O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Nutqning mantiqiyligi. Mantiqiylik nutqning tinglovchi tomonidan to'g'ri va to'liq 
anglanilishi uchun zaruriy bo'lgan sifatlardan biridir. Mantiqiylikdan mahrum bo'lgan biron-bir 
nutq kishilar o'rtasidagi tayinli aloqani ta'minlay olmaydi. Nutqning mantiqiyligini to'g'rilik va 
aniqlik sifatlaridan ajralgan holda ham tasavvur etib bo'lmaydi. Chunki to'g'ri va aniq bo'lmagan 
nutq hech qachon mantiqiy bo'lishi mumkin emas. Zotan, to'g'ri va aniq bo'lmagan nutqdan 
mantiqiylikni izlab topish mumkin emas. Adabiy til me'yorlariga zid tarzda tuzilgan va tegishli 
birliklar noo'rin tanlangan nutqqa mantiq begona bo'lishi tabiiy. 
Fikr tarkibi va qurilishining to'g'ri ifodalanishi nutq mantiqiyligining asosi deyish mumkin. 
Nutqda til vositalarining mantiq va to'g'ri tafakkur qonuniyatlariga mos tarzda mazmuniy 
birikishi nutq mantiqiyligini baholashning bosh o'lchovi hisoblanadi. Shunga ko'ra mantiqiylik 
sifatini nutqda so'zlar va gaplar o'rtasidagi semantik aloqalarning fikrning mantiqiy mohiyatiga 
hamda uning rivojlanib borishiga qat'iy mosligi tarzida ta'riflash maqsadga muvofiqdir. 
Aytish mumkinki, nutqning mantiqiyligi struktura nuqtai nazaridan ko'proq tilning 
semantik sathi bilan bog'liqdir. Boshqacha qilib aytganda, nutq tuzuvchi nutqning mantiqiyligiga 
erishish uchun til birliklarining sintagmatik imkoniyatlarini yaxshi bilishi lozim. Lekin buning 
o'zigina yetarli emas. So'zlovchi, eng avvalo, bayon etmoqchi bo'lgan fikrini, bildirmoqchi 
bo'lgan xabarini va u bilan bog'liq tafsilotlarni, ayni paytda mantiq qonuniyatlarini yetarli 
darajada tasavvur etmas ekan, u mantiqli nutq tuza olmaydi. Bu o'rinda nutq tuzuvchining 
tafakkur qobiliyati juda muhimdir. Ko'rinadiki, nutqning mantiqiy bo'lishi uchun ham lisoniy, 
ham g'ayrilisoniy omil ishtirok etadi.
Mantiqiy nutq tuzish uchun so'zlovchi fikr predmetini atroflicha bilishi, mantiqiy tafakkur 
qoidalaridan boxabar bo'lish kabi g'arilisoniy talablar bilan bir qatorda til birliklarining leksik-
semantik mohiyati, ularning sintagmatik xususiyati kabi lisoniy bilimlarni ham nazardan 
qochirmasligi kerak. 
Umuman, nutqning mantiqiyligi fikr rivojining izchilligi, tushunchalar va fikrlar o'rtasidagi 
munosabatlarning mantiqiyligi, nutq predmetining aniqligi, fikr libosining fikricha majburiyatsiz 


loyiqligi asosida yuzaga keladi. Mantiqiylikdan mahrum bo'lgan matn nutqiy muloqot uchun 
yarashiqsiz va yaroqsizdir. 
Nutqning sofligi. Har qanday narsaga baho berilganda, avvalo, uning asligi, boshqa 
keraksiz unsurlardan xoliligi, o'z mohiyatiga muvofiq toza tarkibga egaligi kabi me'yorlardan 
kelib chiqadi. Soflik sifati nutqni shunday baholash me'yorlaridan hisoblanadi. Aytish lozimki, 
nutqning bu kommunikativ sifati adabiy til va nutq Bilan jamiyat munosabatida namoyon 
bo'ladi. Shunga ko'ra nutqning sofligi nutqning adabiy til me'yorlariga va jamiyatdagi ma'naviy – 
axloq qoidalariga yot bo'lgan unsurlardan xolililigi bilan belgilanuvchi kommunikativ sifat 
tarzida baholash mumkin. Aytish joizki, kishi nutqining sofligi uning ma'naviy-ma'rifiy, lisoniy-
madaniy saviyasini namoyon etadigan ko'rsatkichlardan biridir. 
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni 
alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq: 
1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz; 
2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar); 
3) jargon va argolar; 
4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar); 
5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar; 
6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k. 
Nutq tuzuvchi o'z nutqining sofligi haqida qayg'urar ekan, albatta, mazkur unsurlarni 
qo'llashdan tiyilishi lozim. 
Ma'lumki, shevaga xos so'zlar adabiy tilninng leksik me'yorlaridan tashqarida, shuning 
uchun ham uning nutqda ishlatilishi soflik sifatining buzilishiga olib keladi. Hatto nutqning 
to'g'ri tushunilishiga ham halaqit beradi. 
Ayni paytda ta'kidlamoq joizki, badiiy adabiyot tili mutlaqo o'ziga xos nutq uslubi sifatida 
shevaga xos so'z va boshqa birliklarning muayyan maqsad bilan qo'llanishiga imkon yaratadi. 
Sheva so'zlari va grammatik shakllari, ya'ni dialektizmlar badiiy nutqda aniq estetik vazifani 
ko'zda tutgan holda qo'llaniladi. Ta'kidlash kerakki, dialektizmlarning estetik qimmat kasb etishi 
ularning badiiy nutqdagi me'yori, qanday ishlatilishi va aynan qanday turlarining tanlanishi bilan 
ham bog'liqdir. 
Tabiiyki, turg'unlashgan nutqiy qoliplardan qutulish uchun, avvalo, tafakkurdagi 
qoliplardan voz kechish, mustaqil va ijodiy tafakkur malakalarini oshirib borish zarur. Bunga, 
ayniqsa, maktabda alohida ahamiyat berilishi kerak. Rasmiy uslubdan boshqa usulublarda 
qo'llangan tayyor nutqiy qoliplar o'quvchining ijodiy tafakkur ko'nikmalarining tarkib topishi
barqarorlashishiga halaqit beradi. Sof nutqning go'zal namunalari bo'lmish har jihatdan pishiq – 
puxta badiiy asarlarni muntazam mutolaa qilib borish o'z samarasini beradi. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling