O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Download 1.81 Mb. Pdf ko'rish
|
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 Yuk tashuvchi avtomobillarni atrof - muhitga ta’siri
3.2 Yuk tashuvchi avtomobillarni atrof - muhitga ta’siri Yok tashuvchi avtomobillardan chiqadigan shovqinni kamaytirish asosan ularning dvigatellarini takomillashtirishdan iboratdir. BMTni Yevropa komissiyasi shovqini 82-92DBdan kam bo’lgan avtomobillarni ishlab chiqarish va ekspluatatsiya qilishni taklif qiladi. Angliyada shovqini 85 - 92 DB bo‘lgan yuk tashish avtomobillaridan foydalanishga ruxsat berilmagan. Bunda yuqori shkala yuk ko‘tarish qobiliyati 12t bo’lgan avtomobillarga tegishlidir.Yaponiyada esa 2011 yildan boshlab yuk tashuvchi avtomobillarga 80DB, yengil avtomobillarga 70 DB meyor joriy qilingan. AQSh da yuk tashuvchi avtomobillar uchun 86 DB me’yor qo‘yilgan [39,40]. Avtomobil ishlab chiqarish zavodlari, keyingi vaqtda dvigatellardagi yonish protsessini tokomillashtirgan, chiqarish tizimida 2-3 bosqichli glushitellar qo‘ygan holda, yuqoridagi muammolarni yenga boshladilar. Hozirgi vaqtda, haydovchilar ish qobiliyatiga zarar yetkasmaslik uchun, ko‘pgina avtobuslarning dvigateli orqa tomonga o‘rnatila boshlandi. Bu sharoitda haydovchiga 8-10DB shovqin kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Bir qancha firmalar dvigatellarni shovqinini kamaytirish uchun atrofini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplay boshladilar. Shovqinga qarshi kurashning yana bir yo‘li glushitellar uchun shovqin yutuvchi po‘latlar ishlatishdan iboratdir. Bunda ikki po‘lat qatlamini orasiga g‘ovak elastik qatlam qo‘yiladi, bu qatlam chiqindi gazlarning 130 С issiqlikka bardosh bera oladi. Shovqin yutuvchi po‘latni, hozirgi vaqtda yengil avtomobil kuzovlari, shomollatgich, dvigatel va uzatmalar qutisi kojuhlari uchun ishlatish ko‘zda tutilmoqda. Hammaga ma’lumki shaharda avtomobillar harakati asosiy shovqin mabaidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda binolar qurish, yo‘lni bo‘laklarga bo‘lish ishlari ham davlat standartlariga muvofiq bajarilmog‘i kerak. Shunday qilib dvigatelni avtomobilda joylashishini ratsional hal qilish, kapot osti bo‘shlig‘ini shovqin yutgich materiallar bilan qoplash, hamda avtomobil agregatlari va tizimlarini takomillashtirish yo‘li bilan shovqinni kamaytirish mumkin ekan. Har qanday yonilg‘ini yoqqanda yonish chiqindilari ajralib chiqadi. Bu chiqindilar kishi salomatligiga va atrof muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil transporti, hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof muhitni kO‘proq ifloslantiruvchi hisoblanmoqda. Hozirgi vaqtdagi eng katta muammo avtomobilni ishlatishdan chiqadigan zaharli chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir. . Quyidagi 25,26-rasmlarda yok tashuvchi avtomobillardan yonilg’ini toza emasligi va ularni dvigatellarini nosozliklar tufayli atrof-muhitga katta zarar etkazilmoqda [40].
25-rasm. Yuk tashuvchi avtomobillar ishlatadigan yonilg’i toza emas 26-rasm. Yuk tashuvchi avtomobillar dvigatellarida nosozliklar
Avtomobil chiqaradigan asosiy zararli chiqindilar, hozirgi vaqtda yonilg‘i yonishidan hosil bo‘ladigan gazda 200dan ortiq zaharli chiqindilar borligi aniqlandi. Eng zaharlilariga: uglerod oksidi - СО, yonmay qolgan uglevodorodlar СН, azot oksidi - NO x lar kiradi. Chiqindi gazlar ichida zararsiz mahsulotlar ham bor: kislorod, karbonat angidrid, azot, oltingugurt. Ammo azot yuqori haroratda va bosim ostida oksid hosil qiladi, bu oksid juda katta zaharli kuchga egadir. Chiqindi gazlarning tarkibidagi zaharli mahsulotlar ko‘pgina sabablarga ko‘ra hamma vaqt ham bir xil hajmda bo‘lmaydi. Bu dvigatellar turiga, ishlash rejimi, qanday sozlanganligi, dvigatelni texnik qarovi va yonilg‘ining sifatiga bog‘liq bo‘ladi [40]. Avtomobil harakati jadallashgan joylarning havo basseynida CO sezilarli miqdorda aniqlangan. Ochiq havoda benzin dvigatellari bilan bevosita uzoq vaqt ishlaganda SO dan zaharlanish xavfi tug‘iladi.
Doimiy СО tashlamalari chiqadigan korxonalarda SO miqdorini uzluksiz ro‘yxatdan o‘tkazish zarur. Bunda kritik qiymatdan oshganda ishlovchi signal beruvchi moslamaning borligi, avtomatik asboblarning qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Vu qurilmalarning ishlashi СО ning katalitik yonishida hosil bo‘ladigan harakatlanish issiqligining o‘zgarishiga asoslangan. Dizel dvigatel, korbyuratorli dvigatelga qaraganda kamroq zararli bo‘ladi. СО, NO x ва СН dizel dvigatellarini ishlashida kamroq ajralib chiqadi, ammo qurumning hajmi ko‘proq bo‘ladi. Chiqindi gazlar tarkibi quyida ko’rganimizdek ikki xil dvigatel uchun bir xil, ammo biz karbyuratorli dvigatellarda qo‘rg‘oshin birikmasi va
dizel dvigatellarda bariy birikmasi borligini e’tibordan chiqarmasligimiz zarur.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling