O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti texnologiya fakulteti


Natriy gidroksid olishning membranali usuli


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/25
Sana02.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#201874
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25
Bog'liq
natriy gidroksid olishning elektrokimyoviy usullari bilan olish texnologiyasini ishlab chiqish.

Natriy gidroksid olishning membranali usuli 

Natriy  gidroksid  olishning  membranali  usuli  ham  diafragmali  usulga  о„xshash 

bо„lib, anod va katodlar oralig„i kationalmashinish membranalari bilan ajralib turadi.  

Membranali  elektroliz  usuli  nisbatan  toza  holdagi  mahsulot  olish  imkoniyatini 

beradi. Elektrokimyoviy ishlab chiqarish qatoridagi eng yengil, qulay usullardan biri bu 

simobli  katod  bilan  elektroliz  qilishdir.  Ushbu  usul  bilan  olingan  kaliy  gidroksidi 

diafragmali  usul  bilan  olingan  kaliy  gidroksidiga  nisbatan  sezilarli  darajada  toza 

hisoblanadi. Ba‟zi bir ishlab chiqarish turlari uchun bu juda muhimdir. Yana shuni ham 

aytish  mumkinki,  elektrolizning  amalgamali  usuli  atrof-muhit  uchun  ham  juda  xavfli 

bо„lib, bug„latish natijasida atrof-muhitga simob metali tarqalishi mumkin.  

Membranali  elektroliz  usuli  eng  samarali  bо„lgani  bilan  juda  murakkab 

hisoblanadi.  Elektrolizning  amalgamali  va  simobli  usullari  1885  va  1892  yillardan 

ma‟lum  bо„lsa,  membranali  usul  esa  faqat  1970  yillardan  paydo  bо„la  boshladi. 




 

10 


Membranali  usulning  ekologik  xavfsizlik  tomoni  shundan  iboratki,  yuvish  uchun 

ishlatilgan  oqova  suvlar  tozalanib  yana  qaytadan  ishlab  chiqarishga  qaytariladi, 

kanalizatsiyaga tashlab yuborilmaydi. 

Ushbu usuldan foydalanishda quyidagi vazifalar hal qilinadi: 

Xlorning  siqilishi  va  bug„lanishiga  barham  beriladi,  vodorod  texnologik  bug„  sifatida 

ishlatiladi,  xlor  va  uning  birikmalarini  atmosferaga  gazsimon  modda  sifatida  chiqib 

ketishiga yо„l qо„yilmaydi. 

Membranali  elektroliz  usuli  bо„yicha  mahsulot  olishda  jahonda  Yaponiyaning 

Asahi Kasei kompaniyasi birinchi о„rinda turadi.   

 

Jahonda  kaliy  gidroksidi  ishlab  chiqarish  asosiy  tendensiyasiga  membranali 



elektroliz usuliga о„tish kiradi. 

 

Rossiyada  kaliy  gidroksidi  ishlab  chiqarishda  asosan  (OOO  "Kirovo-Chepetsk 



polimer zavodi", Kirov obl.) simobli va diafragmali usullardan foydalaniladi. 

 

Natriy ishqori kaustik soda singari xlor ishlab chiqarishda qо„shimcha ajraladigan 



mahsulot  hisoblanadi.  Elektroliz  jarayonida  tuz  (natriy  xlorid)  xlor  va  natriy  ishqoriga 

parchalanadi.  Shuning  uchun  kaliy  gidroksid  ishlab  chiqarish  texnologiyasining 

ahamiyatli tomoni bir xildagi elektroliz qurilmasida ham natriy gidroksidi (NaOH), ham 

kaustik  soda  (NaOH)  ishlab  chiqarish  mumkin.  Bu  ishlab  chiqarish  korxonalariga 

kaustik soda о„rniga ortiqcha kapital mablag„larsiz natriy gidroksidi ishlab chiqarishga 

о„tish  imkoniyatini  beradi  yoki  aksincha.  Misol  qilib  Rossiyadagi  OOO  "KCHXK 

polimerlar  zavodi"  ni  keltirish  mumkin.  Bu  zavod  2006  yilda  natriy  gidroksidini 

sotishda  qiyinchiliklar  bо„lganligi  uchun    uning  о„rniga  beshta  elektrolizyorda  natriy 

gidroksidi ishlab chiqarishga о„tdi. 

 

Shunday bо„lsada, natriy gidroksidi ishlab chiqarish imkoniyatini beradigan yana 



bir  qancha  texnologik  jarayonlar  mavjud.  Unga  potashni  (Na

2

CO



3

)  sо„ndirilgan 

ohakning (Ca(OH)

2

) suvdagi eritmasi bilan qayta ishlash kiradi. Bu kaustifikatsiyalash 



usuli deyiladi. 

Na

2



CO

+ Ca(OH)



= 2NaOH + CaCO




 

11 


Kalsiy karbonat chо„kmasi filtrlanadi, filtrat esa nikelli reaktorlarda bug„latiladi. 

Kaliy  gidroksididagi  namlikni  yо„qotish  uchun  vakuum  ostida  360-400

S  da  ushlab 



turiladi.  


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling