarini aniqlang. ? ----- Avstriya, Prussiya va Buyuk 
Britaniya 
21. 
1792-yil Qonun chiqaruvchi majlis qanday murojaat ban chiqqan ? ----- «Vatan xavf ostida» 
chaqirig’i bilan xalqqa murojaat etdi 
22. 
Qachon Parijda qurolli qo‘zg‘olon boshlandi. Parlament qirolni hokimiyatdan mahrum etib, yangi 
parlament Milliy Konventga saylov o'tkazishga qaror qabul qildi. ? ----- 1792-yil 10-avgust 
23. 
Qachon Fransiyada monarxiya ag'darib tashlandi? ----- 1792-yil 10-avgustda 
24. 
Yakobinchilarning ko‘zga ko'ringan vakillarini aniqlang. ? ----- M.Robesper, J.P.Marat, J.Danton, Eber 
va Shomett 
25. 
Qachon Fransiya respublika deb e’lon qilingan ? ----- 1792-yil 22-sentyabr 
26. 
Qachon Lyudovik XVI qatl etilgan ? ----- 1792-yil 22-sentyabr 
27. 
Fransiyada monarxiya ag‘darilib Respublika o‘rnatilgan yili qanday voqea sodir bo‘lgan?
28. 
Fransiya mustaqil deb e’lon qilingach, mamlakat shiori qanday boldi? ----- Erkinlik, tenglik, birodarlik 
29. 
Dekret bu nima ? ----- Oliy hokimiyat chiqargan qonun kuchiga teng qaror (lotincha, farmon, qaror) 
30. 
Kommuna nima? ----- Shaharning o'zini o‘zi boshqarish organi (fransuzcha, umumiy) 
31. 
Mamlakat hayotiga oid biror-bir muhim masalani hal etish uchun oliy vakolat berilgan va shu tufayli 
parlament vazifasini ham bajaruvchi majlis ... ? ----- Ta’sis majlisi 
32. 
Fransiyada tez-tez qanday isyonlar yuz berib turgan? ----- “non isyonlari”ni 
33. 
Mamlakatda qanday lavozimini faqat zodagonlar egallashgan? ----- qurolli kuchlarida zobitlik 


Sarvar Quldashev (+998909616674)
34. 
1789-yil uchinchi toifa deputatlari qirolning taklifini rad etdilar va qanday talablar qo’ydi? ---
-- Yuqori toifalarning mol-mulkini soliqqa tortish 
35. 
Qaysi voqea so’ng xalq Bastiliyani qulatadi? ----- Ta’sis majlisini tarqatib yuborishni 
rejalashtirdi. Bu reja oshkor bo‘lib qolgach, g‘azablangan xalq ommasi qo‘zg‘olon ko‘tardi. 
36. 
Hokimiyat tepasiga yirik buijuaziya — savdo-sanoat burjuaziyasi keldi ular nimaning 
tarafdori edi ? ----- Bu buijuaziya Buyuk Britaniyadagidek cheklangan monarxiya tarafdori edi. 
37. 
Mutlaq monarxiyaning qulashi mamlakatda tinchlik o‘rnatilishiga olib kelmadi. Aksincha
butun mamlakatni kimlarning qo’zg’oloni qamrab oldi? ----- dehqonlar qo‘zg‘oloni 
38. 
Mutlaq monarxiyaning qulaganidan so‘ng dehqonlar qanday ishlarni amalga oshirdilar? ----- 
feodal majburiyatlarini bajarishdan bosh tortdilar, oziqovqat omborlarini egallab oldilar, 
feodallarning qo‘rg‘onlariga o‘t qo‘yib, yoqib yubordilar.
39. 
Qaysi hujjatga ko‘ra feodal tartiblar bekor qilindi? ----- Imtiyozlarni tugatish haqida dekret 
40. 
Fransiyada nima huquqiy davlat yaratilishiga asos soldi? ----- Deklaratsiya 
41. 
Jirondachilar kimlarning manfaatlarini himoya qilar edi? ----- inqilobdan oldin boyib ketgan 
savdo va sanoat buijuaziyasining 
42. 
Jirondachilar nimaning tarafdori bo’lishgan? ----- Fransiyani respublika deb e’lon qilish 
43. 
Yakobinchilar qanday maqsadlarini qo‘yganlar? ----- — inqilobning eng keskin tarafdorlari 
edilar. Ular o‘z oldilariga monarxiyaning har qanday shaklini tugatish, feodal tartiblarni butunlay 
bekor qilish 
44. 
Yakobinchilar kimlarning manfaatini himoya qilganlar? ----- asosan, mayda va o‘rta 
mulkdorlar manfaatini himoya qilardilar. 
45. 
Jirondachilar Fransiya qanday qilib o‘zlarining mavqelarini mustahkamlab olmoqchi 
bo‘ldilar? ----- inqilobiga dushman bo‘lgan davlatlarga qarshi g‘olibona urush orqali
46. 
Qirol hamda Qonun chiqaruvchi Majlis qaysi davlatga qarshi urush e’lon qildi? ----- 
Avstriyaga

Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling