155
Fraxt - dengiz yoki havo yo‘llari orqali yukni tashishda to‘lanadigan haq.
Ushbu haq tarif yoki yukni tashish to‘g‘risidagi shartnoma bo‘yicha o‘zaro
kelishilgan narx asosida to‘lanadi. Dengiz sug‘urtasida yuklarni tashishda fraxt
polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi.
Frontlashtiruvchi kompaniya - boshqa sug‘urta kompaniyasining iltimosiga
ko‘ra, o‘z nomidan sug‘urta polisi beruvchi sug‘urta kompaniyasi.
Frontlashtiruvchi sug‘urta kompaniyasi qabul qilib
olingan riskni yuz foiz
miqdorida iltimos qilgan sug‘urta kompaniyasi hisobiga o‘tkazadi va buning uchun
undan komission haq oladi. Hozirgi paytda, O‘zbekistonda bir nechta
frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Masalan, “Anglo-
Tashkent”, “UzAIG” sug‘urta kompaniyalari.
Fronting - qabul qilib olingan riskni tegishli
komissiya haqi evaziga
to‘laligicha boshqa sug‘urta yoki qayta qayta sug‘urtalovchi kompaniyalariga
berish.
Sedent - riskni ikkilamchi joylashtirishni amalga oshiruvchi, ya’ni
riskni
qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug‘urta kompaniyasi. Ikkilamchi tsedent
retrotsedent deb ataladi.
Sessiya - 1) sug‘urta riskini qayta sug‘urtalashga berish jarayoni. Sedent va
qayta sug‘urtalovchi o‘rtasidan huquqiy munosabatlarda ishlatiladi. 2)
Xorij
amaliyotida tsedentning olingan sug‘urta mukofoti ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: