O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi
-BOB. NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
Download 0.81 Mb. Pdf ko'rish
|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q
3-BOB. NATIJALAR VA ULARNING TAHLILI
3.1. Toksik gepatitda jigar mitoxondriyalari membranasi fiziologik holatining o„zgarishi Yuqoridagi ma‘lumotlarda ta‘kidlab o‗tganimizdek, organizmning turli xildagi zaharli ta‘sir qiluvchi moddalar bilan toksik zararlanishi natijasida, birinchi navbatda katta talafot jigar hujayralarida kuzatiladi. Jigarning bunday zararlanishini toksik gepatit deb yuritiladi. Adabiyotlarda ta‘kidlanishicha, toksik gepatit hujayra metabolizmi va mitoxondriya funksional parametrlarini buzilishiga olib keladi, ya‘ni mitoxondriyalarning nafas olish va oksidlanishli fosforlanish jarayoni buzilishi, nafas zanjiri orqali elektronlar tashilishining pasayishi, mitoxondriya Са 2+ pulining bo‗shab qolishi kabi jarayonlar yuzaga keladi. Shu sababdan keyingi yillarda ushbu yo‗nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarda jigar hujayralari mitoxondriyalari membranasida joylashgan Сa 2+ ga bog‗liq megakanal yoki SsA-sezgir poralarning funksional xususiyatlarining o‗zgarishlariga qaratilmoqda. Biz ushbu bitiruv malakaviy ishimizda bu borada ilmiy tadqiqot o‗tkazgan olimlar tomonidan olingan ma‘lumotlarni umumiylashtirdik. Ko‗pgina olimlar (N.X. Abdullaev, X.Y. Karimov, Z.G. Aprosina va boshqalar) ning fikricha, ushbu poralarning ochiq holatga o‗tishi L–arginin-azot oksidining faollashuviga bog‗liq bo‗lishi mumkin. O‗z navbatida peroksinitritning ko‗p hosil bo‗lishi natijasida Са 2+ ga bog‗liq megakanali konformasion holatining o‗zgarishiga olib keladi. U.Salixodjaeva (2004) ning olib borgan tadqiqotlari geliotrin bilan zararlangan kalamush jigari hujayralari ichki membranasida joylashgan SsA-sezgir poralarning funksional o‗zgarishlariga bag‗ishlangan. Xususan, bunday 43 yo‗nalishdagi ishlar O‗zR FA Fiziologiya va biofizika instituti xodimlari (Beskina, V.Kamburova va I.CHuliyevlar) tomonidan ham amalga oshirilgan. U.Salixodjaeva tomonidan olib borilgan ushbu tadqiqotlarda ko‗rsatilishicha, intakt kalamush jigari mitoxondriyalarini Са 2+ ionlari yordamida inkubasiya qilinganda, ular shishadi. Bu mitoxondriya ichki membrasida joylashgan SsA-sezgir poralarning ochiq holatga o‗tib qolishi bilan tushuntiriladi (8-rаsm). Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlantirilganda (60 kunlik tajribada) jigarning ushbu sharoitda Са 2+ -га bog‗liq shishishining dastlabki tezligi intakt kalamushlarnikiga nisbatan 1,5 marta tezlashganligi aniqlangan (8-rаsm). Poraning klassik ingibitori siklosporin qo‗shilganda, porani yopadi hamda mitoxondriyaning shishishini ingibirlaydi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling