O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/69
Sana18.11.2021
Hajmi0.72 Mb.
#175532
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69
Bog'liq
gidrotexnikaga kirish maruzalar matnlari toplami

Â

Â

 

 



5.5-rasm. Tunnellarning ko’ndalang kesim shakllari 


 

35 


 

Tunnel  qoplamalari  odatda  beton  va  temirbetondan  barpo 

etiladi. Tunnelning ichki devorlari tosh bilan qoplansa, qoplama usti 

tsementli qorishma bilan suvaladi. Agar tunnel devorlari beton bilan 

qoplansa, devorlarda maxsus teshiklar qoldiriladi va beton bilan tog’ 

jinsini  yaxshi  birlashtirish  maqsadida  bu  teshiklar  orqali  tsement 

eritmalari  in‘ektsiya  qilinadi.  Bo’shroq  gruntlarda  o’tgan 

tunnelllarning  ichki  tomoni  temirbeton  bilan  qoplanadi.  Keyingi 

paytlarda  tunnel  qoplamalari  uchun  chuyan  bloklardan  va  boshqa 

mahsulotlardan ham foydalanilmoqda. 



Tog’  bosimi.  Ma‘lumki,  turli  chuqurliklarda  joylashgan  jinslar 

o’z  ustidagi  qatlam  og’irligi  ta‘sirida  doimo  zo’riqqan  holatda 

bo’ladi.  To’nnel  qurilishi  natijasida  uning  ustidagi  tog’  jinslarining 

zo’riqish  holati  o’zgaradi,  ya‘ni  ta‘sir  kuchlari  boshqacha 

taqsimlanadi. Tog’ jinslarining tunnelga (qoplamaga)  ko’rsatadigan 

ta‘siri tog’ bosimi deyiladi. 

Tog’  bosimi  uch  xil  bo’ladi:    1)  yuqoridan  pastga  yo’nalgan 

vertikal  bosim;    2)  gorizontal  burchak  ostida  yo’nalgan  ko’ndalang 

bosim; tunnel o’qi bo’ylab yo’nalgan bo’ylama bosim. 

Yuqoridan  pastga  yo’nalgan  bosim  eng  kuchli  bo’lib, 

tunnelning  tepasi  shu  kuchga  hisob  qilinadi.  Tunnelning  yon 

devorlarini hisoblashda yon tomondan ta‘sir qiluvchi kuch inobatga 

olinadi.  Tunnel  qoplamasini  hisoblash  qoidalari  «Gidrotexnika 

inshootlari»,  «Gruntlar  mexanikasi,  zamin  va  poydevorlar», 

«Injenerlik konstruktsiyalari» fanlarini o’tish jarayonlarida o’rganiladi. 

Tog’ bosimini elastiklik nazariyasi qoidalari asosida nazariy yo’l 

bilan hisoblab topish mumkin (masalan, prof. M. M. Protodyakonov 

usuli  bo’yicha).  Lekin  ba‘zi  hollarda  tog’  bosimining  nazariy  va 

haqiqiy  qiymatlari  orasidagi  farq  ancha  katta  bo’ladi.    Shu  sababli 

nazariy usullardan asosan taxminiy hisoblarda foydalaniladi.  

Tunnellarning  texnik  loyihalari  tuzilayotganda  tog’  bosimining 

haqiqiy  qiymati  amalda,  tunnel  quriladigan  joyda,  tajriba  asosida 

aniqlanadi. Tog’ bosimini o’lchaydigan bir qancha asboblar mavjud. 



 

36 


Shular  ichida  prof.  N.  N.  Davidenkovning  asbobi  bilan  yaxshi 

natijalarni olish mumkin. 




Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling