O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti biotexnologiya kafedrasi


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/32
Sana09.02.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1181876
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi q

 
 
9-rаsm. Jigarning geliotrin bilan surunkali zararlanganda (90 kunlik tajribada) 
mitoxondriyaning Са
2+
-bilan indusirlangan shishishining o‗zgarishi. 
Qo‗shilgan moddalar: 1mkM Са
2+

Neoselen yordamida davolashning ikkinchi bosqichida mitoxondriyalarning 
Са
2+
-ga bog‗liq shishishi davolanmagan hayvonlarga qaraganda 25% ga kamaygan 
(9-rаsm).
Olingan 
natija 
ushbu 
preparatning 
mitoxondriya 
membranasini 
stabilashtiruvchi ta‘siri natijasida SsA-sezgir pora darajasida patologik holatning 
rivojlanib ketishi 50% ga kamayadi. Bu yo‗nalishdagi surunkali toksik gepatit 
geliotrin bilan 120 kun davomida intoksikasiya qilingan kalamushlarda ham 
kuzatilgan.
Shunday qilib, avtor shunday xulosaga keladiki, jigarda geliotrinli surunkali 
zararlanishning yuzaga kelish mexanizmlaridan biri bu, mitoxondriyadagi SsA-
sezgir poralar funksiyasining buzilishidir. Neoselen yordamida bosqichli 
farmakoterapiya qilish orqali mitoxondriya membranasining stabil holatini 
yaxshilash mumkin. 


46 
Silibor preparati yordamida bosqichli davolash shuni ko‗rsatdiki, ular pora 
funksiyasi hamda mitoxondriyalar membranasiga stabillovchi ta‘sir ko‗rsatgan. 
Ma‘lumki, slibor polioksifenilxromanlar kompleksidan iborat bo‗lgan o‗simlik 
mahsuloti hisoblanadi. Uning ta‘siri asosi shundan iboratki, polyar yog‗ 
kislotalarining gidroperekislarga aylanishi hamda zararsiz oksikislotalarning 
giperlipoperoksidasiyasining 
oldini 
oladi. 
Uning 
antioksidant 
va 
membranastabillovchi ta‘sirlari hujayra energiya ta‘minotini va lipidlar 
metabolizmini yaxshilaydi.
Silibordan farq qilgan holda neoselen ko‗pgina hujayraichki fermentlari 
tarkibiga kiruvchi fiziologik faol essensial mikroelement – selendan tashkil topgan. 
Adabiyot manbalarida (Гoреликова и др., 1997; Петрович, Пoдарожная., 1981) 
keltirilishicha, selen hayvon organizmida ma‘lum darajada mavjud bo‗lib, peroral 
kiritilganda, u organizmda to‗planmaydi va tezda siydik bilan chiqarib yuboriladi. 
Selen birikmasining organizmdagi biokimyoviy funksiyalari murakkab va turli-
tumandir. U hujayra membranalarining oksidlanish-qaytarilish sistemalarida 
ishtirok etadi, fermentlar tarkibiga kiradi, nespesifik fosfataz hamda ATF-
azalarning faolligiga ta‘sir ko‗rsatadi va boshqalar (Мхитарян, Бадалян., 1978).
Yuqorida aytib o‗tilgan natijalar asosida shuni ta‘kidlash lozimki, jigarning 
geliotrin ta‘sirida surunkali toksik ta‘siri natijasida birinchi navbatda SsA-sezgir 
poralarning funksiyasi buziladi. Korreksiya uchun tanlangan slibor va neoselenlar 
mitoxondriya membranasiga stabilovchi ta‘sir ko‗rsatadi, SsA-sezgir poralarni 
yopiq konformasion holatga olib keladi. Ularning ta‘sir qilish samaradorligi haqida 
gapirganda sliborga nisbatan neoselen biroz ijobiy ta‘sirga egaligi yuqorida 
keltirilgan ma‘lumotlardan ma‘lum bo‗ldi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling