Mavzu: Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan o`rni. Reja: Yozma manbalarning ahamiyati va ularning turlari
Download 7.62 Kb.
|
Mavzu Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda yozma va arxiv manba-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Arab tarixchilari davrida o`lkamiz.
- 8.Mustaqillik davrida arxiv ishlari tizimi.
- Etiboringiz uchun rahmat.
Mavzu: Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan o`rni Mavzu:Tarixiy o`lkashunoslikni o`rganishda yozma va arxiv manbalarning tutgan o`rni.Reja:1.Yozma manbalarning ahamiyati va ularning turlari.2.Ilk o`rta asrlar davri manbalarida o`lkamiz.3.Arab tarixchilari davrida o`lkamiz.4.Qadimgi fors manbalarida o`lkamiz.5.O`rta Osiyo xalqlarinining qadimgi davr tarixini o`rganishga bag`ishlangan asarlar.6.IX XII asrlarda yaratilgan manbalarda o`lkamiz haqida malumotlar.7.O`zbekistonda arxiv ishi tarixi.Qadimgi va o`rta asrlar davri arxivlari.8.Mustaqillik davrida arxiv ishlari tizimi.1917 yilgacha arxiv hujjatlari maxfiylikdan chiqariladi Davlat arxivlaridagi tarixiy davr hujjatlari maxfiylikdan chiqariladi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident Farmoni qabul qilindi. Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi negizida O‘zbekiston Respublikasi “O‘zarxiv” agentligi tashkil etildi. Shuningdek, Farmonga muvofiq 2020 yil 1 iyungacha davlat arxivlarida saqlanayotgan tarixiy davr (1917 yilgacha) arxiv hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda maxfiylikdan chiqariladi O‘zbekiston mustaqillikga erishgach jamiyatimizning barcha sohalarida, jumladan arxiv ishini rivojlantirish sohasida ham tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan jamiyatni barpo etish borasida, davlat mulkini xususiylashtirish, ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, ishlab chiqarish korxonalari va xususiy biznesni rivojlantirish natijasida nodavlat arxiv fondlari tashkil qilindi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zMAF)ga aylantirildi. O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona va tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib bo‘yicha idoralararo arxivlar soni ortdi. O‘zbekiston Respublikasi hukumati arxiv ishi bo‘yicha Qonun va me’yoriy hujjatlar ishlab chiqdi. 1999-yil 15-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Arxivlar to‘g‘risida” Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 30-oktyabrda “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 482-sonli Qaror qabul qildi. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan “O‘zbekiston Resprublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 137 Bosh arxiv boshqarmasi (“O‘zbosharxiv”) to‘g‘risida Nizom”, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxiv to‘g‘risida Namunaviy nizom” tasdiqlandi. Bu hujjatlar respublika arxiv idoralarini mustaqilligini, erkinligini qonuniy yo‘l bilan rasmiylashtirdi. Respublikada arxiv sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar arxivlar to‘g‘risidagi Qonunni qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ehtiyojini yuzaga keltirdi. Natijada 2010-yil 15-iyunda “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi. Qonunda arxiv muassasasi, idoraviy arxiv, arxiv hujjati kabi o‘ziga xos institutlar mohiyati amaliyotga mos ravishda ajratilib, har birining haqqoniy tushunchasi yoritib berilgan. Bundan tashqari, unda MAF va davlat arxivlari qatori nodavlat arxivlar, idoraviy arxivlar, shaxsiy arxiv hujjatlari tarkibida ham butlanishi, hisobga olinishi, saqlanishi va ulardan foydalanishi mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3- fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 49-sonli Qaroriga ko‘ra “O‘zbosharxiv” “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Mustaqil O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi. Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Davlat va nodavlat korxonalari arxivi fondi hujjatlarini saqlash uchun hujjatlar saqlaydigan joylarning mavjudligi va undagi talab darajasida shart-sharoitning bo‘lishi muhim sanaladi. 1996-yilga qadar respublikada faqat 9 ta davlat arxivlari uchun maxsus qurilgan bino mavjud bo‘lgan. 68 ta davlat arxivlarining binolari hujjatlar saqlash uchun moslashtirilgan binolar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi hujjatlar bilan to‘lgan va idoraviy arxivlardan davlat saqlovi uchun hujjatlar qabul qila olmas edi. Arxivlarning rejali butlashni ta’minlash uchun respublika bo‘yicha 1,5 mln dan ortiq yig‘ma jild saqlanadaigan joylar qurilishi lozim edi. 2008-yil 26-avgustda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 194-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 2011-yilgacha arxiv ishini va ish 138 yuritishni rivojlantirish Dasturi hamda Maqsadli mo‘ljallariga davlat arxivlari uchun yangi binolar qurish, ta’mirga muhtoj binolarni rekonstruksiya qilish kiritildi. 2011- yilgacha bo‘lgan maqsadli mo‘ljallariga muvofiq 2008-2011-yillar davomida 18 ta markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari hamda uning filiallariga qo‘shimcha arxiv saqlovxonasi qurish, 2 ta davlat arxivi va uning filialiga qo‘shimcha arxiv saqlovxonasi ajratish ishlari amalga oshirilishi belgilandi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 80 dan ortiq davlat arxivlari bo‘lib, ularda 6 mln. yig‘majildlardan ziyod hujjatlar asrabavaylab saqlanmoqda. Bu hujjatlardan turli sohalar bo‘yicha tadqiqotchilar, talabalar va boshqa mutaxassislar ilmiy, madaniy-ma’rifiy izlanishlarda keng foydalanmoqda. Hozirgi kunda jahonda globallashuv jarayoni jadallashgan, axborot-texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga jadal 139 kirib borayotgan davrda O‘zbekictonda arxiv ishini yanada takomillashtirish masalasi asosiy vazifa bo‘lmog‘i kerak. Zero, arxiv ishida yangi informatsion texnologiyalarning tadbiq etilishi hujjatli ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini kengaytiradi, arxiv hujjatlarini qidirib topishning yangi usullari yaratilishini talb qiladi. Arxiv ishini axborotlashtirish bu informatika fanining nazariy va amaliy ishlanmalarini arxiv ishiga tadbiq etish yordamida arxiv hujjatlariga ishlov berish texnologiyalari takomillashtirishni, arxivlarni saqlash imkoniyatlarini qidirib topishni talab etmoqda. Foydalangan adabiyotlar: 1.Arxivshunoslik(o`quv qo`llanma) Is’hoqov Mirsodiq Mirsultonovich, Alimova Rahima Ruskulovna .Toshkent-2017E'tiboringiz uchun rahmat.http://fayllar.org Download 7.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling