O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


ДД-2200 stendini ishlatish tartibi


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

ДД-2200 stendini ishlatish tartibi 

1.  Laboratoriya stendini ishga tushirishdan oldin uning tarkibiy qismlarini ulanganligi 

tekshiriladi. 

2.  Akkummulyator batareyasini ishga yaroqligi tekshiriladi. 

3.  Benzobakchadagi yonilg‘ining hajmi aniqlanadi. 

Yuqoridagi  tekshirishlardan  so‘ng  nosozliklar  yo‘qligi  aniqlanib,  stend 

o‘zgaruvchan  tarmoqqa  ulanish  kaliti  orqali  ulanadi,  umumiy      ishga  tushirish  

kaliti orqali   amalga oshiriladi. 




1.Stendni ishga tushirish  kalitini yoqish orqali elektr tarmoqdagi barcha datchik va 

funksional  pultlar  ishga  tushadi.  Bundan  so‘ng  asosiy  stendni  bosh  qismini 

ko‘taruvchi  pedal  bosilib,    injektorlar  mahkamlanuvchi  qismdagi  rampga 

injektorlar o‘rnatiladi, injektorlarga 4-ta shtekerli kabellar ulanadi, so‘ngra bosim 

o‘tkazuvchi  elektrovint  pulti  yoqilib,  bosim  benzobakcha  orqali  o‘tadi,    yonilg‘i 

forsunkalarga bosim bilan  ta’minlab beriladi..  

2. To’rttata injektorni yuvish operatsiyasi amalga oshiriladi. Buning uchun birinchi 

navbatda    to‘rtala  injektorlarni    boshqaruvchi  pult  orqali  injektorlar  ishga 

tushiriladi, so‘ngra 2 minut davomida to‘xtovsiz ishlatilib, 4 mPa bosimi ostidagi 

yonilg‘i  bilan  yuviladi.  Injektorlar  2  minut  davomida  to‘xtovsiz  ishlagan  vaqtida 

probirkalar  yonilg‘iga  to‘lib  ketmasligi  uchun,  bir  vaqtni  o‘zida  probirkalarga 

to‘lgan yonilg‘ini chiqarib yuboruvchi elektrovint maxsus pult orqali ishga tushirib 

qo‘yiladi. Natijada probirkalardagi  yonilg‘i maxsus benzobakchaga qaytib tushadi.   

3.Injektorlar  yuvib  bo‘lingandan    so‘ng,  stendni      umumiy      ishga  tushirish  

kalitidan  boshqa    barcha  funksional  pultlar  o‘chiriladi.  Injektor  uchki  qismidan 

yonilg‘i  tomib  qolmasligini  tekshirish  maqsadida,  benzobakchadan  injektorgacha 

bo‘lgan  joy  2,7mPa  bosim  ostida  yonilg‘i  bilan  ta’minlab  turilgan  holda,    10 

daqiqa  davomida  kutib  turiladi.  Agar    injektorlar  uchki  qismidan  yonilg‘i 

tomchilasa,  injektorlar  ichki  detallari  qismlarga  ajratilgan  holda  ta’mirlanadi. 

Aksincha, injektorlar uchki qismidan yonilg‘i tomchilamasa, keyingi operatsiyani 

bajarishga kirishiladi. 

4.To‘rtala  injektorlar  ma’lum  vaqt  birligi  ichida  yonilg‘ini  bir  xil  maromda 

purkashi tekshiriladi. Buning uchun   injektor to‘rtala injektorlarni  va o‘zgarmas 

tokni  boshqaruvchi  pultlari  orqali  ishga  tushirilib,  benzobakchadan  injektorgacha 

bo‘lgan joy 2,7 mPa bosim ostida yonilg‘i bilan ta’minlab turilgan holda,   to‘rtala 

probirkalardagi  yonilg‘ilarning  30  sekund  davomida  taxometr  x900ayl/min 

ko‘rsatib  turgani  holatida    sathi  grammlab  o‘lchanib,  bir  xilligi  kuzatiladi.  Agar 

to‘rtala  probirkadagi  yonilg‘i  sathi  bir  xil  bo‘lmasa,  injektorlarning  uchki  qismi 

regulirovka  qilinadi.  Aksincha  bir  xil    bo‘lsa,    injektor  ishga  yaroqli  deb 

hisoblanib, uni dvigatelga o‘rnatib qo‘yiladi. 




Gabarit o’lchamlari, мм:      800 х 600 х 600; 

Massasi, kg:         300 

Ishchi bosim,  kPa.    364 – 400; 

Elekr energiya sarfi, kVt·soat  0,5;  


Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling