O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

   Interfaol    usullar    pedogogika    fanida    va    ta’lim    amaliyotida    keng 

qo’llanmoqda.  U  birgalikdagi  harakatlar  o‘zaro    ta’sir  o‘tkazuvchi  faollik  usuli 

degan  ma’noni  bildiradi.  Bu  usulda  o‘quv  mashg‘ulotini  tashkil  etish  uchun  

talabalar  guruhi,  ko‘pincha  bir  nechta  kichik  guruhchalarga ajratiladi. O‘quv 

materiali  sifatida  tayyor  bilimlargagina  emas,  balki  axborotlardan    xam  

foydalanadi.  Bilim  bilan  axborot  o‘rtasidagi  farq shundan  iboratki,  narsa  va  

hodisalar    haqidagi    bilimlar    tekshiruvdan  o‘tgan,  isbotlangan  bo‘lib,  xaqiqatga 

tug‘ri  keladi.  Axborot  esa  gapirayotgan  kishi    aytgan    ma’lumotdir,    xatto  

ziddiyatli    fikrlarni    ham    o‘zida    aks  ettirishi  mumkin.  Interfaol  usullarning 

an’anaviy  usullaridan    farqi–talaba    bilan    o‘qituvchining    pedogogik    mulqoti,  

aloqasining  o‘ziga hosligida;  pedogogning  yuqori  mahoratida;  talaba  shahsiga  

nisbatan  munosabatning    insonparvarlik    xarakterida,    talabaning    individual 

qobilyati  namoyon bo‘lishi,ijodiy mustaqilligi kabilarda ko‘zga tashlanadi.  

      KHKlarida  ta’lim    bo‘lajak    mutahassisning    kasbiy    faoliyati  

gavdalantiriladigan  sharoitida    olib  boriladi,  muammoli  vaziyatlarni  hal  qilishga 

qaratiladi [6,7]. 




     Ta’lim  jarayonida  yangi  pedagogik  texnologiyalardan  foydalanish,  ham 

o‘qituvchi  bilim  berish,  ham  talabalarning  bilimlarni  o‘zlashtirish  faoliyatlarini 

amalga  oshirishda  bir  qancha  qulayliklar  yaratib  beradi.  Jumladan,  o‘qituvchi  va 

talabalar  munosabati  subyekt-subyekt  munosabatlari  tarzida  tashkil  qilinib,  ta’lim 

jarayonini  talabalar  va  o‘qituvchi  o‘rtasidagi  o‘zaro  munsabatlarni  hamkorlik 

asosida tashkil qilishga imkoniyat yaratadi. Shu bilan birga talabalar turli xil o‘quv 

mashg‘ulotlarida  o‘zlari  mustaqil  tarzda  bilim  olish,  o‘z-o‘zini  nazorat  qilish  va 

shu kabi faoliyatlarni amalga oshirishlari uchun tegishli shart sharoitlar yaratiladi. 

Maxsus  fanlar  bo‘yicha  o‘quv  mashg‘ulotlarini  tashkil  qilishda  undagi 

bosqichlarning  o‘zaro  izchilligiga  erishish  lozim,  quyidagi  1-rasmda  keltirilgan 

izchillikda o‘quv mashg‘ulotini loihalash maqsadga muvofiq bo‘ladi.   

                                                                                                 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

1-rasm. O’qitish jarayoni 

O‘QITISH 

JARAYONI 

 

Nazariy va amaliy 



ko‘nikmalarni 

baholash 

O‘quv maqsadlari va 

mazmunlarini 

belgilash 

 

Nazariy va amaliy 



mashg‘ulotlar 

o‘tkazish rejasini 

tuzish 

 

Nazariy va amaliy 



mashg‘ulotlarni 

o‘tkazish



 

O‘quv-didaktik 

materiallani 

tayyorlash 




Yuqorida  keltirilgan  1-rasmdan  ma’lum  bo‘lmoqdaki,  biz  nazariy  va  amaliy 

mashg‘ulotlarni o‘tkazish  rejasini  ishchi dasturni tuzish  orqali belgilab olganmiz. 

Keyingi bajaradigan ishimiz ma’ruza mashg‘uloti loyihasi va uning uchun o‘quv-

didaktik  materiallarni  hamda  nazorat  tizimini  ishlab  chiqishdan  iborat.    Hozirgi 

vaqtda  ta’lim  jarayonida  o‘qitishning  zamonaviy    metodlari  ishlab  chiqilgan  va 

keng  qo‘llanilmoqda.  O‘qitishning  zamonaviy  metodlarini  qo‘llash  o‘qitish 

jarayonida  yuqori  samaradorlikka  erishishga  olib  keladi.  Ta’lim  metodlarini 

tanlashda  har  bir  darsning  didaktik  vazifasidan  kelib  chiqib  tanlash  maqsadga 

muvofiq sanaladi  [8,9]. 

Ta’lim oluvchi markazida bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda 

namoyon bo‘ladi: 

- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish; 

- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi; 

- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi; 

- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi

- ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab quvvatlanishi; 

- amalda bajarish orqali o‘rganilishi; 

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi. 

     Zamonaviy  ishlab  chiqarish  texnologiyasida  nafaqat  biror  bir  kasb  egasiga, 

balki 


mazkur 

texnologiyani 

yaratayotgan 

va 


ana 

shu 


texnologiyani 

boshqarayotganlarga  ham  tezda  o‘sib  borayotgan  ijtimoiy-nktisodiy  talablarni 

qo‘yilayotganligiga muntazam  ravishda e’tibor beriladi.  Tanlagan kasbi doirasida 

talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish bilan, ularning kelgusi 

amaliy  faoliyatlarida  zarur  bo‘lgan  xususiyatlar:  mexnatsevarlik,  yangilikka 

intiluvchanlik, sabr-toqat va bardoshlilikning tarbiyalash lozim bo‘ladi. 

Ta’lim texnologiyalari avlodining almashinishi ko‘p jihatdan ta’lim vositalarining 

rivojlanishi  bilan  belgilanadi.  Maqsad  talabalarning  turli  ilmiy  g‘oyalar  va 

tushunchatarni o‘zlashtirib olishini ta’minlash, ularni ma’lumotlarni tahlil qilishga 

va  tegishli  xulosalar  chiqara  bilishga,  shuningdek,  boshqa  aqliy  qobiliyatlarini 

namoyon etishga o‘rgatishdan iboratdir. 



Pedagogik texnologiya va pedagog mahoratga oid bilim, tajriba va interfaol 

metodlar talabalarni bilimli, yetuk malakaga ega bo‘lishlarini ta’minlaydi. Maxsus 

fanlarni  o‘rgatish  jarayonida  yangi  tashkil  qilingan  guruxlarda  didaktik  sharoitlar 

hamda  talabalarda  kasbiy  mahoratga  qiziqishni  o‘stirish  va  shakllantirish 

vositalarini  aniqlash  bo‘yicha  tadbirlar  amalga  oshirildi.  Quyidagi  1-  jadvalda 

ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari keltirilgan [9]. 

Ma’ruza mashg‘ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari (1-jadval) 


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling