O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132
Obligatorli qayta sug‘urtalash- 1) qayta sug‘urtalashning majburiy shakli. 
Ayrim mamlakatlar qonunchiligiga ko‘ra, ushbu mamlakat xududida faoliyat 
ko‘rsatayotgan barcha sug‘urta kompaniyalari qabul qilgan risklarini bir qismini 
majburiy ravishda qayta sug‘urtalash kompaniyasiga beradi. Bu chora kayta 
sug‘urtalash orqali chet elga valyutani chiqib ketishini oldini oladi; 2) sug‘urta 
kompaniyasi (tsedent) ma’lum bir sug‘urta turi bo‘yicha riskni qayta 
sug‘urtalovchiga berishini va o‘z navbatida, qayta sug‘urtalovchi, riskni qabul 
qilishni nazarda tutuvchi qayta sug‘urtalash shartnomasi. 


141 
Majburiy sug‘urta- sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan 
shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik xujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu 
xujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi
sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari 
hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan
O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday 
sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. 
Oferta- asosiy shartlar ko‘rsatilgan holda sug‘urta shartnomasini tuzish 
taklifi. Sug‘urta kompaniyasi ofertani konkret yuridik yoki jismoniy shaxsga 
yo‘llashi mumkin. 
Offshor sug‘urta kompaniyasi- maxsus maqomga ega bo‘lgan sug‘urta 
kompaniyasi. Offshor sug‘urta kompaniyalari soliq to‘lash stavkalari eng kam 
bulgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gernsi, Men va Keymanov orollari) 
tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug‘urta operatsiyalari 
sug‘urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta’sischilar joylashgan davlati 
organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Prolongatsiya- o‘zaro kelishgan holda sug‘urta shartnomasini amal qilish 
muddatini uzaytirish. Prolongatsiya yozma ko‘rinishda tasdiqlanishi mumkin. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling