O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan  yukning nomlanishi.  Kasko


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132
Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan 
yukning nomlanishi. 
Kasko - transport vositasining borti. Kasko sug‘urtasi transport vositasini 
nobud bo‘lishi yoki shikastlanishi o‘z ichiga oladi.
Kaf - tashqi savdo shartnomasi bo‘yicha yuklarni belgilangan portgacha 
(joygacha) yetkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovarning qiymatiga dengiz 
transportida tashish bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi. Ushbu shart bo‘yicha 
tovarlarni sug‘urta qilish tovar yetkazib beruvchining (sotuvchi) majburiyatiga 
kirmaydi. 
Kasbiy javobgarlik- chet el tajribasida vrachlarning, advokatlarning, 
auditorlarning, notariuslarning, buxgalter, arxitektor va boshqa kasb egalarining 
uchinchi shaxsga zarar keltirish kasbiy javobgarligini sug‘urtalash shartnomasini 
tasdiqlaydigan sug‘urta polisining atalishi. Ushbu kasb egalari xususiy amaliyot 
bilan shug‘ullanganlarida, ularda sug‘urta polisining bo‘lishi majburiydir. 
Kvota - 1) bir necha sug‘urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli 
ob’ekt sug‘urtalanayotganda, bitta sug‘urta kompaniyasiga to‘g‘ri keladigan hissa. 
Bunday xolatda har bir sug‘urta kompaniyasiga tegishli kvota yagona sug‘urta 
polisida o‘z aksini topadi; 2) qayta sug‘urtalash kompaniyasini qayta 
sug‘urtalashda qatnashish hissasi. 
Kvotali qayta sug‘urtalash - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi 
kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya 
kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga 
sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya 
proporsional ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi. 


139 
Kovernota - sug‘urta vositachisi tomonidan sug‘urtalanuvchiga beriladigan 
va sug‘urtalanuvchining sug‘urta shartnomasi tuzishini tasdiqlovchi xujjat. Ushbu 
xujjatda ko‘rsatilgan muddat mobaynida sug‘urta brokeri sug‘urtalanuvchiga 
sug‘urta polisini berishi shart. Chunki, kovernota sug‘urta kompaniyasi uchun 
yuridik kuchga ega bo‘lgan xujjat hisoblanmaydi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling