- Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarining asosiy vazifalari bolalardagi iqtidor va qobiliyatni yanada o'stirish, ularning bilim olish istiqbolini rivojlantirishdan iboratdir. Buning uchun tarbiyachining o'zi ham pedagoglik mahoratini oshirishi, bilimli, zamon bilan hamnafas, yangiliklarga doimo intiluvchan va albatta tarbiyalangan bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
- Shunday ekan, tarbiyachi mashg'ulotlarda turli o'quvpedagogik dasturlardan, elektron qo'llanmalardan, pedagogik o'yinlardan foydalansa, tarbiyachi va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi to'siq yo'qoladi, bolalarning xarakteri kengroq ochiladi. Shuningdek, kuzatuvchanlik, xotira, diqqat kuchayadi, chunki mashg'ulotda majburiy bilim berish bo'lmay, bilimni ixtiyoriy qabul qilish albatta ijobiy natijaga olib kelishi tabiiydir.
- Yosh avlodni har tomonlama rivojlangan, komil inson qilib tarbiyalash yo'lida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi “Ta'lim to'g'risida”gi Qonunining 11-moddasida maktabgacha ta'lim bola shaxsini sog'lom va yetuk, maktabda o'qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko'zlashi ta'kidlangan. Bu ta'lim 6-7 yoshdagi bolalarga oilada, bolalar bog'chasida va boshqa ta'lim muassasalarida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |