3. Sport mashg`ulotlari.
Sport mashg`ulotlari kasallikdan va shikastlanishdan to`liq
tuzalgan bemorlarda va sog`lom odamlarda, ularni yanada sog`lom-
lashtirish va jismoniy jihatdan chiniqtirish maqsadida qo`llanadi.
Sport mashg`ulotlarining hajmi va tezligi asta-sekin oshirib,
murakkablashtirilib boriladi.
Davolash mashqlarida quyidagi sport mashg`ulotlari qo`lla-
nadi:
1. Ertalabki va kechqurungi ovqatdan keyin ochiq havoda
sayr qilish.
2. Piyoda yurish. Pastlikdan-yuqori (baland) ga ko`tarilish.
3. Terrenkur. Uzoq masofaga yurish va yugurish. Bu dam
olish uyi va sanatoriyda qo`llanadi.
4. Ekskursiya. Piyoda yoki transportda xushmanzara joylarga
sayr qilish.
5. Yaqin turizm: piyoda, velosipedda, qayiqda yurish, sayr
qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |