O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Suv omborlari tarkibidagi asosiy inshootlar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

7.3. Suv omborlari tarkibidagi asosiy inshootlar 

haqida umumiy ma‘lumotlar 

 

To’g’onlar,  suv  yo’nalishini  boshqaruvchi  dambalar,  suv 

chiqazgichlar,  suv  tashlagichlar  suv  omborlarining  asosiy 

inshootlari  hisoblanadi.  Ma‘lumki,  zamonaviy  to’g’onlar  mahalliy 

gruntlardan,  betondan  yoki  temirbetondan  barpo  etilishi  mumkin. 

Tog’  jinslari  (gruntlardan)  barpo  etilgan  to’g’onlar  ko’proq 

tarqalgan.  Betonli  to’g’onlar  gravitatsion,  arkali  va  kontrforsli 

turlarga  bo’linadi.  O’zbekistonda  Andijon  suv  omboridagi  to’g’on 

kontrforsli konstruktsiyada qurilgan.  

Suv chiqazuvchi inshootlar bevosita to’g’on tanasida yoki unda 

tashqarida  joylashishi  mumkin.  Gidromeliorativ  qurilish  sharoitida 

ular  ko’pincha  galeriyali  tipda  loyihalanadi.  Suv  chiqazuvchi 

inshootlar  odatda  ikki  qator:  ishchi  va  ta‘mirlash  zatvor  chiziqlari 

bilan ta‘minlanadi.  

Suv  chiqazuvchi  inshootlarning  kirish  qismi  minorali  yoki 

shaxtali  tipda  bo’lishi  mumkin.  Inshoot  suv  o’tqazuvchi  qismining 

o’lchamlari gidravlik hisob asosida qabul qilinadi.  

Favquloddagi  suv  sarflarini  chiqazib  tashlash  uchun  xizmat 

qiladigan suv tashlash inshootlari ochiq yoki yopiq tipda loyihaladi. 

O’zbekistondagi  suv  omborlarining  ko’pchiligida  ular  ochiq  tipda 

qabul qilingan.  

Suv omborlari asosan individual loyiha bo’yicha quriladi. Lekin 

ularning  tarkibiy  qismlarini  barpo  etishda  unifikatsiyalashgan, 

namunaviy konstruktsiyalarni ko’proq qo’llashga ham e‘tibor berish 

lozim.  


Suv  omborlarni  loyihalashda  kompozitsion  markazni  tanlash, 

boshqa  inshootlar,  landshaft  va  rel‘efni  shu  markazga 

muvofiqlashtirish juda muhimdir. Kompozitsion markaz sifatida suv 

omborlaridagi  to’g’on  markazi  yoki  unga  yaqinroq  joylashgan 




 

45 


inshoot  qabul  qilinadi.  Gidrouzellarda  markaz  vazifasini  to’suvchi 

to’g’on bajarishi mumkin.  

Inshootlarning  uzoqdan  ko’rinib  turadigan  qismlari  milliy 

me‘morchilik elementlari  bilan ta‘minlangan bo’lishlari lozim. Lekin 

bu elementlar oddiy va dabdabasiz bo’lmog’i kerak. Inshootlarning 

o’lchamlari  bir-biriga  muvofiq  bo’lishi  uchun  qurilishning  miqyosiy 

talablaridan foydalanish lozim.  

Suv  omborlarining  hududi  ko’rkam  bo’lishiga,  yetarlicha 

obodonlashtirilishi  va  ko’kalamzorlashtirilishiga  erishmoq  darkor. 

Bunda  kichik  me‘morchilik  elementlaridan  (panjaralar,  to’siqlar, 

elektr yoritish qurilmalari va boshqa ko’rinish beruvchi shakllardan) 

keng foydalanish kerak. 

 

  

 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling