O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

1-To‘zitgich plastinasi; 2-klapan prujinasi; 3- elektromagnit; 4- Elektr toki bilan   

ulanish qismi; 5-yonilg‘i kirish tuynugi; 6-kiritishdagi yonilg‘i filtri; 7-

elektromagnit korpusi;  8- klapan. 

 

   Yonilg‘i  forsunka  korpusiga  filtr  (6)  orqali  ishlash  vositasida  yuboriladi. 



Forsunka korpusining ichiga bir uchiga to‘zitgichli (1) bo‘lgan klapan (8) hamda 

tez  ta’sir  etuvchi  elektromagnit  (3)  joylashtirilgan  bo‘lib,  elektromagnit 

chulg‘amlarining  uchi  korpusdan  izolyatsiya  (himoya)  qilingan  kontaktlar  (7) 

orqali  tashqariga  chiqariladi.  Elektromagnit  to‘lqinlangan  paytida, klapan, prujina 

(2)  ta’sirida  o‘rniga  bosib  turiladi.  Forsunka  kontaktlariga  boshqaruvchi  elektr 

impulsi  yuborilganda  klapan  taxminan  0,1  mm  ga  ochiladi.  Bir  komplekt 

forsunkalarda yonilg‘ini siklik (davriy) uzatishdagi farq kam uzatishda 14%, ko‘p 

uzatishda 15 % gacha bo‘lishi mumkin emas [17].

 

 

Bu  esa  aralashma  tarkibini  silindrlar  bo‘yicha  karbyuratsiyalash  yoki  markaziy 



purkashga qaraganda bir xillligini sezilarli ravishda yaxshilashni ta’minlaydi. 

Injektorning  ishlash  prinsipi  asosan  injektorning  orqa  qismidagi  misli  sim 

o‘ramlari va o‘q o‘zakka bog‘liq. Chunki injektorning mis o‘ramlariga elektr toki 

shteker  orqali  elektron  boshqaruv  blokidan  kelayotgan  signallar  uzib-uzib 

berilganda  mis  o‘ramlarida  magnit  maydon  hosil  bo‘ladi.  Hosil  bo‘lgan  magnit 

maydon hisobiga o‘q o‘zak magnitlanadi. Shundan so‘ng magnitlangan o‘q o‘zak 




o‘ziga  injektor  klapani  tortiladi.  Klapan  o‘q  o‘zakka  tortilgach  injektorga  yuqori 

bosimda  kirayotgan  yonilg‘i  silindrlariga  injektorning  uch  qismidagi  0,085mm  li 

teshiklardan par holida purkaladi. Natijada silindrlarda kerakli yonuvchi aralashma 

hosil bo‘ladi. O‘q o‘zakda magnit yo‘qolgach klapan teshiklarni prujina va oraliq 

ushlagich yordamida berkitadi. 

Injektorning uchki qismi: Bu qismning vazifasi yonilg‘ini silindrning ichiga 

kiritish  uchun  0,085mmli  6ta  teshiklardan  bug‘  holida  2,7MPa  bosim  ostida 

o‘tkaziladi. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, uchki qismini ikkita rezina qistirgich, bitta 

pastda  ikki  uch  qismi  bilan  injektorning  pastki  qismlari  orasida  zichlagich 

vazifasini o‘taydigan rezinalardan iborat.  

1.  Rezina  injektorni  silindrlar  blogi  bilan  biriktirganda  ular  orasidagi  zichlagich 

vazifasini o‘taydi. 

2.  Rezina  qismi  injektorning  uch  va  pastki  qismlari  orasidagi  zichlik  vazifasini 

o‘taydi. 

Injektor  klapani  ikki  xil  shtrixlangan  qismlari  bor.  1-qismi  kattaligi  yuqori 

bo‘lgan detaldan, 2-qismi kattaligi uncha katta bo‘lmagan detaldan iborat.  Injektor 

klapanining  vazifasi  injektorning  uch  qismidagi  yonilg‘i  o‘tish,  purkalish 

teshiklarini berkitishga mo‘ljalangan.  

Injektor  elektromagnit  maydon  hisobiga  ishlaydi,  shuning  uchun  injektor  orqa 

qismining  chizmada  misli  sim  o‘ram  shtekeriga  ulangan  vilkasimon  (shteker 

rasmda bo‘rtib chiqqan) qismida ko‘rinib turibdi [17].

 

 



Injektorning sim o‘ramlari o‘rtasida o‘q o‘zak mavjud. O‘q o‘zak o‘ramlarga elektr 

toki  berilganda  sim  o‘ramda  magnit  maydon  hosil  bo‘ladi.  Shu  magnitlanish 

ta’sirida o‘q o‘zak magnitlanadi, yonilg‘i injektorga kirishdan oldin 10 mkmli filtr 

elementdan o‘tadi. 1- katta, 2- kichik. Katta prujinaning vazifasi injektorning uch 

qismi  va  pastki  qismlarini  bir-biridan  oraliq  ushlagich  yordamida  itarib  turadi. 

Kichik  prujinkaning  vazifasi  injektorning  o‘q  o‘zagi  magnitlanganda  klapanni 

o‘ziga tortadi, o‘q o‘zagida magnitlanish yo‘qolgandan keyin klapan o‘z holatiga 

qaytishi  kerak.  Klapanni  o‘z  holiga  qaytishini  kichik  prujinka  orqali  ushlagich 

yordamida o‘z holiga qaytaradi [17].

 

 




Forsunkalarda  yuzaga  kelayotgan  asosiy  buzuqliklarni  tahlil  qilsak: 

Injektorning  asosiy  ishdan  chiqadigan  detallari  klapan  to‘zituvchi  plastina,  rezina 

qistirgichlari, elektromagnit va  kiritishdagi yonilg‘i filtrlaridir. 

Yonilg‘i, moy va sovutish suyuqliklarining sifati barcha standart talablariga 

javob  berishi  zarur.  Bu  ashyolarning  sifati  avtomobillarni  ishlatish  va  iqlim 

sharoiti,  mexanizmlarning  tuzilishlariga  bog‘liq  holda  baholanadi  va  tanlanadi. 

Yonilg‘i  va  moy  mahsulotlarining  sifati  ishlatish  xossalarini  ifodalovchi 

ko‘rsatkichlar  bilan  baholanadi.  Benzinning  asosiy  ko‘rsatkichlari:  mexanik 

qo‘shimchalar  borligi,  quyqa  hosil  bo‘lish  imkoniyati,  zanglashni  hosil 

qiluvchanlik, detonatsiyaga turg‘unlik va fraksion tarkibilari hisoblanadi.  

Dizel 

yonilg‘ilarining 



qovushqoqligi, 

metan 


soni, 

mexanik 


qo‘shimchalarning  yo‘qligi  asosiy  ko‘rsatkichlar  hisoblanadi.  Dvigatel  va 

transmissiya  uchun  qo‘llaniladigan  moylarning  asosiy  ko‘rsatkichlari: 

qovushqoqlik  va  uning  o‘zgarish  harorati  bo‘lib,  bunga  bog‘liq  holda 

ishqalanuvchi sirtlarga moylarning o‘z vaqtida kelishi katta ahamiyatga egadir. 

Foydalanish sharoiti-ish tartibi, iqlim va yo‘l sharoiti, haydash va TXK sifati 

bilan ifodalanuvchi tashqi omillar yig‘indisini ifodalaydi. 

Avtomobil  ish  tartibi-uning  ishlashini  turli  harakat  tezliklarida  va 

yuklanishlarda  vaqt  orqali  ifodalaydi.  Avtomobil  ishida  ko‘p  marotaba  qisman 

tezlikning  oshishi  va  sekinlashishi  kuzatilib,  bu  hol  o‘zgaruvchan  rejim  deyiladi. 

Agar  belgilangan  masofadagi  avtomobil  harakatida  yetaklovchi  g‘ildiraklarga 

qo‘yilayotgan  tortish  kuchi  va  tezligi  o‘zgarmas  bo‘lsa,  bunday  ish  rejimi 

o‘zgarmas  deyiladi.  Avtomobilning  o‘zgaruvchan  rejimda  ishlashi,  detallarni  tez 

yeyilishiga va yonilg‘i sarfi ortib ketishiga olib keladi [17,18]. 

Yo‘l  sharoiti-harakat  tezlashishini,  burilish  radiusi,  qoplamalarining 

tekisligini, balandlik va qiyaliklarning kattaligini, yo‘lning (to‘g‘ri) qurilish sifatini 

ifodalaydi.  Avtomobil  asfalt  yo‘lda    yurmay,  tuproqli,  notekis  yo‘lda  yurganda, 

tirsak  valining  aylanishlar  soni  ortib,  shu  bilan  bir  qatorda  ilashish  muftasini 

ulashlar soni, harakat tezligini qo‘shib ajratishlar, harakatni sekinlatishlar sonining 

ortishi  natijasida  yonilg‘i  sarfi  ham  (asfaltli  yo‘lda  yurganga  qaraganda)  o‘n 



barobar  va  undan  ham  oshib  ketadi.  Buning  natijasida  avtomobil  agregat, 

mexanizm va detallarning yeyilish jarayoni tezlashadi. 

Iqlim  sharoiti-havo  harorati, barometrik  bosim  va  namlik bilan  ifodalanadi. 

Mustaqil  davlatlar  hamdo‘stligi  hududini  yarmidan  ko‘prog‘i  sovuq  mintaqali 

hisoblanib (yarim yildan ko‘proq vaqt mobaynida harorat -20

0

C bo‘lib), bu havoni 



past  harorati,  avtomobilni  texnikaviy  holatiga  katta  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Avtomobillarni  bunday  sharoitda  ishlashi  hamma  agregat  mexanizmlarni  o‘ta 

sovib  ketishga  olib  keladi.  Buning  natijasida,  sovuq  dvigatelni  yurgizish 

qiyinlashadi,  sovutish  tizimidagi  suyuqlik  muzlaydi,  akkumulyatorlar  batareyasi 

elektroliti o‘ta soviydi. 

Muhitdagi  havo  haroratining  oshishi  radiatordan  ajralib  chiqayotgan 

issiqlikni  kamaytiradi,  dvigatelni  qizib  ishlashiga  olib  keladi.  Bunday  holatda 

dvigatel  siltanish  (detonatsiya)  bilan  ishlab,  uning  quvvati,  tejamkorligi  va  uzoq 

ishlashligi kamayadi [19]. 

Dvigatelning qizib ishlash  yonilg‘i hamda  uning  chala  yonib  chiqishi  atrof 

muhitga zaharli gazlar chiqishini oshiradi. 

Avtomobilni  haydash  sifati  ma’lum  yo‘l  sharoitida  haydash  uslubini 

ifodalaydi.  Avtomobilni  haydashning  quyidagi  uslublari  mavjud:  beixtiyor  yoki 

harakat  inersiyasi  bilan  olg‘a  siljib  haydash,  (to‘siqlaridan  o‘tib),  to‘siqlarsiz 

belgilangan  tezlik  bilan  haydash  va  murakkab  haydash  (kombinirovanno‘y). 

Avtomobillarni  haydash  uslullarini  kuzatish  natijalari  shuni  ko‘rsatadiki, 

to‘siqlardan o‘tib, tezlatish (razgon va nakat) uslubida haydashda yonilg‘i sarfi  

5-6%  ga  tejaladi,  ammo  dvigatel  detallarining  yeyilishi  (boshqa  uslullardagi 

haydashlarga qaraganda) jadallashadi. Bunday usulda ilashish muftasi va uzatmalar 

qutisi  ko‘proq  ishlaydi.  Ikkinchi  uslulning  kamchiligi  shundan  iboratki,  nishab 

yo‘ldan  tushishda,  bevosita  to‘xtash  ko‘p  marta  tormozlanishlar  natijasida 

bajariladi va dvigatelning yeyilishi ortadi.  

Yok  avtomobil  texnik  holatini  o‘zgarishi  o‘ziga  xos  qonunlar  asosida  ro‘y 

beradi, bular ishlash jarayoni (narabotka) bo‘yicha texnik holatini o‘zgarishi (1-tur 




ehtimolligi)  va  tasodifiy  ehtimollik  jarayonlari  qonunyatlari  (2-tur  ehtimolligi) 

hisoblanadi [20]. 

Yuqoridagi  qonuniyatlar  o‘z  navbatida,  avtomobil  texnik  holatini 

ekspluatatsion  vaqt  yoki  yurgan  yo‘li  davridagi  texnik  holat  o‘zgarishi 

ko‘rsatkichlari  variatsiasidir.  Bu  qonuniyatlar  avtomobil  ishonchliligini  to‘liq 

xarakterlaydi. TX va JT ishlarini ratsional tashkil etish uchun biz smena, kun, hafta 

va  oy  mobaynida  nechta  ma’lum  turdagi  "ishdan  chiqish"  (otkaz)  bo‘lishi 

mumkinligini  bilish,  bizga  kerakli  ishchilar  sonini,  ishlab  chiqarish  maydonini, 

ehtiyot qismlar sarfini meyorlashga imkon yaratadi. 

Yok  avtomobil  ishonchliligi  ko‘rsatkichlarini  bir-biriga  bog‘liqligini 

uchinchi  qonuniyat,  tiklanish  jarayoni  -  ma’lum  vaqt  ichidagi  "ishdan  chiqish" 

sodir  bo‘lishi  va  uni  bartaraf  etishni  xarakterlaydi.  Avtomobilning  ishonchlilik 

ko‘rsatkichlari  murakkab  hisoblanib,  ular  buzilmasdan  ishlash  (bezotkaznost), 

uzoq  ishlashlik  (dolgovechnost),  ta’mirlashga  moyillik  (remontoprigodnost)  va 

saqlanuvchanlik (soxranyayemost) hisoblanadi. 

Buzilmasdan  ishlash-bu  ma’lum  vaqt  yoki  yurish  yo‘li  davrida  o‘zining 

texnik holatini saqlab turish demakdir. 

Uzoq ishlashlik-bu avtomobillarni ma’lum vaqt kelguncha va TX, JT ishlari 

bajarilguncha texnik holatini saqlab turish. 

Ta’mirga  moyillik-bu  avtomobilni  tekshiruv-nazorat,  TX  va  JT  davrida 

buzilishlarni  nazorat  va  bartaraf  etishga  qulayligini,  imkoniyatini  va  moyilligini 

bildiradi. 

Saqlanuvchanlik-avtomobilni  ishdan  bo‘sh  yoki  ishlash  davrida  o‘zining 

texnik soz holatini saqlab tura olishi demakdir. 

TXK  sifati  avtomobilning  texnikaviy  holatiga  sezilarli  ta’sir  ko‘rsatadi. 

Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, TXK sifati bilan avtomobil texnikaviy holati orasida 

uzviy  bog‘lanish  bo‘lib,  o‘z  vaqtida  TXK  hisobiga  avtomobillardan  unumli 

foydalanish oshadi. Avtomobil texnikaviy holatiga ta’mirlash sifatining ta’siri, uni 

ishlatish  jarayonidagi  nosozliklar  va  buzilishlarning  sodir  bo‘lish  miqdori  bilan 

ifodalanadi [21]. 




Yok  avtomobillarning  ishlash  sharoitini  hisobga  olgan  holda  texnik  xizmat 

ko‘rsatish va meyorlashtirishni boshqarishni  tadqiqot olib borgamizda tahlili shuni 

ko‘rsatdiki,  havoning  yuqori  harorati  va  changligi  sharoitida  ekspluatatsiya 

qilinayotgan  yok  avtomobillarning  xizmat  muddatlari  juda  kam,  ishonchliligi  va 

ekspluatatsiya  ko‘rsatkichlari  past.  Viloyatimizda  quyidagi  ko‘rsatkichlar  bilan 

xarakterlanadi:  yozda  havo  harorati  +  50

o

C  gacha  yetadi,  kun  davomida  harorat 



o‘zgarishi   25

o

C tashkil etadi, havo namligi gohida 20-30% dan oshadi. 



Yok Avtomobillarni ekspluatatsiya qilish jarayonida kapot  osti kengligidagi 

havo  harorati  90-100

0

C  ,  bakdagi  yonilg‘i  harorati  45-50



0

C,  yonilg‘i  nasosidagi 

harorat 90

0

C, yozdagi quyosh radiatsiyasi 1500-1800 Vt/m



2  

gacha yetadi, asfalt va 

qum  75-80

0

C,  yer  esa  50



0

C    gacha  qiziydi,  dvigatelni  havo  olish  sathidagi 

havoning  changligi   0,1- 5  g/m

gacha yetadi, bu mo‘tadil iqlimdagidan 50 marta 



ko‘p demakdir.  

Yok  avtobillarini  ekspluatatsiya  qilishni  meyorlashtirishda  ekspluatatsiya 

tajribalarini  umumlashtirish  va  nazariy  tadqiqotlar  tahlili  asosida  TXK  xamda  T 

meyorlarini avtomobillarni ishlash sharoitini hisobga olgan holda, moslashtirish va 

profilaktik ishlarning o‘tkazilishini rejalashtirishni takomillashtirish hisobiga ATE 

samaradorligini oshirish imkoni  to‘g‘risida gipoteza ilgari surildi. Shu gipotezani 

isbotlash maqsadida, ishlab chiqilgan uslubiyot asosida, ATK TIKlari tizimli tahlil 

qilindi va tadqiq  etildi. Tizimli  tahlil uslubiyatining  mohiyati shundaki, ATKning 

TXK  va  T  bo‘yicha  ishlab  chiqarish  dasturlarini  hisoblash  elementlarini    tashkil 

etuvchi omillarning TIKlar bilan analitik bog‘liqliklari tahlil qilinadi va TIK larga 

ta’sir  etuvchi  omillar  ro‘yxati  aniqlanadi.  Hozirgi  paytgacha  avtomobillarga 

TXKni  rejalashtirishda  moslashuv  davri  yo‘li  hisobga  olinmagan,  ekspluatatsiya 

boshidan  beri  yurgan  yo‘l  hisobga  olinmasdan,  barcha  avtomobillar  uchun  TXK 

davriyligi bir xilda o‘rnatilgan. 

Avtomobillarning  ekspluatatsiya  boshidan  beri  yurgan  yo‘llari  ko‘payishi 

bilan  ularning  texnik  holati  yomonlashadi,  shu  sababli,  profilaktik  ishlar  ushbu 

omilni hisobga olgan holda o‘tkazilishi lozim [22]. 

 




Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling