O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

 

1.2. Suv resurslari 

 

Umumiy  ma‘lumotlar.  Suv  hayot  mavjudligining  asosiy 

shartlaridan  biridir.  Lekin  tabiatdagi  barcha  suvlardan  bevosita 

foydalanib  bo’lmaydi.  Yer  yuzida  suv  zahiralarining  umumiy  hajmi 

1,3  mlrd  km

3

  ni,  shundan  97,2  %  ichishga  yaroqsiz  sho’r  suvlarni, 



2,15 % muzliklardagi suvlarni va faqat 0,65 % gina chuchuk suvlarni 

tashkil  etadi.  Shu  sababli  "suv  resurslari"  tushunchasini  barcha 




 

suvlarning  sinonimi  deb  tushunmaslik  kerak.  Haqiqatan  ham  bu 



kategoriya  faqatgina  tabiatga  xos  bo’lmay,  balki  ijtimoiy,  tarixiy  va 

iqtisodiy bosqichlarda o’zgarib turadi. Hozirgi taraqqiyot bosqichida 



suv  resurslari  deganda  tabiatdagi  barcha  chuchuk  va  o’rtacha 

minerallashgan, tabiiy holda yoki sun‘iy ravishda chuchuklashtirilgan 

va tozalangan, xalq xo’jaligining barcha tarmoqlarida ishlatilayotgan 

va ishlatilishi mumkin bo’lgan suv manbalari yig’indisi tushuniladi. 

Suv  qayta  tiklanadigan  tabiiy  resurslar  qatoriga  kiradi. 

O’lkamizdagi  suv  resurslari  asosan  daryolar,  soylar,  buloqlar,  va 

kullardagi  tabiiy  toza  suvlardan  (er  usti  suvlari),  yer  ostida 

joylashgan  chuchuk  va  o’rtacha  minerallashgan  suvlardan  hamda 

foydalanish mumkin bo’lgan qaytar suvlardan iboratdir.  

O’zbekistonning suv resurslari Orol dengizi havzasidagi barcha 

suv  boyliklari  bilan  uzviy  bog’liq  ravishda  qaraladi.  Bu  havza 

tarkibiga  Tojikiston,  O’zbekiston,  Turkmanistonning  barcha 

hududlari, 

Qirg’iziston 

respublikasining 

ta 



viloyati, 

Qozog’istonning  2  ta  viloyati  va  Afg’oniston  hamda  Eronning 

shimoliy qismlari kiradi.  

Orol  dengizi  havzasidagi  suv  resurslari  mintaqaning  iqlim  va 

topografik  sharoitlariga  bog’liq  holda  g’oyat  notekis  taqsimlangan. 

Qirg’iziston  va  Tojikistonning  90  %  ga  yaqin  yer  maydonini  tog’lar 

egallagan,  shu  sababli  havzaning  suv  resurslari  asosan  shu 

respublikalarda shakllanadi.  

Orol dengizi havzasi tarkibida Amudaryo va Sirdaryo havzalari 

alohida  ajratiladi.  Markaziy  Osiyodagi  barcha  yer  usti  suv  o’zanlari 

ushbu havzalar tarkibiga kiritilgan.  


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling