O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti


Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida


Download 162 Kb.
bet3/6
Sana27.01.2023
Hajmi162 Kb.
#1132012
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
311-ZEA Fan sillabusi

Talabalarning bilimi quyidagi mezonlar asosida:
talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 5 (aʻlo) baho;
talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 4 (yaxshi) baho;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 3 (qoniqarli) baho;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi.
Yakuniy nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormagan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.


Fan dasturida berilgan baholash mezonlari asosida fanni o‘zlashtirgan talalabalarga tegishli taʻlim yo‘nalishi o‘quv rejasida ushbu fanga ko‘rsatilgan kredit beriladi.





3.



3.Taʻlim natijalari / Kasbiy kompetensiyalari
3.1.Fanni oʻzlashtirish natijasida talaba bilishi kerak:

  • zamonaviy IES va IEMlar, gaz turbina qurilmalari, bug‘-gaz qurilmalari, sanoat va ishlab chiqarish korxonalarining energetik ko‘rsatkichlari, o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr haqida tasavvurga ega bolishi;

  • bilimlarning bir butun tizimi bilan o‘zaro bog‘liqlikda ushbu fanning asosiy muammolarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

o‘zining bo‘lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati, zamonaviy energetik qurilmalar to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lishi va energiya ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan zamonaviy texnologiyalar haqida konikmalarga ega bolishi kerak;






Download 162 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling