O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

10-Rasm. Yuk avtomobillarida yonilg‘i ta’minot tizimi sxemasi 

1.Yonilg‘i  nasosi.  2.  Yonilg‘i  baki.    3.  Bosim  regulyatori.    4.  Kiritish  klapani.  

5.Sovutish  suyuqligining  harorati  datchigi.    6.  O‘t  oldirishning  datchik 

taqsimlagichi.    7.  Elektron  boshqarish  bloki.    8.Relelar  bloki.    9.Havo  filtri.  

10.Kiritish  quvuridagi  absolyut  bosim  datchigi.  11.Salt  aylanishdagi  yonilg‘i 

aralashma  meyorini  rostlash  vinti.    12.Drossel  to‘sma  kopqoq  korpusi.    14.Salt 

aylanish  klapani.    15.O‘t  oldirish  qulfi.    16.Silindrlar  blogi.    17.Drossel  to‘sma 

kopqog‘i vinti.  18.Yonilg‘i filtri.19.Injektor.  20.O‘t oldirish chaqmoqlari (svecha) 

 

      Purkab  beruvchi  tizim  jadallik  bilan  an’anaviy  karbyuratorli  tizimlarni  siqib 



chiqarmoqda.  Benzinni  purkab  beruvchi  tizimning  karbyuratorli  tizimga  nisbatan 

afzalliklari  quyidagilardan  iborat:  yonilg‘i  va  havoli  aralashmani  aralashtirilgan 

holda  meyorlash,  berilayotgan  havoga  xos  ravishda  yonilg‘ini  turlicha  berilishi; 

meyorlashning  asosiy  dasturini  ko‘plab  omillar  bo‘yicha  korreksiyalash,  ya’ni 









10 

11 


12 

13 


14 

15 


16 

17 


18 

19 



yuklanishlar  va  tezliklar  rejimiga  havo  va  sovitish  suyuqligining  haroratiga 

atmosfera  bosimiga  va  boshqalarga  qarab,  ishlatilgan  gazlarni  zondli  tizimlarda 

neytrallash uchun aralashmani talab etilganday aniq  moslash [14,15].

 

 



   Purkab  beruvchi  tizimni  karbyuratorli  tizimga  nisbatan  qimmatligi,  tuzilishi  va 

foydalanish  jarayonida  xizmat  ko‘rsatishning  murakkabligi  bu  tizimning 

kamchiligidir.  

Havo sarfi o‘lchagichi (datchik) va o‘t oldirish taqsimlagichi (valning aylanishlar 

chastotasi  signali)  elektronli  boshqarish  blokida  o‘rganiladi  va  o‘ziga  kiritilgan 

dasturga  mos  holda  impulslar  chiqariladi.  Bu  impulslar  forsunka  klapanlarining 

ochilishini boshqaradi  hamda  dvigatelning  har bir ish  rejimiga mos  davomiylikka 

ega  bo‘ladi.    Reduksion  klapan  yonilg‘ining  doimiy  ortiqcha  bosimini  kiritish 

quvuri  yonilg‘idagi  havoning  bosimiga  nisbatan  2,7  MPA  aniqlik  bilan  ushlab 

turgani  uchun  forsunka  bilan  yonilg‘ini  davriy  berilishi  faqatgina  forsunka 

klapanining ochiq turishi vaqtiga bog‘liq bo‘ladi. 

Purkash  davomiyligi  sovitish  suyuqligining  haroratiga  qarab  (datchik)  boshqarish 

bloki  bilan  korreksiyalanadi  (to‘g‘rilanadi).  Tezlanish  rejimida  ekonomayzer 

samarasi  va  aralashmani  quyuqlashtirish,  drossel  zaslonkasi  o‘qi  bilan  mexanik 

birlashtirilgan datchik signallari asosida ta’mirlanadi. 

Datchikda majburiy salt ishlash rejimida yonilg‘i berilishini to‘xtatish uchun signal 

beruvchi kontaktli juftlik ham nazarda tutilgan. 

Yonilg‘i  yuborishni  to‘xtatish  drossel  zaslonkalarining  yopiq  holatida  aylanishlar 

chastotasi  taxminan  1  minutda  1500  martadan    pasayganda  yonilg‘i  berish  yana 

ulanadi. Dvigatelning harorat rejimiga qarab yonilg‘i berishni pasaytirish arafasida 

korreksiyalanadi. 

     Dvigatelni  salt  ishlashda  uni  berilgan  aylanishlar  chastotasi  bilan  bir  meyorda 

ishlashini  taqsimlash  uchun  sovitish  suyuqligining  haroratiga  bog‘liq  ravishda 

dvigatelga  kirib  kelayotgan  havo  miqdorini  avtomatik  ravishda  rostlash  ko‘zda 

tutilgan.  



Hali  qizib  ulgurmagan  dvigatelning  salt  ishlashida  drossel  zaslonkalari  yopiq 

bo‘ladi, shu sababli havo yuqori va pastki saqlagich klapani kanallari orqali kirib 

keladi [14,15].

 

 



     Yok  avtomobillari  dvigatelning  qizishiga  qarab,  sovitish  suyuqligini  50-70

o



haroratdan  boshlab  havo  rostlagich  ko‘proq  havo  berishni  to‘xtatadi.  Shundan 

so‘ng havo faqatgina salt ishlashda aylanishlar chastotasini rostlaydigan vint orqali 

kesimini  o‘zgartirish  mumkin  bo‘lgan  yuqori  saqlagich  klapani  orqali  kira 

boshlaydi.  Reduksion  klapan  va  forsunkalarni  uzoq  vaqt  buzilmasdan  ishlashi 

uchun yonilg‘ini o‘z vaqtida sifatli filtrlash muhim ahamiyatga ega.  

     Havo  sarfini  o‘lchash  yuqori  aniqlik  bilan  termoanemometr  vositasida  amalga 

oshiriladi  va  atmosfera  bosimi  o‘zgarganda  ham  aralashma  tarkibi  o‘zgarmas 

holatda  ushlab  turilishiga  imkoniyat  yaratadi.  Ingichka  plotina  simdan  yasalgan,  

qalinligi  70  Mkm  bo‘lgan  sezgir  element  kiritish    quvurining  ko‘ndalang  kesimi 

bo‘lib  joylashtirilgan  va  qarshiliklar  ko‘prigi  zanjiriga  ulangan.  Ingichka  sim 

150

o

C    bo‘lgan  doimiy  haroratgacha  qizdiriladi.  Havo  sarfi  qancha  ko‘p  bo‘lsa 



ingichka simdan issiqlikni olib ketish shunchalik kuchli bo‘ladi, binobarin simning 

harorati va qarshiligi kamayadi qizdirish toki esa ortadi. Havo sarfiga proporsional 

bo‘lgan  tok  kuchi  yig‘ilgan  elektr  qarshiliklar  ko‘prigi  orqali,  uzluksiz  o‘lchab 

turiladi va sarflanadigan havo miqdorini aniqlaydi. 

Dvigatel to‘xtagandan so‘ng termonometrning ingichka simi, boshqarish blokining 

buyrug‘iga  binoan  qisqa  vaqt  yuqori  haroratgacha  qiziydi  va  havo    sarfi 

to‘g‘risidagi signalni buzilishi mumkin bo‘lgan kirlardan tozalaydi. 

Meyorlash  aniqligi  va  silindrlarga  yonilg‘i  yuborishni  bir  xilda  bo‘lishi,  ko‘p 

jihatdan forsunkaning sifatiga bog‘liq [16].

 

 



Quyidagi  11-rasmda  yok  avtomobillarining  elektromagnitli  forsunka  sxemasi 

keltirilgan. 

 

 



 

11-rasm. Yuk avtomobillarining elektromagnit forsunka tuzilishi 

 


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling