O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132
5-modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari 
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining 
sub’ektlari hisoblanadi. 
Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta 
syurveyerlari, 
shuningdek 
assistans 
sug‘urta 
bozorining 
professional 
ishtirokchilaridir. 
Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta 
vositachilari hisoblanadilar. 
6-modda. Sug‘urtalovchi 
Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan 
va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga 
oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs 
sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi. 
Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan 
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 
6
1
-
moddasida 
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
6
1
-modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari 
Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: 
qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta 
sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; 
o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan 
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; 


159 
maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda 
investitsiya faoliyatini amalga oshirish; 
qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional 
faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun 
sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi; 
sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish 
bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini 
amalga oshirish
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-
tadbirlarini 
qonun 
hujjatlarida 
belgilanadigan 
tartibda 
va 
shartlarda 
moliyalashtirish; 
sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir 
qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; 
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek 
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli 
axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, 
seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa 
tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; 
sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; 
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta 
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad 
etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; 
sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, 
sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi 
ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan 
tartibda amalga oshirish; 
chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish; 


160 
ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta 
shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni 
realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; 
O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting 
tashkilotlari reytinglarini olish; 
o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish. 
Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq 
boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Sug‘urtalovchi: 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi
sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning 
maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; 
o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi; 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
talabiga binoan taqdim etishi; 
sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta 
(qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur 
hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi; 
firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri o‘zgargan 
taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda 
belgilangan tartibda yetkazishi; 
sug‘urta zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilanadigan 
tartibda 
va shartlarda 
shakllantirishi hamda joylashtirishi; 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik 
tekshiruvidan o‘tishi; 
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta 
aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi; 
maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda 
yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; 


161 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, 
moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart. 
Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan 
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling