O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Katta yoshdagi kishilar ovqatlanishi
Download 215.54 Kb.
|
Qo’lyozma huquqida-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-jadval Katta yoshdagi kishilar kunlik ratsionining energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdori.
3.3.3. Katta yoshdagi kishilar ovqatlanishi.
Katta yoshdagi kishilarning (40-59 yoshli) kunlik iste’mol taomlarining energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdorini anketa-so‘rov metodi yordamida aniqladik. Olingan natijalar 5-jadvalda keltirilgan. 5-jadval Katta yoshdagi kishilar kunlik ratsionining energetik qiymati va uning tarkibidagi oqsillar miqdori. Ko‘rsakichlar Ayollar Erkaklar me’yor natija
% *
me’yor
natija % * Umumiy energiya, kkal 1800
2070 115
2100 2520
120 Umumiy oqsil, g 58
48
82 65
60 93
Hayvon oqsili, g 32
26 80
36 32
88 O‘simlik oqsili, g 26
22
84 29
28 96
Tekshiriluvchilar ratsionining umumiy energetik qiymati 5-jadvaldan ko‘rinib turganidek me'yor darajasiga yaqin, yoki biroz yuqori. Ya’ni, ayollarda bu
62
ko‘rsatkich o‘rta hisobda qabul qilingan me'yoriy talablardan 15 %, erkaklarda 20 % ko‘p. Tekshiriluvchilarning kunlik iste’mol qilgan taomlarining tarkibidagi oqsillar miqdorini aniqlashdan olingan natijalarga qaraganda, ularning ratsionida umumiy oqsilning miqdori biroz kam bolsada, me’yorga yaqin. O’rtacha bir kunlik ratsiondagi umumiy oqsilning miqdori ayollarda 48 g, erkaklarda 60 g ni tashkil qiladi, bu tegishli ravishda me'yordan 12 % va 7 % kam. Ovqatning oqsillar tarkibini, ya’ni to‘la qiymatli va to‘la qiymatli bo‘lmagan oqsillar miqdorini aniqlash maqsadida, iste’mol taomidagi hayvon va o‘simlik oqsillarining miqdori hisoblab topildi. Bunda qabul qilingan kunlik ovqatdagi hayvon oqsillarining miqdori ayollarda 26 g (me'yordan 20 % kam), erkaklarda 32 g ni (me'yordan 12 % kam) tashkil qiladi. Tekshiriluvchilar ratsionidagi o‘simlik oqsillarining miqdori me'yorga yaqin, yoki undan bir oz past bo‘lsada (5-jadval), ularning umuimiy oqsillardagi ulushi me'yoriy ko‘rsatkichlardan yuqori, o‘simlik oqsili umumiy oqsilning 46 % yuqori ekanligi aniqlandi. Shunday qilib, katta yoshdagi kishilarning (40-59 yoshli) aniq ovqatlanishni o‘rganish bo‘yicha olib borgan tekshirishlarimiz ular organizmining oqsillarga bo‘lgan talabi asosan hayvon oqsillar yetishmaganligi hisobiga to‘la qondirilmaganligi va o‘simlik oqsillarining umumiy oqsil tarkibidagi ulushi me’yordan ko‘pigini ko‘rsatdi. Katta yoshdagi kishilarning ratsioni hayvon oqsillari bilan erkaklarda 12 %, ayollarda 20 % boyitilishi lozim. Ular ratsioninig energetik qiymati me’yorlardan yuqori ekanligi bois oqsillar miqdorining oshirilishida yog va karbonsuvlarning miqdori tegidhlicha kamaytirilishi maqsadga muvofiqdir.
Download 215.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling