O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/175
Sana02.01.2022
Hajmi0.51 Mb.
#199208
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175
Bog'liq
sport tibbiyoti

 

 

 

 

 

 

 

 

41 


76 


  

aniqlanadi va baholanadi. Olingan natija asosida o`qituvchi – trener 

tomonidan  o`quv-trenerovka  jarayoniga  ma`lum  darajada  o`zgar-

tirishlar,  to`ldirishlar  kirirtiladi.  Natijada,  u  yanada  ta`komillash-

tiriladi. 

Shifokor  -  pedagogik  kuzatuv  jarayonida  shug`ullanuvchilar 

rejalashtirilgan  hajmdagi  mashg`ulotni  bajargandan  keyin,  ular 

organizmining funksional holati  belgilangan muddatda asli holatiga 

qaytmasa,  yoki  unda  haddan  ortiq  charchash,  jismoniy  zo`riqish 

holati  yuzaga  kelgani  aniqlansa,  o`quv-trenirovka  dasturiga (rejasi-

ga) o`zgartirish, ya`ni mashg`uot yuklamasi hajmini ma`lum daraja-

da yengillashtirish tavsiya qilinadi. 

Shifokor - pedagogik kuzatuv jarayonida shug`ullanuvchilar-

da  noxush  holat  yuzaga  kelmasligi  uchun,  trener  (jismoniy  tarbiya 

o`qituvchisi)  har  bir  mashg`ulotda  qo`llanadigan  mashq  hajmi  va 

tezligini, oldindan to`g`ri rejalashtirishi talab etiladi. 

Shunday  qilib,  shifokor  -  pedagogik  kuzatuv,  bajarilgan 

jismoniy  mashg`ulot  ta`sirida,  shug`ullanuvchilar  organizmida 

yuzaga  kelgan  ijobiy  yoki  salbiy  holatlarni  aniqlaydi.  Olingan 

natijalar  asosida  o`quv-trenirovka  mashg`ulotlari  hajmi,  ularni 

bajarish usuli, tartibiga ayrim o`zgartirishlar kiritish yoki o`z holida 

qoldirish bo`yicha xulosa qilinadi. 

Qoidaga binoan, shifokor - pedagogik kuzatuv sport vrachi vа 

trеnеri  (yoki  jismoniy  tarbiya  o`qituvchisi)  hamkоrligidа    o`tkazi-

lаdi.  Ammo,  sport  vrachi  hamma  vaqt  ham,  tibbiy-pеdаgоgik 

nаzоrаt  jarayoniga  qatnashish  imkoniga  ega  bo`lavermaydi.  Shu 

bois,  ushbu  nazorat  ko`pincha,  katta  tajribaga  ega  bo`lgan  trеnеr 

(yoki jismoniy tarbiya o`qituvchisi) tomonidan o`tkazilаdi. Shuning 

uchun trеnеr (o`qituvchi) tibbiy-pеdаgоgik nаzоrаt o`tkazish, jumla-

dan,  tibbiy  tekshiruv  o`tkazish  usullarini  bilishi,  hamda  olingan 

natijalarni to`g`ri baholay olishi lozim. 

Shifokor  -  pedagogik  kuzatuvi  jarayonida  jismоniy  tаrbiya 

dаrsi va trеnirоvkа  mashqining tashkil etilishi, ishchi o`quv dastur-

larining  mavjudligi,  o`tiladigan  dars  yoki  trеnirоvkа    mashqining 

mavzusi, rejasi, dars mashg`uloti va trenirovka mashqida harakatla-

nishning  hajmi  va  tezligini  to`g`ri  rejalashtirilganligi,  mashg`ulot-

ning  sifati,  mashg`ulotning  harakat  zichligi,  fiziologik  chizig`i, 

o`tkazilgаn  sinamalar  natijasi  kabi  muhim  masalalar  aniqlanadi  va 

baholanadi. 


Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling