O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Download 1.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/42
Sana09.01.2022
Hajmi1.81 Mb.
#263232
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42
Bog'liq
yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat korsatishni meyorlashtirish

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


3.2 Yuk tashuvchi avtomobillarni atrof - muhitga ta’siri 

Yok  tashuvchi  avtomobillardan  chiqadigan  shovqinni  kamaytirish  asosan 

ularning dvigatellarini takomillashtirishdan iboratdir. BMTni  Yevropa komissiyasi  

shovqini  82-92DBdan  kam  bo’lgan  avtomobillarni  ishlab  chiqarish  va 

ekspluatatsiya  qilishni  taklif  qiladi.  Angliyada  shovqini  85  -  92  DB    bo‘lgan  yuk 

tashish  avtomobillaridan  foydalanishga  ruxsat  berilmagan.  Bunda  yuqori  shkala 

yuk  ko‘tarish  qobiliyati  12t    bo’lgan  avtomobillarga  tegishlidir.Yaponiyada  esa 

2011  yildan  boshlab  yuk  tashuvchi  avtomobillarga  80DB,  yengil  avtomobillarga 

70 DB  meyor joriy qilingan. AQSh  da yuk tashuvchi avtomobillar uchun 86 DB 

me’yor qo‘yilgan [39,40]. 

Avtomobil ishlab chiqarish zavodlari, keyingi vaqtda dvigatellardagi yonish 

protsessini tokomillashtirgan, chiqarish tizimida 2-3 bosqichli glushitellar qo‘ygan 

holda, yuqoridagi muammolarni yenga boshladilar. 

Hozirgi  vaqtda,  haydovchilar  ish  qobiliyatiga  zarar  yetkasmaslik  uchun, 

ko‘pgina avtobuslarning dvigateli orqa tomonga o‘rnatila boshlandi. Bu sharoitda  

haydovchiga 8-10DB shovqin kamroq ta’sir ko‘rsatadi. 

Bir  qancha  firmalar  dvigatellarni  shovqinini  kamaytirish  uchun  atrofini 

shovqin  yutuvchi  materiallar  bilan  qoplay  boshladilar.  Shovqinga  qarshi 

kurashning yana bir yo‘li glushitellar uchun shovqin yutuvchi po‘latlar ishlatishdan 

iboratdir. Bunda ikki po‘lat qatlamini orasiga g‘ovak elastik qatlam qo‘yiladi, bu 

qatlam chiqindi gazlarning 130

С  issiqlikka bardosh bera oladi. 



Shovqin  yutuvchi  po‘latni,  hozirgi  vaqtda  yengil  avtomobil  kuzovlari, 

shomollatgich,  dvigatel  va  uzatmalar  qutisi  kojuhlari  uchun  ishlatish  ko‘zda 

tutilmoqda. 

Hammaga  ma’lumki  shaharda  avtomobillar  harakati  asosiy  shovqin 

mabaidir. Shuning uchun hozirgi vaqtda binolar qurish, yo‘lni  bo‘laklarga bo‘lish 

ishlari ham davlat standartlariga muvofiq bajarilmog‘i kerak. 

Shunday qilib dvigatelni avtomobilda joylashishini ratsional hal qilish, kapot 

osti  bo‘shlig‘ini  shovqin  yutgich  materiallar  bilan  qoplash,  hamda  avtomobil 




agregatlari  va  tizimlarini  takomillashtirish  yo‘li  bilan  shovqinni  kamaytirish 

mumkin ekan. 

Har  qanday  yonilg‘ini  yoqqanda  yonish  chiqindilari  ajralib  chiqadi.  Bu 

chiqindilar kishi salomatligiga va atrof muhitga katta ta’sir ko‘rsatadi. Avtomobil 

transporti, hozirgi vaqtda zavod va fabrikalarga qaraganda, atrof muhitni kO‘proq 

ifloslantiruvchi hisoblanmoqda. 

Hozirgi  vaqtdagi  eng  katta  muammo  avtomobilni  ishlatishdan  chiqadigan 

zaharli chiqindilarni kamaytirishdan iboratdir. 

.  Quyidagi  25,26-rasmlarda  yok  tashuvchi  avtomobillardan    yonilg’ini  toza 

emasligi  va  ularni  dvigatellarini  nosozliklar  tufayli  atrof-muhitga  katta    zarar 

etkazilmoqda [40]. 

 

25-rasm. Yuk tashuvchi avtomobillar ishlatadigan  yonilg’i toza emas 



 

26-rasm. Yuk tashuvchi avtomobillar dvigatellarida nosozliklar 

 



Avtomobil  chiqaradigan  asosiy  zararli  chiqindilar,  hozirgi  vaqtda  yonilg‘i 

yonishidan  hosil  bo‘ladigan  gazda  200dan  ortiq  zaharli  chiqindilar  borligi 

aniqlandi. Eng zaharlilariga: uglerod  oksidi - СО, yonmay qolgan uglevodorodlar  

СН, azot oksidi - NO

x

 lar kiradi. 



Chiqindi  gazlar  ichida  zararsiz  mahsulotlar  ham  bor:  kislorod,  karbonat 

angidrid,  azot,  oltingugurt.  Ammo  azot  yuqori  haroratda  va  bosim  ostida  oksid 

hosil  qiladi,  bu  oksid  juda  katta  zaharli  kuchga  egadir.  Chiqindi  gazlarning 

tarkibidagi zaharli mahsulotlar ko‘pgina sabablarga ko‘ra hamma vaqt ham bir xil 

hajmda  bo‘lmaydi.  Bu  dvigatellar  turiga,  ishlash  rejimi,  qanday  sozlanganligi, 

dvigatelni texnik qarovi va yonilg‘ining sifatiga bog‘liq bo‘ladi [40]. 

   Avtomobil  harakati  jadallashgan  joylarning  havo  basseynida  CO  sezilarli 

miqdorda  aniqlangan.  Ochiq  havoda  benzin  dvigatellari  bilan  bevosita  uzoq  vaqt 

ishlaganda SO dan zaharlanish xavfi tug‘iladi.

 

Doimiy СО tashlamalari chiqadigan 



korxonalarda  SO  miqdorini  uzluksiz  ro‘yxatdan  o‘tkazish  zarur.  Bunda  kritik 

qiymatdan  oshganda  ishlovchi  signal  beruvchi  moslamaning  borligi,  avtomatik 

asboblarning  qo‘llanilishi  maqsadga  muvofiqdir.  Vu  qurilmalarning  ishlashi  СО 

ning  katalitik  yonishida  hosil  bo‘ladigan  harakatlanish  issiqligining  o‘zgarishiga 

asoslangan. 

Dizel  dvigatel,  korbyuratorli  dvigatelga  qaraganda  kamroq  zararli  bo‘ladi. 

СО,  NO

ва  СН  dizel  dvigatellarini  ishlashida  kamroq  ajralib  chiqadi,  ammo 



qurumning hajmi ko‘proq bo‘ladi. Chiqindi gazlar tarkibi quyida ko’rganimizdek  

ikki    xil  dvigatel  uchun  bir  xil,  ammo  biz  karbyuratorli  dvigatellarda  qo‘rg‘oshin 

birikmasi 

va 


dizel 

dvigatellarda 

bariy  birikmasi  borligini  e’tibordan 

chiqarmasligimiz zarur.  

 

 

 



 

 

 





Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling