O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132
Sug‘urta ob’ekti - shaxsiy sug‘urtada fuqarolarning hayoti, sog‘ligi, mehnat 
qobiliyati: mulkiy sug‘urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari, uy-joy mulki, 
tashiladigan yuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar; 
jismoniy yoki yuridik shaxsning o‘z hatti-harakati bilan uning shaxsga zarar 
keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug‘urtalashda sug‘urta ob’ektlari 
bo‘lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug‘urta ob’ekti sug‘urta 
kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin. 
Sug‘urta shartnomasi - ikki tomonlama yozma ravishdagi bitim bo‘lib, 
bunda sug‘urta kompaniyasi sug‘urta hodisasi tufayli zarar ko‘rilganda 
sug‘urtalanuvchiga sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lash 
majburiyatini, sug‘urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug‘urta mukofotini 
to‘lash majburiyatini oladi. Sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash 
uchun sug‘urtalovchi sug‘urtalanuvchiga sug‘urta polisi beradi. Sug‘urta 
shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo‘shimcha shartlar sug‘urta 
shartnomasining mazmunini tashkil etadi.
Sug‘urta - har xil noxush xodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni 
qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug‘urta xodisalari ro‘y berganda 
ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan 
foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. 
O‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, 
mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk 
tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir. 


148 
Sug‘urtalanuvchi - qonun asosida yoki ikki tomonlama shartnoma asosida 
sug‘urta kompaniyasi bilan fuqoralik-huquqiy munosabatlarga kiruvchi yuridik 
yoki jismoniy shaxs. Sug‘urtalanuvchi uchinchi shaxs foydasiga sug‘urta 
shartnomasini tuzishga xaqli. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta mukofotini o‘z vaqtida 
to‘lashi shart. Sug‘urta shartnomasini tuzish jarayonida sug‘urtalanuvchi sug‘urta 
ob’ektiga taalluqli bo‘lgan barcha ma’lumotlarni sug‘urta kompaniyasiga ma’lum 
qilishi shart. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling