153
asosida sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Chet el
amaliyotida yong‘in havfsizligini ta’minlovchi
ixtisoslashgan firmalar, mehnat
muhofazasi bo‘yicha tashkilotlar syurveyer funksiyasini bajaradi.
Tarif stavkasi - sug‘urta riskini baxosi; sug‘urta
summasiga nisbatan
foizlarda hisoblanadigan brutto-stavka. Tarif stavkasi (brutto-stavka) ikki qismdan
iborat:
netto-stavka
va
netto-stavkaga
yuklama.
Netto-stavka
sug‘urta
kompaniyasining sug‘urta fondidan qiladigan xarajatlarini ifodalaydi. Netto-
stavkaga yuklama sug‘urta kompaniyasining
ish yuritish xarajatlarini, komissiya
haqini va boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Shaxsiy sug‘urta
buyicha tarif
stavkasi mol-mulk sug‘urtasining tarif stavkasidan keskin farq qiladi. Hayot
sug‘urtasidagi tarif stavkasi hayotiylik jadvali va
daromad normasiga muvofiq
hisoblab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: