O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

 

1. KIRISH. SUV RЕSURSLARI VA 

ULARDAN FOYDALANISH 

 

1.1. Gidrotexnikaga kirish fanining predmeti va vazifalari 

 

Respublikamizning  iqtisodiy  yuksalishi  suv  xo’jaligi  va 



melioratsiyaning  bundan  keyingi  rivojlanishi  bilan  chambarchas 

bog’liqdir.  Shu  sababli  mamlakatimizda  yer-suv  resurslaridan 

oqilona foydalanish, gidrotexnik inshootlarni ishlatishni to’g’ri yo’lga 

qo’yish  hamda  yirik  gidrotexnik  inshootlar  xavfsizligini  ta‘minlash, 

sug’oriladigan yerlar unumdorligini oshirish, sug’orish tarmoqlarida 

va  sug’orish  jarayonida  suvning  behuda  isrof  bo’lishiga  yo’l 

qo’ymaslik  kabi  masalalarga  jiddiy  e‘tibor  berilmoqda.  Suvga 

bo’lgan  munosabatlarni  tubdan  isloh  qilish  maqsadida 

mamlakatimizda qator Qonun va Qarorlar qabul qilindi,  1993 yilda 

qabul  qilingan  «Suv  va  suvdan  foydalanish  to’g’risida»,  1999  yilda 

qabul  qilingan  «Gidrotexnika  inshootlarining  xavfsizligi  to’g’risida» 

gi Qonunlar shunday huquqiy xujjatlar jumlasiga kiradi.  




 

Suv  xo’jaligi  sohasini  yanada  rivojlantirish  va  uni  zamonaviy 



texnologiyalar  bilan  ta‘minlashda  bevosita  faoliyat  ko’rsatadigan 

bakalavr darajasiga ega bo’lgan gidrotexniklar o’zlari tanlagan soha 

bo’yicha  ma‘lum  bilim  va  tushunchalarga  ega  bo’lishlari  lozim, 

chunki ular o’zlarining amaliy faoliyatlarida gidrotexnika inshootlari 

va nasos stantsiyalari va ularda ishlatiluvchi qurilmalar bilan bevosita 

munosabatda bo’ladilar. 

Gidrotexnikaga  kirish  fanini  o’rganishning  asosiy  vazifalari 

quyidagilardan iborat: 

 

1. Gidrotexnikaning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyot yo’li uning 



ilmiy-texnika  taraqqiyotidagi  o’rni  va  asosiy  tushunchalari  bo’yicha 

zarur bilim va ma‘lumotlarni o’rganish; 

 

2.  Suv  ob‘ektlari,  gidrotexnika  inshootlari  hamda  ularni 



muhofaza qilish bo’yicha zarur bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish; 

 

3.  Tabiiy  va  sun‘iy  suv  o’zanlari  tasarrufidagi  gidrotexnika 



inshootlarii  hamda  ularning  mexanik  jihozlari  to’g’risidagi 

boshlang’ich ma‘lumotlar va bilimlarni o’zlashtirish; 

 

4.  Injenerlik  melioratsiyasi,  sug’orish  va  zax  qochirish  bo’yicha 



boshlang’ich tushuncha va ko’nikmalarga ega bo’lish;       

 

5.  Gidrotexnika  qurilishini  olib  borish  texnologiyasi  va  uni 



tashkillashtirish,  qidiruv  va  loyihalash  ishlarini  olib  borish 

uslubiyotlari bilan tanishish; 

6.  Qurilishni  iqtisodiy  asoslash,  yangi  qurilish,  qayta  qurish  va 

ta‘mirlash  bo’yicha  boshlang’ich  tushunchalar  va  bilimlarni 

o’zlashtirish.  


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling