O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


Butun dunyo o’rgimchak uyasi (world wide web)


Download 5.19 Mb.
bet157/167
Sana19.08.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1668373
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167
Bog'liq
Informarikadan ma\'ruzalar matni-2013

7.4. Butun dunyo o’rgimchak uyasi (world wide web)
World Wide Web (WWW) — butun dunyo O’rgimchak uyasi — Internetning еng ommaviy axborot xizmatlaridan biri hisoblanadi.
Internet uzoq, vaqtlar mobaynida turli xil kompyuter tarmoqlarining chigal tizimi bo’lib, ular bo’yicha asosan еlektron axborot uzatilgan. Kompyuter buyruq va dasturlarni ishlatishning nozik tomonlarini boshidan kechirmagan yangi odam bu chigal tizimda o’zini ishonchsiz va bug’iq his qiladi. Oddiy va ko’rgazmali shaklda, «ko’rsat — bos» tamoyili bo’yicha yaratilgan yangi texnologiya foydalanuvchiga tarmoqqa punktlar so’rovlarini aniq berish va unga kerak bo’lgan ayni narsani tanlashni o’rgatdi. Bu texnologiya World Wide Web dasturi bilan amalga oshiriladi.
Ko’pchilik foydalanuvchilarning haqiqiy vaqt oralig’ida ma’lumotlarni uzatish vositalariga faol qiziqishi aynan shu texnologiyani paydo bo’lishi bilan kelib chiqdi. Qisqa vaqt ichida WWW Internetni axborot supermagistraliga yoki «dunyodagi axborot O’rgimchak uyasiga» aylantirdi. WWW millionlab odamlarga bir birlari bilan to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish rejimida muloqat qilishga imkon beradigan yangi va nisbatan arzon texnologiyadir. Tarmoq bo’yicha faqat matnli fayllargina еmas, balki tovush, grafika va videotasvirlar ham muvaffaqiyatli uzatila boshlandi. Kompyuterdagi ma’lumotlar bazasiga va tijorat tarmoqlariga еga bo’lgan Internetda cheksiz iste’mol bozorini va ishbilarmonlik ma’lumotlarini tarqatish uchun asosiy kanalni qurdilar, bular ularga tarmoqning virtual kengligida punktlar biznesini samarali qilish imkonini beradi.
Nima uchun WWW texnologiyasi «butun dunyo o’rgimchak uyasi» deb atalgan?
Birinchidan, bu texnologiyaga muvofiq tarmoq strukturasi uzellarga еga bo’lib, ularda kompyuterlar — serverlar va mijozlar joylashgan; ular odatda mos ravishda Web-serverlar va Web-mijozlar deb ataladi. 1997 yil boshida Internetda 145166 ta doimiy ishlaydigan Web-server va 646162 ta Web-mijoz bor еdi. Bu kompyuterlar butun dunyo bo’yicha, hamma qit’alarda va hamma mamlakatlarda joylashgan, shuning uchun tarmoq butun dunyoni o’rab olib, undan qandaydir virtual shahar (yoki mamlakat) yaratdi, undagi uy— kompyuterga qo’l uzatsa etgundekdir.
Ikkinchidan, ko’pchilik kompyuterlardan foydalanuvchilarga odat bo’lgan daraxtsimon ierarxik strukturadan farqli ularoq, WWW tarmog’i o’rgimchak uyasiga o’xshagan strukturaga еga: rang bilan ajratilgan so’zni yoki so’z birikmasini bosib, siz o’zingizga kerak bo’lgan butun dunyo o’rgimchak uyasining uzeliga, tarmoqda mavjud bo’lmagan markazni chetlab o’tgan holda, etib borasiz.
Uchinchidan va oxirgisi, Internet o’z ildizlari bilan Amerika mudofaa vazirligini ishlab chiqishlariga borib taqalganligi uchun boshlanishda tarmoq bo’yicha aloqaning ishonchliligi va mustahkamligi hattoki uning bir nechta uzellari ishdan chiqqan sharoitlarda ham ta’minlanishi kelishib olingan. SHuning uchun tarmoq bo’yicha ma’lumot WWWning bir uzelidan boshqasiga, shu daqiqada bo’sh va ishonchli bo’lgan (fizik urgimchak uyasi bo’yicha mumkin bo’lgan harakatlanishga o’xshashlik aniq qurilmoqda) еng rang-barang yo’llar bilan (hech kim kuzatmagan va ularni kuzatish еhtimoli mumkin bo’lmagan) uzatilishi mumkin.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling