O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qo’qon davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Ma’naviyat asoslarini o’qitishda prezident asarlarini o’rni


Download 103.07 Kb.
bet3/6
Sana19.01.2023
Hajmi103.07 Kb.
#1101957
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Manaviyat va milliy gʻoya

1.2.Ma’naviyat asoslarini o’qitishda prezident asarlarini o’rni.
Ma’lumki, «dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy 3 I.A. Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch». – T., «Ma’naviyat»,qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi» (11-bet). Uzoq va yaqin tarixda bunga misollarni ko‘p topish mumkin. Demak, xalqning eng buyuk boyligi: 0– milliy qadriyatlari,– tarixi,– ma’naviyatidir. Mana shu bebaho va betakror boylikni avaylab-asrash, kelgusi nasllarga yanada boyitib yetkazish – hozirgi avlodning muqaddas burchidir. Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarga turli taqiqlar, «uni o‘qima, buni ko‘rma» degan cheklashlar yo‘li bilan ham qarshi turish mumkin, albatta. Biroq, bu yo‘lning samarasi oz va umri qisqadir. Eng oqilona yo‘l – har bir insonning o‘z mustaqil fikri bo‘lishi, ma’naviyati boy bo’li va milliy g’oyamizni yetarlicha bilishi kerak. Ma’naviyat asoslari kursining maqsadi uquvchilarga ma’naviy bilimlar berishdan iborat .Bo’ bilimlar ni berishda va yetqazishda president asarlarini o’rni benihoya katta.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov asarlari “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”‘”Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” ‘’O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida” va boshqa bir qator maruza va nutqlarida Milliy g’oyamiz haqida atroflicha to’xtalib o’tganlar. Prezident asarlarini tahlil qilish asosida ma‘naviyat masalasini yoritilish Ma‘naviyat targ‘ibotini yanada chuqurlashtirish jarayoni hamda, ta`lim tizimini o`rganish asosida mamlakatimizda bu borada erishilgan yutuqlarni atroflicha tahlil etish, mavjud muammo va kamchiliklarni batamom bartaraf etish hamda, ma‘naviyat va marifatni rivojlantirish usullaridan samarali foydalanish orqali ta`lim tizimini yanada takomillashtirish masalalari ilgari surilgan fikirlarni organishga qaratilgan.- yutimizdagi ma‘naviy marifiy ishlarin rivojlantirish hamda yoshlarimiz ongiga milliy ma‘naviyatimizni singdirish borasidagi prizidentimizni qator farmon, qaror va farmoyishlarni o‘rganish va talim tizimiga yangi tushuncha sifatida kiritish;- ma‘naviyat asoslarini o‘qitishda hamda yurtimizdagi milliy g‘oya va ma‘naviyatni rivojlantirishga qaratilgan yangi qonunlardan, prezidentmiz asarlaridan,farmon va farmoyishlaridan foydalanishni samarali usul va vositalarni yoritishga qaratilg.Mavzuni obekti va predmeti O’zbekiston birinchi Prezidenti I.A. Karimovning bevosita tashabbusi bilan barcha darajadagi ta'lim tizimida ―Ma'naviyat asoslari‖ alohida va maxsus fan sifatida o’qitila boshlandi‖1. Ma'naviyat asoslarini o’qitish ayni paytda bugungi globallashuv zamoni keskin shiddat bilan o’zgarmoqda va tabiiyki, shunga mos ravishda ma'naviy-ma'rifiy ishlarga bo’lgan talab ham ortib boriyapti. Ya'ni, bugun hayotning o’ zi bu sohadagi ishlarni tubdan yaxshilashni taqozo etmoqda. Ma'naviyat asoslari o’qutish metodikasi orqali yoshlar ongda ma'naviy ahloqiy tarbiyani predmeti orqali milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasini chinakkam moddiy kuchga aylantirish vazifasidir. O’rta maxsus, kasb-xunar va oliy ta'lim muassasalarida gumanitar o’quv predmetlarini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o’qitish muammosi yangi muammolardan bo‘lsada fuqarolarning ma'naviyatini yuksaltirish masalalari ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi ma’naviyat asoslari fanlarini o’qitish metodikasida muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari.Mustaqillik davri milliy ma`naviyatini tiklash va rivojlantirish, milliy til va madaniyatni taraqqiy ettirish, milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy his-tuyg‘ular, g‘ururni, vatanparvarlikni o‘stirish va mustahkamlash bilan bog‘liqdir. Mustaqil O‘zbekistonning taraqqiyoti jamiyat a`zolarining, har bir shahs va ayniqsa, yoshlarning ma`naviy kamoloti, istiqlol g‘oyalarining kishilar ongiga, kundalik hayotiga chug‘urroq singishiga bog‘liqdir. SHunday qilib, yosh avlod ma‘naviyatini shakllantiradigan asosiy mezonlar, yoki ma‘naviy hayot mezonlari deganda nimani tushunish kerakligi haqida Prezidentimizning yangi kitobida aniq ko’rsatmalar berilgan. ―Mezon‖ tarozu degani, Demak, biz yoshlarning ma‘naviy tarbiyasida nimalarga tayanishimiz kerak, yoshlarga kimlarni ibrat qilib ko’rsatishimiz durust bo’ladi, qaysi o’lchov, qanday meyorlarni asos qilib olishimiz lozim – bular hammasi kitobda aniq ko’rsatib, nomma-nom sanab berilgan. Bular – ulug’ ajdodlarimiz yaratgan ulkan va qutlug’ ma‘naviy (ilmiy, badiiy, falsafiy) meros, ularning ibratli hayotlari, muqaddas dinimiz, qadriyatlarimizda ifodalangan buyuk va boqiy haqiqatlar, yuksak tuyg’ ular.birinch Prezident I.Karimov kitobida bu haqiqatlarni, bu tuyg’ularni yosh avlod ongiga singdirishning uch tabarruk makoniga alohida e‘tibor qaratadi: ularning birinchisi –oila, ikkinchisi – mahalla, uchinchisi – ta‘lim-tarbiya tizimi. Agar shu uch makonda ma‘naviy muhit ko’ngildagidek bo’lsa, hamma ish ko’ngildagidek bo’ladi, agar ular tanazzulga qarab ketsa, butun jamiyat halokatga yuz tutadi. Afsuski, muayyan sabablarga ko’ra bugungi kunda har uch makonda ham muammolar ancha-muncha yig‗ilib qolgan va ularni hal qilish, har uch makondagi ma‘naviy muhitni poklash, vaziyatni to’g’ri izga solish yo’lida bevosita Prezidentimiz jonkuyarligi va tashabbuslari bilan, xalqimizning fidoiy farzandlari, ayniqsa, haqiqiy ziyolilarimizning samimiy urinishlari bilan davlatimiz va faol jamoatchiligimiz katta o’zgarishlarni amalga oshirmoqda. Hali bu yo’lda qiladigan ishlar ko’p, ammo hozirdanoq bu sa‘y-harakatlarning samaralari borgan sari yorqinroq ko’zga tashlanib borayotganini ham mamnuniyat bilan e‘tirof etish mumkin. Bugungi kunda ma‘naviyat asoslarini o‘qitishdagi muammolarni topib ulani bartaraf etish mumkin asosyi muammolarni ikki guruhga ajratib olamiz - ta‘lim sohasidagi muammolar; - ta‘limdan tashqari muammolar; Talim tizimidagi muammolarga o‘quvchlarga bilim berishdagi muammolar, o‘qituvchilarni bilim savyasidagi muammolar, bugungi kunda zamonaviy ta‘limda darsni tashkil etish zamonaviy axborot vositalari bo‘lmish kampuyter va vidiopryektor vositalari bilan tashkil etilish maqsadga mofiq deb bilamiz, ammo zamonaviy texnalogiyalar mamlakatimizni barcha hududlariga to‘liq taminlanmagani hammamizga ayon. Shu jumladan ta‘lim tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda nimalarga e‘tibor berishimiz kerag-u nimalarni o‘rganishimiz lozim ? Oily talim tizimida ma‘naviyat asoslarini o‘qitish yuzasidan katta va kichik avditoriyalardagi talaba (o‘quvchi) larni har birini ruhiy holatidan kelib chiqqan holda ularga bilim berishda ma‘naviyat asoslari darslarini uzviyligini taninlash nazariy bilimlarni amalda qo‘llash, har bir talabani nutq ravonligini amalga oshirish muammolarini bartaraf etishda ular tonomidan darslarni tashkil etish nazrda tutiladi. Dars jarayonlarini tashkil etishda va uyga beriladigan topshriqlar muammosini bartaf etish yuzasidan adabiyot va qo‘llanmalar bilan taminlanish. Avditoriyalarda darsni nazariy jarayonida yoki katta avditoriyalarda o‘quvchi yoshlar ongiga ma‘naviyat va milliy g‘oyalarni uzviy holda har bir talaba(o‘quvchi)ga yetkazish va avditoriyani tinch, sokin va qiziqarli maruzani ravon va tushunarli yetkaza olish qobiliyatiga ega o‘qituvchilar malakasidan foydalanish muamosini bartaraf etish yuzasidan 4―kadrlar tayyorlash milliy dasturi ishlab chiqildi va mamlakatimizda sifatli ta`lim joriy qilindi. Ta‘lim tizimidagi islohotlar jahon tanolayotga 9+3 modili yaratilgan bolib, unga asosan 9 yil majburiy ta‘lim va 3 yil kasb – hunarga yo‘naltirilgan ta`lim tizimimiz bugungi rivojlangan davlatlar ham tan olib kelayotgani bunday muamolardan holi emas.Ma'naviyat asoslari uchun darslik va o’quv qo’llanmalari, o’qituvchi uchun qo’llanmalar, talaba (o’quvchi)lar uchun qo’llanmalar, o’quv materiallari orqali talaba (o’quvchi)larga ma'naviyat asoslarini o’rgatish muammosiga to’xtalib o’tamiz. Didaktika va ta'lim metodikasining xususiy masalalariga bag’ishlangan ishlarda dars samaradorligini oshirish ma'naviyat asoslari umumiy holda ko’zda tutiladi. Dars jaroyonida aniq manbalarga asoslanib, talaba(o‘quchlar)ni ongi va tafakkurida mavzu yuzasidan bilimlar shkillanishi va metodik tajribaga asoslangan pedagog bo‘lib yetishishida muommolarni bartaraf etishdagi ishlarni amalga oshirishda talaba (o‘quvchi)lar metodik tajribaga ega bo`ladi.Har bir talaba nafaqat dars jarayonida balki undan ham keyin o’qish va shug’ullanishdan tuxtamasligi kerak.Sinfdan tashqari talim hisobigagina insoniyat rivojlanishga erishishi mumkin. Ma`naviyat asoslari fani ta`lim-tarbiyaviy vazifalarini nazariy va amaliy bilimlar tizimi asosidagina xal etishi mumkin. Bu ilmiy dunyokarash, psixologiya, pedagogika, didaktika, falsafa, Demokrtaik jamiyat kurish, ma`naviyat asoslari fanini o`qitish nazariyasini (ma`naviyat
asoslarini didaktikasi) o`z ichiga oladi. Biroq birgina nazariy bilimlarning o`zi etarli emas. O`qitishning ma`lum mazmuni va o`qituvchilarning aqliy faoliyati saviyasi bilan ta`sirlanadigan u yoki bu o`quv yo`nalishi uchun eng yaroqli usullarini va qo`llay bilish darsga tayyorlanishda yoki darsning o`zida yuzaga keladigan aniq metodik vazifalarni xal etishni bilishi zarur.
Ayni shu ma`naviyat asoslari fanini o`qitishda o`quvchilarning aqliy rivojlanishlariga asos solinishi sababli maktab o`qituvchisi yoki kasb-xunar kolleji o`qituvchisi uchun o`quvchilarning aqliy faoliyatlari darajasini va imkoniyatlarini bilish va hisobga olish ayniksa muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, seminar, ishlarida ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasida bajariladigan ishlar orkali egallanadi.
Nazariy bilimlarni amaliy mashg`ulotlarga tayyorlanishda va mashg`ulotlarning o`zida o`qitish amaliyotida foydalanish jarayonida yuzaga keladigan turli-tuman metodik masalalar xal etilishi lozim.
Metodik masalalar xar bir darsda yuzaga keladi, shu bilan birga, odatda ular bir qiymatli echimga ega emas. O`qituvchi darsda yuzaga kelgan metodik masalaning mazkur o`quv vaziyat uchun eng yaroqli echimining tez topa olishi uchun bu sohada etarlicha keng tayyorgarlikka ega bo`lish talab etiladi. Keltirilgan masalalar darsda iloji boricha turli usullar bilan xal etilishi lozim.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi o`qitish vositasi sifatida mavjud didaktik, pedagogik maxorat, mantiq ilmi va ma`naviyat asoslari nuqtai nazaridan mazmunan etarli emasligi tufayli mustaqil ravishda foydalaniladi va o`rganilgan materialni faqat mustaxkamlash vositasi sifatida foydalaniladi.
Milliy istiklol g`oyalarini, xuquqiy madaniyatni shakllantirish, milliy mafkurani targ`ib kilish ma`naviyat asoslarini shakllanishida ta`limning markaziy vazifasi bo`lib kelgan va shundoq bo`lib qoladi.
Zamonaviy ta`limning o`zi nimadan iborat bo`lishi kerak? O`quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo`lishi lozim? O`quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o`rgatishimiz, chukur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma`naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo`lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda “Har kanday o`quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan” ligini alohida ta`kidlab, ta`lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So`ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma`naviyat asoslarini o`qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o`z ko`lami va ahamiyati jixatidan nihoyatda katta bo`lgan o`zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta`limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib kelmoqda. Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo`llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo`lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta`lim to`g`risida"gi Qonun talablari ma`naviyat asoslarini o`qitish metodikasiga o`z ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi.
Ma`naviyat (arabcha, ma`nolar majmui) so`zining lug`aviy ma`nosi juda keng bo`lib ma`nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma`naviyat asoslari fanining o`rganadigan ob`ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo`lgan munosabatlaridan iborat.
Ma`naviyat asoslarini kursining maqsadi o`quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma`naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi ma`lum usullar (metodika) orqali o`quvchilarga etkaziladi.
“Metodika” grekcha so`z bo`lib “metod” degani “yo`l” demakdir.
Ma`naviyat asoslari fanini o`qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o`qitish metodikasining mustaqil fan tarmog`i bo`lib, jamiyat tomonidan qo`yilgan o`qitish maqsadlariga muvofiq ma`naviyat asoslarini o`qitish qonuniyatlarini ma`naviyat asoslarini rivojining ma`lum bosqichida tadbiq qiladi. O`qitishda yangi maqsadlarning qo`yilishi ma`naviyat asoslarini o`qitish mazmunining tubdan o`zgarishiga olib keldi.



Download 103.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling