O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
XULOSALAR Bitiruv malakaviy ishini bajarishda quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: 1. “Yuk tashuvchi avtomobillarga
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
XULOSALAR
Bitiruv malakaviy ishini bajarishda quyidagi asosiy xulosalarga kelindi: 1. “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni me’yorlashtirish” mavzusidan ma’ruza mashg‘ulotlarini “Aqliy hujum” interfaol usulidan foydalanib o‘qitishda aql vositasida bitta muammo yechimiga “hujum” uyushtiriladi. Hamma birgalikda bir hodisaga yoki bir muammoga fikrini qaratsa, shu muammoning yechimini tez topish va o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirish, faol hamda kengroq doirada fikr yuritish imkon yaratilishi aniqlandi.
2. “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni me’yorlashtirish” mavzusini “Aqliy hujum” interfaol usulidan foydalanib o‘qitishda, mavzuga oid har qanday bitta muammoni echimini 15 daqiqa davom ettirib keyin ta’lim oluvchilarni g‘oyalari yig‘ib olish va ularni ichidan eng ma’qullari tanlash orqali darsni bahs-munozara asosida juda qiziqarli bo’lishi aniqlandi.
3. “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni meyorlashtirish” mavzusidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarini “Loyiha” interfaol usulidan foydalanib o‘qitishda qatnashchilar belgilangan mavzu bo‘yicha axborot yig‘ish, tadqiqot o‘tkazish va amalga oshirish ishlarini olib borib, rejalashtirish, qaror qabul qilish, amalga oshirish, tekshirish va xulosa chiqarish hamda natijalarni baholash jarayonlarida o’zlari mustaqil fikr yoritish ko’nikmalariga ega bo’lishlari aniqlandi.
4.Olib borilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, dizel yoqilg’isida ishlaydigan yuk avtomobillarining dvigatellarida uchraydigan nosozliklarning ko’p qismi yonilg‘i bilan ta’minlash tizimiga to‘g‘ri keladi. Buning asosiy sababi ishlatiladigan dizel yonilg‘ilarning yuqori darajada mexanik aralashmalar bilan ifloslanganligi bo’lib, 1,5-2,0 mkm mexanik aralashmalar forsunkalar tirqishlarida qolishi aniqlandi.
5.Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, hozirgi sharoitda dizel yoqilg‘isida ishlaydigan o’zi q’urulish materiallarini ko’tarib to’kadigan KAMAZ-55111 rusumli yuk tashuvchi avtomobillarida 100km uchun yoqilg‘i sarfini ko’rsatilgan 40litrga meyorlashtirish hamda ta’minlash tizimidagi qismlarni ekspluatastiya davrini uzaytirishni quyidagicha amalga amalga amalga oshirish mumkinligi aniqlandi, buning uchun dizel yoqilg‘isini ishlatishdan oldin uni filtrlash, iloji boricha 7- 10 sutka tindirish, yonilg‘i baklari qoldiq ifloslardan tez-tez tozalash va filtrlarni doim nazorat qilib turish kerak.
6. “Qarshi agrobiznes KHK” (EUTT va UE) yo’nalish talabalarida "Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi" fanidan “Yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatishni me’yorlashtirish” mavzusida tezkor test olinganda ularni o’zlashtirish ko’rsatgichlari 90% bo’ldi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling