O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- BMI maqsadi
Ilovalar
KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda respublikamizda tuzilmaviy, moliyaviy va huquqiy o‘zgarishlar sharoitida turli sohalarning o‘zaro aloqalarini va faoliyatini ta’minlovchi tizim bo‘lgan yuk tashuvchi transportlar sohasining roli oshib bormoqda. Yuk tashuvchi avtomobil transport sohasi esa, transport majmuasining asosiy qismlaridan biri sifatida, jamiyatda yuz berayotgan barcha jarayonlarga xizmat qiladi. Shu sababli avtotransport kompaniyalari ishini barqaror qilish va optimallashtirishda boshqarish yechimlarining roli keskin oshib bormoqda. Avtomobil transporti faoliyatining bir qismi hisoblanuvchi texnik ekspluatatsiya, avtomobilda yuk tashish tannarxining 30-45% tashkil etadi, harakatdagi tarkibning texnik holatiga, harakat va atrof-muhit xavfsizligiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida ularni yuqori texnik darajada ushlab turish uchun, shu avtomobillarni ishlab chiqarishga ketadigan mablag‘lardan bir necha bor ko‘proq sarf qilish talab etiladi. Avtomobillarning ish qobiliyatini saqlab turish, texnik tayyorgarlikni oshirish, harakat xavfsizligini ta’minlash va ularning atrof muhitga zararli ta’sirini pasaytirishga ketadigan sarflarini kamaytirishning eng yaxshi yo‘llaridan biri, bu ishlash sharoitini hisobga olgan holda texnik ekspluatatsiya meyorlarini to‘g‘ri boshqarish uchun yuqori malakali mutaxasislar tayyorlash dolzarb hisoblanadi. Har bir davlat jamiyatining rivojlanish darajasi birinchi navbatda ushbu jamiyatdagi ta’lim darajasiga bog‘liq. Respublikamizda avtomobil transportining turli yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan bakalavriat va magistratura talabalari, ilmiy xodimlar va soha mutaxassislarining bilimini zamon talablari asosida shakllantirish va avtomobil sanoatini yanada rivojlantirishda mamlakatimizda katta e’tibor berilmoqda [1,2,3].
meyorlashtirish” mavzusini o‘qitishni zamonoviy interfaol usulini ishlab chiqish ishlab chiqish asosida soha uchun bo‘lajak kichik mutaxassislarni tayyorlaydigan
kasb-hunar o‘quv yurtlaridagi mavzu bo‘yicha kasbiy ko‘nikma hosil qilish uchun, dars jarayonlarini nazariy va amaliy bilimlar bilan boyitishdan iborat. Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling