O`zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti


Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish savollari


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/95
Sana06.05.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1436459
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95
Bog'liq
Педагогик маҳорат мажмуа 2022 (1)

 
Tekshirish va o'z-o'zini nazorat qilish savollari 
1. O’qituvchi ijodkorligi, ijodiy holati haqida tushuncha. 
2. O'qituvchining darsdagi holati. 
3. O'qituvchining darsdan keyingi faoliyati. 
Adabiyotlar: 
1. O'zbekiston Respublikasi «Tatlim to'g’risida»gi Qonun. Barkamol avlod-
O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori. -T. 1997. 
2. Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotiniig poydevori.-T. 1997.
3. I. A. Karimov. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T, O’zbekiston, 
1993. 
4. Sayidahmedov H. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar. T. 2003. 


5.Azizxo’jayeva N.N. Pedagogik texnologoya va pedagogik mahorat. T. 2003. 
5.Mahmudov N. O’qituvchi nutqi madaniyati. T. 2007. 
6.Musurmonova O. Ma’naviy qadriuatlar va yoshlar tarbiyasi. T. 1996. 
14-MAVZU. ZAMONAVIY DARS KOMBINATSIYALARI.
Reja: 
1.O’qituvchining darsga tayyorgarligida ko’zga tashlanadigan uch maqsad.
2.Ta’limning yordamchi shakllari. Zamonaviy ta’lim jarayonida o’qituvchiga qo’yiladigan 
talablar mazmuni va vazifalari.
3.Ijodiy kayfiyat - o’qituvchi aql-idrokini namoyon etuvchi pedagogik mahoratning bir qirrasi 
sifatida. Ijodiy kayfiyatni ta’lim jarayonida shakllantirishning ba’zi vositalari. 
4. Ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahorati omilkorligini ta’minlovchi xususiyatlar. 
5.O’qituvchi tomonidan pedagogik mahorat nuqtai nazaridan ushbu tashkillashtiriladigan ta’lim 
jarayonini boshqarish bosqichlari. 
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan 
bog`liq. 
Yaxshi rejalashtirilmagan
, yetarlicha o’ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o’quvchilar 
imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo’la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda 
eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta`minlovchi o’quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini 
ta`minlash, kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir. 
O’qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko’zga tashlanadi: tashxislash, 
bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). 
Shu bilan birga o’qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o’z fanini erkin olib borishga 
erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo’lajak mashg`ulotning algoritmlari, samaradorligi 
bog`liq bo’lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta`minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan 
bajarish tashkil etadi. 
Algoritmni 
amalga 
oshirish 
aniq 
sharoitlarni 
diagnostika 
qilish 
bilan 
boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini 
belgilashdir. Unda o’quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va 
layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o’quv materialining xususiyati, uning 
amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o’zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, 
bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo’ladi. 
Bashoratlash bo’lajak darsni tashkil etilishining turli variantlarini baholash va ulardan qabul 
qilingan 
mezonlarga 
muvofiq 
eng 
ma`qulini 
tanlab 
olish. 

Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling