O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
1.2 “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni me’yorlashtirish” mavzusini o‘qitishda qo‘llaniladigan “Aqliy hujum” va “Loyiha” interfaol usullarni ta’limiy imkoniyatlari “Aqliy hujum” usuli - biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodining yozma va og‘zaki shakllari mavjud. Og‘zaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri o‘z fikrini og‘zaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga ta’lim oluvchilar o‘z javoblarini qog‘oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko‘rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «pinbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. “Aqliy hujum” metodining yozma shaklida javoblarni ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar faoliyatini standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l qo‘yilmaydi. Ularning fikrlari baholanib borilsa, o‘quvchilar diqqatlarini shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda yangi fikrlar ilgari surilmaydi. Usulni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘quvchilarni muammo bo‘yicha keng fikr yuritishga undash ekanligini yodda tutgan holda ularning faoliyatini baholab borishdan voz kechish maqsadga muvofiqdir. Aqliy hujum ijtimoiy hayotda, ishlab chiqarishda qo‘llanayotgan ish usuli hisoblanadi. Undan ta’lim jarayonida ham keng foydalanish mumkin. Aqliy hujum usulidan da’vat bosqichida ham, anglash va fikrlash bosqichlarida ham foydalaniladi. “Aqliy hujum” guruhning barcha a’zolarini, ayniqsa, passiv, tortinchoq a’zolarini faollashtirishi bilan foydalidir. Aqliy hujumni tashkil etganda ma’lum meyorga rioya etish kerak. Juda ko‘p qo‘llash uning qimmatiga putur yetkazadi. Temaga oid tushunchalarni izohlashda, mavzuni yakunlashda foydalanish mumkin [12,13].
“Aqliy hujum”ni o‘tkazishda ma’lum bir muammo yoki tushuncha guruhga ma’lum qilindi va unga doir fikr va mulohazalarni, bilimlarni bayon etish taklif etiladi. Biror kishi fikrlarni qayd etib boradi. Masalan: “Talabaning muvaffaqiyatli o‘qishi uchun ta’sir etuvchi faktorlar” muhokama etilsa: talabanng faolligi, bilim darajasi, qiziqishi, ta’limning uyushtirilishi, texnik vositalarini qo‘llanishi, kompyuterdan foydalanish, darslik va qo‘llanmalar mavjudligi ta’lim jarayonini rejalashtirilishi, ta’lim mazmunini aniq bo‘lishi, talabanng iqtisodiy ta’minoti, tarbiyaviy ishlarning qo‘yilishi va hokazo fikrlar bildirilishi mumkin. Keng va atroflicha fikr bayon etilishga erishish foydalidir. Barcha fikrlar qayd etiladi. So‘ngra ularning ahamiyati muhokama qilinadi. Fikrlarning ahamiyatiga qarab o‘rnini belgilash ham mumkin. Har bir fan o‘qituvchisi “Aqliy hujum” uchun tavsiya etiladigan temalarni aniqlashi kerak. “Aqliy hujum” kichik va katta guruhlarda ham o‘tkazilishi mumkin. Aqliy hujum guruhni faollashtiradi, darsni jonlantiradi [12,13].
Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling