O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

Yer  osti  suvlari.  Yer  osti  suvlari  yer  qobig’idagi  suv 

o’tkazmaydigan  birinchi  qatlam  ustida  yig’iladigan  sizot  suvlari  va 

keyingi  suv  o’tkazmaydigan  qatlamlar  orasidagi  bosimli  artezian 

suvlariga  bo’linadi.  Orol  dengizi  havzasidagi  yer  osti  suvlarining 

qayta  tiklanuvchi  resurslari  kelib  chiqishiga  ko’ra  ikki  guruhga 

bo’linadi:  a)  suv  yig’iladigan  hududlarda  (asosan  tog’larda) 

shakllanadigan;  b)  sug’oriladigan  hududlarda  suvning  gruntga 

shimilishi  hisobiga  shakllanadigan.  Havza  bo’yicha  yer  osti 

suvlarining  jami  339  ta  manbasi  qidirib  topilgan  va  foydalanish 

uchun tasdiqlangan. Ularning umumiy mintaqaviy zahirasi 31,17 km

3

 

deb baholangan, shundan 12,7 km



3

  Amudaryo havzasiga, 16,4 km

3

 

Sirdaryo havzasiga to’g’ri keladi. 



Yer osti suvlari zahiralarining ma‘lum qismi yer usti suvlari bilan 

kuchli  bog’langan.  Bu  bog’liqlik  yer  osti  suvlari  haddan  tashqari 

olina  boshlansa,  yer  usti  suvlarining  kamayishi  orqali  namoyon 

bo’ladi.  Yuqoridagi  holatni  inobatga  olib,  yer  osti  suvlaridan 

foydalanish  uchun  ruxsat  etilgan  hajm  13,1  km

3

  miqdorida 



tayinlangan. 

Yer  osti  suv  havzalarining  kattagina  qismi  transchegaraviydir. 

Shu  sababli  ulardan  foydalanish  davlatlar  o’rtasidagi  hamkorlik 

shartnomalari va xalqaro litsenziyalash asosida olib borilishi lozim. 

 


Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling