3.3. Aniq ovqatlanishni o‘rganish.
3.3.1. Bog‘cha tarbiyalanuvchilari ovqatlanishi.
5-6 yoshdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilari guruhida olib borilgan tekshirishlar
natijalari ular organizmining oqsillarga bo‘lgan talabining qondirilishi turlicha
ekanligini ko‘rsatdi.
Biz o‘zimizning tekshirishimizda bog‘cha tarbiyalanuvchilarning kunlik
iste’mol taomlarining energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdorini
anketa-so‘rov metodi yordamida aniqladik. Olingan natijalar 3-jadvalda keltirilgan.
Bolalar kunlik ratsionining umumiy energetik qiymati 3-jadvalda ko‘rinib
turganidek me'yor darajasiga yaqin. Ya’ni, qiz bolalarda bu ko‘rsatkich o‘rta
hisobda qabul qilingan me'yoriy talablardan 8 %, o‘g‘il bolalarda 6 % kam.
Bolalarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar miqdorini
aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda, ularning ratsionida ma'lum darajada
oqsil taqchilligi mavjud. O’rtacha bir kunlik ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori
qiz bolalarda 59,5 g, o‘g‘il bolalarda 63,4 g ni tashkil qiladi, bu tegishli ravishda
me'yordan 15 % va 9 % kam.
3-jadval
Bog‘cha tarbiyalanuvchilari kunlik ratsionining energetik qiymati va
Do'stlaringiz bilan baham: |