28
XULOSA
Shunday qilib, yer po‘stida yengil elementlar ustuvorlikka ega va u og‘ir
metallar bilan boyigan boshqa ichki geosferalardan farq qiladi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, kimyoviy elementlarning tarqalishi
to‘g‘risidagi bizning tasavvurimiz har doim ham ularning haqiqiy klarkiga to‘g‘ri
kelavermaydi. Masalan, mis, rux, qo‘rg‘oshin kabi odatdagi elementlar kam
hisoblanuvchi sirkoniy va vanadiydan klarki bir necha marta kam. Bunday
nomuvofiqlikning sababi yer po‘stida kimyoviy elementlarning yuqori
konsentratsiya - kon hosil qilishidagi turlicha xossasidadir.
Ер po‘stining kimyoviy tarkibi geologik vaqt davomida o‘zgarib borgan va u
hozirgacha davom etmoqda. Kimyoviy tarkibining o‘zgarishidagi asosiy sabab
bo‘lib quyidagilar sanaladi:
- muayyan elementlarning radioaktiv parchalanish jarayonlarida o‘z-o‘zidan
yer po‘sti sharoitlarida bardoshliroq bo‘lgan boshqa elementlarga aylanishi;
- bir geosferadan boshqa geosferaga kimyoviy elementlarning migratsiyasiga
olib keluvchi Yer moddalarining davom etayotgan differensiatsiya jarayonlari.
Yer po‘sti kimyoviy elementlarning atomlari bir-biri bilan turli kimyoviy
birikmalar hosil qiladi. Ularning yer po‘stida uchrash shakllari yetarli darajada
xilma-xil, ammo kimyoviy elementlar asosan mineral shaklda mavjud. Bunda
ba’zilari mustaqil mineral turlarni tashkil qiladi, boshqalari esa boshqa
minerallarning kristall panjarasiga qo‘shimcha tariqasida kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: