Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar. - Maishiy o’yinlar. O’yinlarning bu turida bola oilada va boshqa joylarda bo’layotgan voqelikni aks ettiradi. Kattalarning xatti-harakatiga, so’zlashish madaniyatiga taqlid qiladilar.
- Mehnat mavzusidagi o’yinlar. Bunda asosan qizlar xo’jalik ishlari bilan tanishadilar. Qo’g’irchoqqa kiyim tikish, bichish, idishlarni joy-joyiga qo’yish kabilar orqali turli ishlarga qiziqish va ko’nikmalarni hosil qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
- Ayrim hollarda bolalar o’yin misolida kattalar mehnatiga taqlid qiladilar, keyinchalik esa bevosita mehnat jarayonida qatnashadi. O’yin yosh avlodni mehnatga tayyorlaydi.
- Ijtimoiy mazmundagi o’yinlar. Bunda bolalar tarbiyachi, shifokor, quruvchi timsolida muayyan kasb-hunar haqida tasvvur hosil qiladilar, tafakkurlari shakllanib boradi. Shu bilan birga kattalar turmushiga, jamiyatdagi xulq-atvor meyor-qoidalariga ijobiy munosabat hosil qiladilar. Bolalarni aqliy jihatdan tarbiyalashda ijodiy o’yinlarning roli ayniqsa kattadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |