O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

Nutqning ifodaliligi. Nutqning bu sifati ba'zan ta'sirchanlik tarzida ham talqin etiladi. 
Ammo ta'sirchanlik keng qamrovli tushuncha bo'lib, u yaxlit yaxshi nutqqa xosdir. 
Tabiiyki, har qanday nutqning asosiy maqsadlaridan biri tinglovchi yoki o'quvchi ongiga 
ta'sir etishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirishda esa nutqning muayyon bir sifati emas, 
balki barcha kommunikativ sifatlari u yoki bu darajada ishtirok etadi. Zotan, to'g'ri yoki aniq 
bo'lmagan, boy yoki mantiqiy bo'lmagan, sof yoki jo'yali bo'lmagan nutqning ta'sirchanligi 
haqida gapirib bo'lmaydi. 
Nutq tinglovchi yoki o'quvchining quruq qulog'ini emas, balki qalb qo'rg'onini, aql qal'asini 
zabt etmog'i uchun, eng avvalo, uning tarkibi va qurilishi diqqatni tortadigan, qizg'in qiziqish 
uyg'otadigan bo'lishi lozim. Bu esa ayni ifodalilik sifatining mohiyatini talqin etadigan 
xususiyatdir. 
Demak, ifodalilik nutqning tarkibiy tuzilishi va boshqa lisoniy xususiyatlariga ko'ra 
tinglovchi yoki o'quvchi diqqatini o'ziga jalb qila olishdan iborat kommunikativ sifatdir. 
Tabiiyki, tashviqot xarakteridagi ma'ruza yoki dars jaorayonidagi bayon nutqida ham 
ifodalilik alohida zaruriyatga aylanadi. O'qituvchi dars mavzusini tushuntirar ekan, o'z nutqining 
ifodaliligiga e'tibor bermasa, ifodalilikni ta'minlaydigan vositalardan foydalanmasa, nutqi quruq, 
shirasiz, jozibasiz bo'ladi va natijada bunday nutq o'quvchi diqqatini torta olmaydi. 
Mavzu aslida qanchalik qiziqarli bo'lmasin, mazkur ifodalilik sifatidan mahrum nutq 
sababli o'quvchida tayinli qiziqish uyg'onmaydi, dars tinglovchi uchun zerikarli bir yumushga 
aylanadi. O'z-o'zidan bunday darsning tezroq tugashini kutadi. 
Tilda ifodalilikni yuzaga keltirishga xizmat qiladigan imkoniyatlar juda ko'p va xilma-xil. 
Bunday imkoniyat hech bir istisnosiz tilning barcha sathlarida mavjud. Tilning ovush qurilishi, 
so'z xazinasi, morfologik shakllari, sintaktik birliklari, intonasiya, uslub kabilarning har biri nutq 
ifodaliligining bitmas-tuganmas manbalaridir. Nutq tuzuvchi bu manbalarning mohiyati, tabiati 
va ularni unumli ishga solish usullaridan xabardor bo'lsa, nutqning ifodalilik sifatini ta'minlashga 
qiynalmaydi. 
Nutqning ifodalilik sifatini yuzaga keltiradigan ko'chimlar, tasviriy vositalar juda ham 
xilma-xil, rang-barangdir. Tabiiy, nutqning ifodaliligini o'ylanar ekan, albatta, qator tasviriy 
vositalarning me'yorini ham unutmaslik kerak. Muayyan bir matnda bu tasviriy vositalarning 
barchasidan foydalanishga urinish nutqning ifodaliligiga, ta'sirchanligiga salbiy ta'sir etishi tayin. 
Keragidan ortiq qo'llangan vositalar nutqning chuchmallashuviga olib keladi. 
Tilning faqat leksik sathigina emas, balki sintaktik sathi ham nutq ifodaliligini 
ta'minlashda benihoya keng imkoniyatlarga ega. Sintaktik qurilmalarning rang-barangligi, 
sinonimikasi ifodalilikni kuchaytirishga qanchalik xizmat qilsa, muayyan bir sintaktik birlikning 
atayin qilinadigan takrori ham bu jihatdan shunchalik diqqatga sazovor. 
Ifodalilikni yuzaga keltirishda sintaktik figuralar, gapdagi so'z tarkibi, intonatsion 
vositalarning rolini ham esdan chiqarmaslik lozim. 
Ifodali nutq tuzish malakasini shakllantirishda tildagi barcha vositalar – leksik-semantik, 
leksik-sintaktik, sintaktik, intonasion vositalarning imkoniyatlarini to'g'ri va to'la tasavvur etish 
muhimdir.


Xulosa qilib aytganda, har bir o'qituvchida nutq madaniyati bo'lishi zarur, chunki har bir 
pedagog o'z nutqi, chiroyli va ravon o'qishi, muomala madaniyati bilan o'quvchilarga namuna 
bo'ladi. 
O'qituvchi doimo o'zining nutq madaniyati ustida ishlashi va takomillashtirib borishi zarur. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling