Mustaqil ishi mavzu: Hisobotni tuzish va topshirish tartibi. Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish


Download 18.53 Kb.
Sana23.06.2023
Hajmi18.53 Kb.
#1652690
Bog'liq
BUXGALTERIYA HISOBI XUSNIDA


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Sirtqi fakultet iqtisodiyot yo`nalishi
21.164 guruh talabasi
MEHMONOVA XUSNIDA SOVRIDIN QIZIning
Buxgalteriya hisobi fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI


Mavzu: Hisobotni tuzish va topshirish tartibi.

MOLIYAVIY HISOBOTLARNI TUZISH VA TAQDIM ETISH

Reja:
1. Buxgalteriya hisobotining maqsad va vazifalari


2. Buxgalteriya hisobotlarininng tuzish tartibi
3. Buxgalteriya hisobotlarini taqdim etish

Hisobot – xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar majmui bo‘lib, undan faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida foydalaniladi.


Hisobot tuzish va taqdim etish “Moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish uchun konseptual asos” va 1-sonli “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” nomli BHMS bilan tartibga solinadi. Konseptual asos maqsadi quyidagilarga yordam berishdan iborat:
1. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tizimini tartibga soluvchi davlat organi - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga - buxgalteriya hisobi milliy standartlarini (keyingi o’rinlarda BHMS) rivojlantirish va ularni qayta ko’rib chiqishda;
2. Moliyaviy hisobotni tayyorlovchi shaxslarga - BHMS dan foydalanishda;
3. Auditorlarga - BHMS moliyaviy hisobotiga mos keladigan xulosalarni tayyorlashda;
4. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga - moliyaviy hisobotdagi ma’lumotlarni tahlil qilishda.
Konseptual asos BHMS hisoblanmaydi va biron-bir nizoli masalani baholash yoki tushuntirish uchun uning ta’riflarini o’z ichiga olmaydi. Ushbu konseptual asosdagi mavjud qoidalar buxgalteriya hisobining alohida bir standartini rad etmaydi.
Ayrim hollarda, agar konseptual asos bilan BHMS o’rtasida ziddiyatlar bo’lsa, - BHMSning talablari konseptual asos talablaridan ustun kelsa, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi BHMSni ishlab chiqishda ushbu konseptual asosga amal qiladi va ana shu ziddiyatlarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko’radi.
Konseptual asos buxgalteriya standartlarining amaliy faoliyatini hisobga olgan holda O’zbekisgon Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ko’rib chiqiladi.
Quyidagilar ushbu konseptual asosning asosiy jihatlaridir:
1. Moliyaviy hisobotning maqsadi;
2. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobot tamoyillari;
3. Moliyaviy hisobotlarning elementlarini ta’riflash, e’tirof etish va o’lchash.
Konseptual asos moliyaviy hisobotga, shu jumladan birlashtirilgan moliyaviy hisobotga aloqadordir. Moliyaviy hisobot foydalanuvchilar keng doirasining axborotga bo’lgan talabini qondirish uchun tuziladi va vaqti-vaqti bilan taqdim etiladi. Moliyaviy hisobot ko’pchilik foydalanuvchilar uchun asosiy moliyaviy axborot hisoblanadi. Ayrim foydalanuvchilar, tegishli vakolatlar bo’lganda, moliyaviy hisobotda bor bo’lgan axborotga qo’shimcha axborotni talab qilishlari mumkin.
Moliyaviy hisobotlar moliyaviy hisobotning tarkibiy qismi hisoblanadi va BHMS bilan belgilanadi. Moliyaviy hisobot ana shu hisobotlarga asoslangan yoki ular bilan bog’liq bo’lgan izohlar, mo’ljallar va tushuntirishlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday axborot sanoat va jug’rofiy hududlarning faoliyat turlari to’g’risidagi moliyaviy axborotni aks ettirishi va narxlar o’zgarishining moliyaviy natijalarga ta’sirini tushuntirib berishi kerak.
Barcha xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etishda konseptual asosga amal qilishlari kerak.
Haqiqiy va bo’lg’usi investorlar, kreditorlar, mahsulot yetkazib beruvchilar, xaridorlar, xodimlar, shuningdek hukumat muassasalari, vazirliklar, idoralar, jamoatchilik va boshqa manfaatdor foydalanuvchilar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar qaroriga kiradi. Moliyaviy hisobot axborotiga ehtiyoj quyidagilarda vujudga keladi:
1. Berilgan investitsiyalar bilan bog’liq xatarlar munosabati bilan investorlarda. Aksiyadorlar ham ular xo’jalik subyektining dividendlarni to’lash qobiliyatini baholashga imkon beradigan va aksiyalarni sotib olish, saqlash yoki sotish kerakmi yoki yo’qligini belgilashga ko’maklashadigan axborotdan manfaatdordirlar;
2. O’zlariga tegishli kreditlar va foizlar o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’qmi ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo’lgan kreditorlarda;
3. O’zlariga tegishli summa o’z vaqtida to’lanadimi yoki yo’qmi ekanligini aniqlashga imkon beradigan axborotdan manfaatdor bo’lgan mahsulot yetkazib beruvchilar va boshqa savdo kreditorlarida;
4. Xo’jalik yurituvchi subyektning uzluksiz faoliyati to’g’risidagi axborotdan manfaatdor bo’lgan xaridorlarda, ayniqsa ular uzoq muddatli bitimga ega bo’lsalar yoki mazkur xo’jalik yurituvchi subyektga bog’liq bo’lsalar;
5. Xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati barqarorligi va rentabelligi to’g’risidagi axborotdan manfaatdor bo’lgan xodimlarda. Ular ham xo’jalik yurituvchi subyektning o’z ish haqlarini, pensiyalarini va keyinchalik ham yollash bo’yicha ishlash imkoniyatlarini ta’minlash qobiliyatiga baho berish imkonini yaratadigan axborotdan manfaatdordirlar;
6. Resurslarning taqsimlanishi va binobarin, subyektlarning faoliyati to’g’risidagi axborotdan manfaatdor bo’lgan davlat boshqaruvi organlarida. Ularga ham xo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatini tartib ga solib turish, soliqqa tortish siyosatini belgilash uchun va milliy daromadni hamda boshqa statistik ma’lumotlarni aniqlash uchun asos sifatida axborot kerak;
7. Jamoatchilikda ham, chunki xo’jalik yurituvchi subyektlar mahalliy iqtisodiyotga ko’pgina usullar bilan, shu jumladan aholini ish bilan ta’minlash va mahalliy mahsulot yetkazib beruvchilarni qo’llab-quvvatlash bilan katta hissa qo’shishi mumkin. Moliyaviy hisobot jamoatchilikni taraqqiyot yo’nalishlari va xo’jalik yurituvchi subyektlarning farovonligini yaxshilashda erishilgan so’nggi yutuqlar to’g’risidagi axborot bilan ta’minlab, ularga yordam beradi.
Xo’jalik yurituvchi subyektning rahbari moliyaviy hisobotning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javobgardir. Rahbar o’z ehtiyojlarini qondirish maqsadida qo’shimcha axborotning shakli va mazmunini belgilash huquqiga egadir. Biroq bunday qo’shimcha axborot shakllarini muhokama qilish mazkur konseptual asos doirasidan chiqadi.
Moliyaviy hisobotning maqsadi xo’jalik subyektining moliyaviy ahvoli, faoliyati, moliyaviy ahvolidagi o’zgarishlar to’g’risidagi axborotni taqdim etishdan iborat. Biroq moliyaviy hisobot iqtisodiy qarorlar qabul qilish uchun foydalanuvchilarga zarur bo’lgan butun axborotni o’z ichiga olmaydi, chunki hisobot asosan avvalgi voqealarning natijalarini aks ettiradi.
Moliyaviy hisobot quyidagilar uchun ham axborotni saqlaydi:
1. Investitsiya qarorlarini va kreditlar berishga doir qarorlarni qabul qilish;
2. Xo’jalik yurituvchi subyektning bo’lg’usi pul oqimiga baho berish;
3. Xo’jalik yurituvchi subyektga ishonib topshirilgan resurslar munosabati bilan uning resurslariga, majburiyatlariga baho berish;
4. Rahbar organlarning ishiga baho berish.
Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish harajatlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil bo‘lish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyati ustidan kundalik nazoratni hujjatlar va hisobot registrlariga asosan olib boradilar. Lekin uzoq vaqt (oy, chorak, yil) davomida xo‘jalik faoliyatini yakunini bilish uchun bu ma’lumotlar etarli emas. Ularni umumlashtirish va tizimga keltirish zarur. Bunga hisobot tuzish yo‘li bilan erishiladi.
Hisobotning asosiy vazifasi mahsulotning sifati va assortimentini oshirish, «Nou - Xau» va boshqa tadbirlar ishlab chiqish hisobiga korxona faoliyatini o‘sish va rivojlanish rezervlarini qidirib topish va bozorda barqarorligini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy holatni aniqlash bilan bevosita bog‘liq elementlar bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, rezervlar, daromadlar va xarajatlar. Ular quyidagi tarzda aniqlanadi:
1. Aktivlar — subyekt nazorat qiladigan, kelgusida ulardan daromad olish maqsadida avvalgi faoliyat natijasida olingan iqtisodiy resurslardir.
2. Majburiyatlar — shaxsning (qarzdorning) boshqa shaxs (kreditor) foydasiga muayyan harakat amalga oshirish, masalan, mol-mulkni topshirish, ishni bajarish, pul to‘lash va boshqalar yoxud muayyan harakatdan tiyilib turish majburiyatidir, kreditor esa qarzdordan o‘z majburiyatlarini bajarishini talab qilishga haqlidir;
3. Xususiy kapital — subyektning majburiyatlarni chegirib tashlagandan keyingi aktivlaridir;
4. Rezervlar — kelgusida muayyan xarajatlarga yo‘naltirilishi mumkin bo‘lgan xususiy kapitalning bir qismidir;
5. Daromadlar — hisobot davrida aktivlarning ko‘payishi yoxud majburiyatlarning kamayishidir;
6. Xarajatlar — hisobot davrida aktivlarning kamayishi yoxud majburiyatlarning ko‘payishidir;
7. Moliyaviy natijalar — xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining yakuniy iqtisodiy yakunidir.
Baholash — aktivlar va majburiyatlar tan olinadigan va moliyaviy hisobotlarda qayd etiladigan pul o‘lchovining usulidir.
Moliyaviy hisobotlarda baholashning quyidagi usullaridan foydalaniladi:
1. Boshlang‘ich qiymat. Aktivlar xarid qilish vaqtida erishilgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga ko‘ra belgilangan joriy qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni bajargunga qadar to‘lanadigan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha majburiyatlarga almashib olingan mablag‘lar summasida aks ettiriladi.
2. Joriy qiymat. Aktivlar ana shu yoki shunga o‘xshash aktiv endigina xarid qilingan bo‘lgandagi holatda to‘lanishi kerak bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha hisobotda aks ettiriladi. Majburiyatlar majburiyatni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasida aks ettiriladi.
3. Sotish qiymati. Aktivlar sotishdan olinishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari summasi bo‘yicha aks ettiriladi. Majburiyatlar ularni to‘lash qiymati bo‘yicha aks ettiriladi, bunday qiymat esa majburiyatlarni to‘lash uchun talab etiladigan pul mablag‘larining diskontlanmagan summasidir.
4. Diskontlangan qiymat. Aktivlar xo‘jalik yurituvchi subyektning normal faoliyati davomida aktivlarni ko‘paytirishi lozim bo‘lgan kelgusi pul mablag‘lari tushumining diskontlangan qiymati bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
Majburiyatlar kelgusida o‘tkaziladigan pul mablag‘larining diskontlangan qiymatidan iborat bo‘lgan, xo‘jalik yurituvchi subyektning oddiy faoliyati davomida majburiyatlarni to‘lash uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan joriy qiymat bo‘yicha aks ettiriladi.
5. Balans qiymati — hisobot sanasida buxgalteriya balansida aktivlar va majburiyatlarni aks ettirish qiymatidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda boshlang‘ich qiymatni baholash uchun asos qilib oladilar. Undan odatda baholashning boshqa asosiy tushunchalari bilan birgalikda foydalaniladi.
Download 18.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling