O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. D. Do‘smuratov


2.5. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati va


Download 1.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/345
Sana09.12.2021
Hajmi1.64 Mb.
#179465
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   345
Bog'liq
qishloq xojaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari

 


 
 
51
2.5. Ikki yoqlama yozuvning mohiyati va  
ahamiyati 
 
Buxgalteriya hisobi schotlarida xo‘jalik mablag‘lari va ularning 
tashkil topish manbalari, shuningdek xo‘jalik jarayonlarining to‘g‘ri hi-
sobga olib borilishini o‘z vaqtida nazorat qilish uchun, ularning 
o‘zgarishini aks ettiradigan har bir xo‘jalik muomalasi bir vaqtda ikkita 
schotning qarama - qarshi tomoniga yoziladi. 
Buxgalteriya hisobida ikki yoqlama yozuvning mohiyati shundaki
har bir xo‘jalik muomalasi, u qanday turdagi balans o‘zgarishiga olib 
kelishidan qat’iy nazar, bir vaqtda va o‘zaro aloqador holda, bir xil 
summada bir schotning debet tomonida va ikkinchi schotning kredit to-
monida aks ettiriladi. 
Xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishda qi-
ymat miqdori o‘zgarmaganligi sababli o‘zaro bog‘lanadigan schotlarn-
ing debet va kreditiga tegishli summalar bir-biriga teng bo‘ladilar. Ma-
salan, asosiy ishlab chiqarishga Material sarflanishi natijasida ombor-
dagi materiallar kamayadi va asosiy ishlab chiqarish xarajatlari 
ko‘payadi. Bu xo‘jalik muomalasi hisobning ikki obyektida aks etayot-
gani uchun u ikkita, ya’ni «Xom-ashyo va Materiallar» schoti va 
«Asosiy ishlab chiqarish» schotiga yozilishi kerak. 
Misol: Xo‘jalikda paxta etishtirish uchun 21000 so‘mlik minyeral 
o‘g‘it sarflandi. Bu xo‘jalik muomalasi natijasida «Asosiy ishlab 
chiqarish» schoti 21000 so‘mga ko‘payadi. Aktiv schotlarning 
ko‘payishi debet tomonida ko‘rsatilishi sababli bu summani «Asosiy 
ishlab chiqarish schoti»ning debet tomoniga yozamiz. 
Bir vaqtning o‘zida xo‘jalikda «Xom-ashyo va Materiallar» 
schotida hisobga olinadigan mineral o‘g‘itlar miqdori kamayadi. 
Ma’lumki, aktiv schotlar bo‘yicha kamayish kredit tomonidan 
ko‘rsatiladi. Shuning uchun ushbu muomala summasi «Xom-ashyo va 
Materiallar» schotining kreditiga yoziladi. Mazkur muomala schotlarda 
quyidagicha aks ettiriladi: 
Debet «Asosiy ishlab chiqarish» schoti 21000 so‘m. 
Kredit «Xom-ashyo va Materiallar» schoti 21000 so‘m. 
Yuqoridagi muomalani schotlarga quyidagicha yozamiz: 
 
 
 


 
 
52
«Xom-ashyo va Materiallar»  
 
«Asosiy ishlab chiqarish» 
                  schoti 
 
 
 
 
         schoti 
 
Dt  
 
 
 
   Kt                Dt   
 
 
      Kt  
Saldo  
Saldo  
 
 
1)  21000 
 
1)  21000 
 
 
Yuqoridagi misoldan ko‘rinib turibdiki, sodir bo‘lgan xo‘jalik 
muomalasini schotlarda ikki yoqlama aks ettirganimizda summalar 
tengligi o‘zgarmagan. Bu tenglik xo‘jalik muomalalarini schotlarga 
yozishning to‘g‘riligini nazorat qilishni ta’minlaydi. Uni quyidagi teng-
liklar qonuniyatining matematik modellari bilan ifodalash mumkin: bar-
cha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha boshlang‘ich qoldiqlar 
(saldolar) summasining tengligi; barcha aktiv va passiv sintetik schotlar 
bo‘yicha debet va kredit oborotlarining tengligi; barcha aktiv va passiv 
sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiqlar (saldo) summasining tengligi. 
Agar sintetik schotning boshlang‘ich debet qoldig‘i (saldo) S'
dt
 deb, 
sintetik schotning boshlang‘ich kredit qoldig‘ini S'
kt
 deb belgilasak, unda 
boshlang‘ich qoldiqlar (saldo) tengligi qonuniyatining matematik modeli 
quyidagicha bo‘ladi: 
 
                                           
ΣS'
dt
=
ΣS'
kt 

 
 
  
 
     
(5)
 
 
Ushbu model barcha sintetik schotlarning ma’lum sanaga bo‘lgan 
boshlang‘ich debet qoldiqlarining summasi passiv sintetik schotlarning 
shu sanaga bo‘lgan boshlang‘ich kredit qoldiqlari (saldo) summasiga 
teng deb o‘qiladi. 
Barcha sintetik schotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlari tengligi 
qonuniyatining matematik modeli quyidagicha bo‘ladi: 
 
                                       
ΣDO
 dt
=
ΣKO
 kt
,  
 
   
 
    (6) 
 
DO
dt
 – sintetik schotlarning ma’lum muddat ichidagi debet oboroti; 
KO
kt
 – sintetik schotlarning ma’lum davr ichidagi kredit oboroti. 
Ushbu model ma’lum davr ichida barcha sintetik schotlar debet 
oborotlarining summasi, shu davr ichidagi kredit oborotlari summasi 
bilan teng deb o‘qiladi.  


 
 
53
Endi sintetik schotlarning oxirgi qoldiqlarini (saldo) S'' – deb belgi-
lab, barcha aktiv va passiv sintetik schotlar bo‘yicha oxirgi qoldiq 
(saldo) summalari tengligi qonuniyatining matematik modelini tuzamiz: 
 
                                        
ΣS''
dt
=
ΣS''
kt
,    
 
 
 
    (7)
 
 
Ushbu model barcha aktiv sintetik schotlarning ma’lum sanaga 
oxirgi debet qoldiqlarining summasi, barcha passiv sintetik schotlarning 
shu sanaga bo‘lgan oxirgi kredit qoldiqlari summasiga teng deb o‘qiladi. 
Bayon qilinganlarga asoslanib, ikki yoqlama yozuv usulining aha-
miyatini quyidagicha tasvirlaymiz (2.3-rasm): 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling