O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti
Download 103.07 Kb.
|
Manaviyat va milliy gʻoya
Kurs ishining tizilishi va hajmi. Mazkur kurs ishi ikki bob, to’rt reja, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, prezentatsiya ishini o’z ichiga oladi.
I.BOB.Ma’naviyat asoslari fanini o’qitishning uzviyligini taminlash. 1.1.Ma’naviyat asoslari fanini o’qitishning talim jarayonida tutgan o’rni. Ma’naviyat asoslar fanini o’qitishni ta’lim jarayonida tutgan o’rni Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi hozirgi zamon ta`lim jarayonida katta o`rin tutib, eng avvalo talaba o`quvchilarni umumiy tizimda o`qitish va tarbiyalash vazifasini qo`yadi. Umumiy metodika maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kollejida o`qitishning mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo`limni o`qitishning o`ziga xos xususiy metodlarini o`rgatadi. Xususiy metodika ma`naviyat asoslarini o`qitishning asoslangan metodlarini va o`qitish formalarini, shuningdek o`quv faoliyatini tashkil qilish yo`llarini ko`rsatadi. Ma`lumki o`qitish tarbiyalash bilan o`zaro mustahkam bog`liqdir. Ushbu metodika o`qitishni tarbiyalash bilan qo`shib olib borish yo`llarini o`rgatadi1. Ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi bir necha fanlar bilan jumladan pedagogika, psixologiya, boshqa fanlarni o`qitish metodikalari bilan chambarchas bog`liqdir. Ma`naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi kursi o`quv predmetiga aylangan. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasining o`qitish vazifalariga: ta`lim-tarbiyaviy va amaliy vazifalarni amalga oshirishi; nazariy bilimlar tizimini o`rganish jarayonini yoritib berishi; o`quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo`llarini o`rgatishi; ta`limni insonparvarlashtirishga ko`maklashishi ma`naviyat asoslarini o`qitish jarayonida insonni mexnatni sevishga, o`zining qadr-qimmati, bir-biriga xurmat kabi fazilatlarini tarbiyalash va boshqalar kiradi. Ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasi ta`lim berishda ijtimoiy-gumanitar fanlarning mazmuni bilan bog`lab o`qitishni nazarda tutadi. Ma`naviyat asoslarini kursining vazifasi maktab, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy ta`lim muassasalari oldiga qo`yilgan ―o`quvchilarga fan asoslaridan puxta bilim berishda yangi texnologiyadan foydalanish, ularga hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy bilimlarni berish, turmushga, kasb-xunarga yo`naltirish, kasblarni ongli tanlashga o`rgatish, ularni vatanparvar qilib tarbiyalash‖ kabi vazifalarni hal qilishda yordam berishdan iborat. Shunday qilib, boshqa har qanday o`quv predmeti kabi ma`naviyat asoslarini boshlang`ich kursi ma`naviyat asoslarini o`qitishning maqsadi quyidagi uch omil bilan belgilanadi Ma`naviyat asoslari faninio`qitish, o`qitishning umumta`limiy maksadi ma`naviyat asoslari fanini o`qitish, o`qitishning tarbiyaviy maksadi ma`naviyat asoslari fanini o`qitish, o`qitishning amaliy maqsadi. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish o`qitishning umumta`limiy maqsadi o`z oldiga qo`yidagi vazifalarni qo`yadi. a) o`quvchilarga ma`lum bir dastur asosida bilimlar berish. Bu bilimlar ma`naviyat asoslari fani to`g`risida o`quvchilarga etarli darajada ma`lumot berishi, ularni ma`naviyat asoslari fanining yuqori bo`limlarini o`rganishga tayyorlashi kerak. Bundan tashqari, dastur asosida o`quvchilar o`qish jarayonida olgan bilimlarning ishonchli ekanligini tekshira bilishga o`rganishlari, nazorat qilishning asosiy metodlarini egallashlari lozim.b) o`quvchilarning nazariy va amaliy bilimlarini tarkib toptirish lozim bo`ladi;Ma`naviyatni tushunish, o`rganish o`quvchilarning madaniyatini to`g`ri shakllantirish, o`z fikrini aniq, ravshan va lo`nda qilib bayon eta bilish, mustaqil fikrlash, bilimlarni turmushda qo`llash malakalarini o`zlashtirishlariga yordam berishi kerak.v) o`quvchilarni jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlar asosida real haqiqatlarni bilishga o`rgatish.Bunday bilimlar berish orqali esa o`quvchilarning tasavvur qilish xususiyatlari shakllanadi hamda mantiqiy tafakkur qilishlari yanada rivojlanadi ma`naviyat asoslarini o`qitishning tarbiyaviy maqsadi o`z oldiga quyidagi vazifalarni qo`yadi:a) o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish.b) o`quvchilarda fanni o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalash.Ma`naviyat asoslari o`qituvchisining vazifasi o`quvchilarda mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda bozor iqtisodiga asoslangan huquqiy demokratik jamiyat qurish qonuniyatlarini o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini shuningdek ilmiy taffakkurni va madaniyatni shakllantirishni tarbiyalashdan iboratdir. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish darslarida o`rganiladigan ibora, tushuncha va ular orasidagi konuniyatlar o`quvchilarni atroflicha fikrlashga o`rgatadi. «Ma`naviyat asoslari» fani boshqaijtimoiy-gumanitar fanlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib ularga suyanadi, ulardan oziq oladi. Jumladan, tarix, adabiyot, inson falsafasi, milliy istiqlol g`oyasi, O`zbekiston Konstitutsiyasi va boshqalar ma`naviyat asoslari fanining nazariy manbalari hisoblanadi. Ular bir-birini to`ldiradi va boyitadi. Fanning mavzularini o`rganishda halq og`zaki ijodining ma`naviy qadriyatlarni targ`ib etishdagi ta`sir kuchi xalqning orzu-umidlari, dunyoqarashi, xarakter va xususiyatlari ochib beriladi Ularda xalkning g`oyaviy-siyosiy, axloqiy, badiiy-estetik, ekologik, iqtisodiy, diniy, aqliy, jismoniy madaniyati mazmuni, ma`naviy talab va extiyojlari, orzu-umidlari, ta`lim tarbiya shakllari usul va vositalari va ifodasini topadi.Demak, ma`naviyat – kishilarning falsafiy xuquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy, tasavvurlari va tushunchalari majmui. Ma`naviyat asoslari fani O’rta osiyo xalqlari ma’naviyati temuriylar davridagi ma’naviyta jadidchilar davridagi ma’ naviyatni tahlil qilibgina qolmay ularni nazariy nazariy amaliy jihatlarini ham o’rtaga qo’yadi.Ma’naviyat asoslari fani mohiyati jihatidan ulkan maqsad va vajifalarni ko’zlaydi.Bu fan mavjud intelekt ual imkoniyatlarni ishga solishda,istiqlol mafkurasi g’oyasini tushuntirishga ,yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashga katta hissa qo’shadi.O’tmishga hurmat va porloq kelajakka ishonch tuyg’ularini mustahkamlashga xizmat qiladi.Shu sabab mazkur fan maktab litsey ,oliy o’quv yurtlarida uzliksiz o’qitib kelinadi.Endi mazkur fanni yuzaga kelish tarixi bilan tanishamiz (Vatan tuyg’usi,Milliy istiqlol g’oyasi.Ma’naviyat asoslari ) Yurtimizdagi zamonaviy kollej va litseylarda bilim olayotgan vakasb-hunar sirlarini o‘rganayotgan Siz yoshlar O‘zbekistonning mustaqilligi yillari tug‘ilib, voyaga yetdingiz. Necha-necha asrlar mobaynida orzu bo‘lib kelgan Istiqlolni ko‘rishgina emas, shu davrda yashash va o‘qish Sizga nasib etdi. Bu – juda katta sharaf,ayni paytda yuksak mas’uliyat hamdir2.O‘zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimov Vatanimiz va xalqimiz hayotidagi buyuk sana – Mustaqillik bayramining 18 yilligi arafasida «Mustaqillik biz uchun – o‘zligimizni anglash, yurt tinchligi va barqarorligining, inson manfaati, erkinligi va farovonligining, biz ko‘zlagan demokratik jamiyat barpo etishning garovidir» degan ezgu g‘oyani ifoda etadigan qaror qabul qildi. Darhaqiqat, Mustaqillik yurtimiz uchun bebaho ne’mat, xalqimizning buyuk tarixiy g‘alabasidir. O‘zbekiston tarixida 1991- yil 1-sentabr yangi davrni boshlab berdi. Shu kundan e’tiboran dunyo xaritasida ozod va mustaqil yangi davlat paydo bo‘ldi. Istiqlol xalqimizga o‘z taqdirining egasi bo‘lib, o‘z yo‘lini o‘zi tanlash, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurib, erkin va farovon yashash imkonini berdi. Ayni paytda Mustaqillik har bir odamning o‘z iste’dod va qobiliyatini to‘la namoyon etishi, huquq va erkinliklarini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun mustahkam zamin bo‘ldi. Shuning uchun ham Istiqlol – eng aziz va eng tabarruk ne’matdir. Mustaqillik bayrami – barchamizniki, butun xalqimiznikidir. Siz «Milliy istiqlol g‘oyasi» degan yangi fanni o‘rganishga kirishar ekansiz, bu ham Mustaqillik sharofati bilan paydo bo‘lganini, bu fan qiziqarli bilimlar berish, dunyoqarashni kengaytirish bilan bir vaqtda ma’naviyatni yuksaltirishga xizmat qilishini bilishingiz kerak. Chunki milliy g‘oya ma’naviyat bilan, xalqimizning ezgu orzulari va ulug‘vor maqsadlari bilan, qolaversa, har birimizning kelajagimiz bilan chambarchas bog‘liqdir. Izoh: bundan buyon qo‘llanma matnida mazkur asarning faqat sahifalari ko‘rsatiladi. Birinchi Prezident Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»1 asarida Siz, yoshlarga murojaat etib, «Vatan ravnaqi avvalo uning farzandlariga, ularning ma’naviy va jismoniy kamolotiga bevosita bog‘liq. Bu o‘z navbatida har bir yurtdoshimizni zimmasidagi yuksak fuqarolik mas’uliyatini his etishga, o‘z manfaatlarini shu yurt, shu xalq manfaatlari bilan uyg‘unlashtirib yashashga da’vat etadi. Va har qaysi fuqaro o‘z mamlakatining xalqaro hamjamiyat safidan munosib o‘rin olishi, bugungi kunda taraqqiy topgan tinch va badavlat yashayotgan davlatlar qatoriga ko‘tarilishidan manfaatdor bo‘lishi shubhasiz», (73-bet) deb ta’kidladi.Yurtboshimizning bu asarida, milliy g‘oya shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy ehtiyoji va hayot talabiga aylanib ketgani, ajdodlardan avlodlarga o‘tib, e’zozlanib kelinayotgani alohida ta’kidlangan. Buyuk ajdodlarimizdan, olim-u fozillar, ulamo-yu shoirlar, ma’rifatparvar-u erksevarlardan tarixiy «estafeta»ni olgan hozirgi avlod milliy g‘oyaga sadoqatini amalda isbotlashiga yuksak ishonch bildirilgan. Yoshlarimiz o‘qishda va ishda, ilm-u hunarda, san’at-u sportda bor salohiyatini va qobiliyatini ishga solayotgani, O‘zbekiston dovrug‘ini olamga yoyishga munosib hissa qo‘shayotgani faxr bilan tilga olingan. Ayni paytda hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy g‘oyamizga zid, ma’naviyatimizga begona g‘oya va qarashlarni xalqimiz ongiga singdirishga urinayotgan yovuz kuchlar ham borligini unutmasligimiz kerak. Ular turli usul va vositalar bilan, «demokratiyani olg‘a siljitish», «erkinlikni eksport qilish» kabi soxta shiorlar ostida axloqsizlik me’yorlarini yoyishga, diniy aqidaparastlik, hatto terrorchilik yo‘li bilan tanlagan yo‘limizdan og‘dirishga urinmoqda. Download 103.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling