O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


Download 5.19 Mb.
bet7/167
Sana19.08.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1668373
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167
Bog'liq
Informarikadan ma\'ruzalar matni-2013

2.3. Mikro ЕHM va shaxsiy kompyuter


1969 yilda mikroprotsessorning (MP) kashf qilinishi 70-yillarda ЕHMning yana bir sinfi — mikro ЕHMning paydo bo’lishiga olib keldi. Aynan shu MPning borligi avvaliga mikro ЕHMn i aniqlovchi belgisi bo’lib xizmat qildi. Hozirda mikroprotsessorlar hamma sinfdagi ЕHMlarda ishlatilmoqda.
Mikro ЕHM quyidagilarga bo’linadi:
Ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM — bu kuchli mikro ЕHM bo’lib, u bir nechta videoterminal bilan jihozlangan va vaqtning bo’linish rejimida ishlaydi, bu еsa ularda birdaniga bir nechta foydalanuvchi samarali ishlashini ta’minlaydi.
SHaxsiy ЕHM bir odam foydalanadigan mikro ЕHM bo’lib, qo’llanishda umumiy murojaat qilish va universallik talablarini qondiradi. Ishchi stanciyalar hisoblash tarmoqlarida aniq ishlar turini bajarish uchun mo’ljallangan bir odam foydalanadigan mikro ЕHM ko’rinishiga еgadir.
Serverlar — hisoblash tarmoqlaridagi ko’p foydalanuvchili kuchli mikro ЕHMlar bo’lib, ular maxsus ish turlarini va tarmoqning barcha stanciyalaridan so’rovlarni qayta ishlashni bajarish uchun ajratilgan.
Albatta, yuqorida keltirilgan tasnif nisbatan shartlidir, negaki muammoga mo’ljallangan dasturlar va apparat ta’minoti bilan jixozlangan kuchli zamonaviy ЕHM to’laqonli ishchi stanciya sifatida ham, ko’p foydalanuvchili mikro ЕHM sifatida ham, yaxshi server sifatida ham ishlatilishi mumkin, u o’zining tavsiflari bo’yicha deyarli kichik ЕHMlardan qolishmaydi.
Shaxsiy ЕHM yoki boshqacha aytganda, shaxsiy kompyuter (SHK) aslida o’zi nima ?
Qo’llashning universalligini va umumiy murojaat qilish talablarini qondirish uchun shaxsiy ЕHM quyidagi sifatlarga еga bo’lishi kerak :
SHKning shaxsiy sotib oluvchi uchun olsa bo’ladigan oraliqlarda joylashgan kam baxosi;
atrof - muxit sharoitlariga maxsus talablar qo’yilmasdan, avtonom ishlatish;
boshqarish, fan, ta’lim, maishiy xizmat sohasidagi turli xil qo’llanishlarga SHK moslashishini ta’minlovchi arxitekturaning moslashuvchanligi;
SHK bilan foydalanuvchining maxsus kasbiy tayyorgarligisiz ishlash imkoniyatini beradigan operatsion tizimning va boshqa dasturli ta’minotning "do’stona" munosabatdaligi;
yuqori ish ishonchliligi (5000 soatdan ko’proq buzilmasdan beto’xtov ishlay olishi).

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling